Farg’ona davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Fizika va astranomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 17. 10-guruh talabasi Oripova O’g’iloyning Fizika
Download 200.5 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ishi Farg’ona – 2020 Mavzu: O’rta Osiyo olimlarining fizika sohasidagi ishlari. Reja
Farg’ona davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Fizika va astranomiya o’qitish metodikasi yo’nalishi 17.10-guruh talabasi Oripova O’g’iloyning Fizika va astronomiya tarixi fanidan “O’rta Osiyo olimlarining fizika sohasidagi ishlari” mavzusida tayyorlagan Mustaqil ishi Farg’ona – 2020 Mavzu: O’rta Osiyo olimlarining fizika sohasidagi ishlari. Reja: O’rta Osiyo olimlarining ilm-fan taraqqiyotidagi o’rni. O’rta Osiyo olimlarining fizika sohasidagi ishlari. G’arb olimlarining fizika sohasidagi ishlari. O’rta Osiyo olimlarining ilm-fan taraqqiyotidagi o’rni. Ma’lumki, 8 asrda Yaqin Sharqda Arab xalifaligi shakllandi va rivoj topdi. 8 asr oxiri – 9 asrning o‘rtalariga kelib Arab xalifaligi Sharqda yirik imperiyaga aylandi. Bu davrda Bog‘dodda birinchi akademiya – “Donolik uyi” tashkil topdi. Bu yerda turli ilmiy, diniy muzokaralar uyushtirilib, turli millatlarga xos olimlar bilan birgalikda, ilmiy muhokamalar avj oldi. Yaqin va O‘rta Sharqda yangi-yangi ilm maskanlari vujudga keldi, asarlar yozish, kitob ko‘chirish, arab tiliga tarjima qilish uchun maxsus tarjimonlar maktabi tuzildi. Akademiya faoliyatida O‘rta Osiyodan kelgan ko‘pgina olimlar ham muhim o‘rin egalladilar. 9-10 asrlarda tabiatshunoslik fanlarning rivojlanishida aniq va fundamental fanlar sohasida ijod etgan musulmon olami vakillarining alohida hissalari bor. Bu o‘rinda: Abu Abdullo Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy (780-880), Abu Kasr Al-Farobiy (873-950), Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (973-1050), Ahmad Farg‘oniy, Abu Ali Xusayn ibn Sino (980-1037), Umar Xayyom (1048-1123), Mirzo Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1449) va boshqalarni aytib o‘tish joizdir. O‘rta asrlarda Sharqda ilm-fanda erishilgan yutuqlarning ayrimlarini ko‘rib chiqaylik. Katta savdo-sotiq matematika masalalari uchun boy material bersa, uzoq yurtlarga sayohatlar esa astronomik bilimlarining rivojlanishini rag‘batlantiradi, kasb-hunarning rivojlanishi esa amaliy san’antning rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun amaliy masalalarni hal qilishga qulay bo‘lgan yangi matematika Sharqda paydo bo‘ldi. Xalif al Mamun podsholigi davrida ijod etgan xorazmlik al-Xorazmiy “Arifmetika“” va “Algebra bo‘yicha traktat” asarning muallifi edi. Yevropaliklar “Arifmetika” asari orqali arab sonlari, butun sonlar va kasrlar bilan o‘tkaziladigan arifmetik amallar bilan tanishdilar. Al-Xorazmiyning arifmetik traktati matematikaning yangi yo‘nalishi – algebra (“Al Jabr”) nomini berdi. Al-Xorazmiyning ishlarida birinchi marta chiziqli va kvadrat tenglamalar yechilgan. Xorazmiyning mashhur asari “Kitob suratil arz” (“Yer yuzining haritasi”) musulmon Sharqida geografiya ilmini boshlab bergan. Asarda, o‘sha vaqtda insonlarga ma’lum bo‘lgan geografik ob’ektlar tasvirlanadi. Osiyoni sxematik haritasi beriladi. Ahmad al-Farg‘oniy (797-865 yillar) astronomiya, matematika, geografiya va boshqa ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan qomusiy olim. Sharqda al-Farg‘oniy, Yevropada Alfraganus tahalluslari bilan mashhur bo‘lgan. Uning astronomiya, geografiya va matematika sohasidagi asarlari bu fanlar taraqqiyotiga qo‘shilgan salmoqli hissa bo‘lgan va keyingi davrlarda o‘tgan olimlar uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan. Arab xalifaligi davrida Xorun ar-Rashid (786-809) va uning o‘g‘li al-Ma’mun davrida ikki rasadxona: biri Bog‘dodda Shammosiya degan joyda, ikkinchisi Damashqda yaqin Kasiyun nomli tog‘da qurildi. Al-Farg‘oniy Bog‘dod rasadxonasida ko‘pgina kashfiyotlar qilgan. Jumladan, 812 yilgi Quyosh tutilishini oldindan bilgan va bu haqda ilmiy kuzatish olib borgan. Al-Farg‘oniy Yerning dumaloqligini shunday dalillar bilan isbotlaydiki, ular o‘z ilmiy qiymatini hali ham yo‘qotgani emas. U Nil daryosidagi suv sathini o‘lchaydigan yangi o‘lchov asbobi “Miqyos jadidni” yaratdi. Al-Farg‘oniy asarlari 11- asrdan boshlab Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Ahmad al-Farg‘oniyning asosiy astronomik asari “Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi haqida kitobi”dir. Olimning bu asarida astronomik asboblar va Quyosh soatlari bayon qilinadi. Bu asar “Astronomiya asoslari haqida kitob” nomi bilan ma’lum bo‘lib, 1145-1175 yillarda Yevropada lotin tiliga tarjima qilingan va bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanilgan. Asarning geografiyaga oid bo‘limi “Yerdagi ma’lum mamlakatlar va shaharlarning nomlari va har bir iqlimdagi hodisalar haqida” deb ataladi. Asarda Yerning sharsimonligi, bir xil osmon yoritkichlarining turli vaqtda ko‘tarilishi, tutilishi va bu tutilishning har bir joyda turlicha ko‘rinishi, masofalar o‘zgarishi bilan ularning ko‘rinishini o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Hozirgi kungacha Ahmad al-Farg‘oniyning yetti asari saqlanib qolingan, ular Berlin, London, Parij, Tehron, Toshkent, Dushanbe, Mashhad, Panta, Rampur, Xalab va Qohiradagi yirik kutubxonalarda saqlanmoqda. Abu Nosir Farobiy (873-950 yillar) jahon ilm-faniga ulkan hissa qo‘shgan qomusiy olim. O‘z zamonasi ilmlarining barcha sohasini mukammal bilganligi va bu ilmlar rivojiga katta hissa qo‘shganligi, Yunon falsafasini sharhlab, dunyoga tanitganligi uchun ulug‘lanib “Al-Muallim as-Soniy”, “Sharq Arastusi” deb atalgan. Farobiy boshlang‘ich ma’lumotini ona yurtida oldi, Toshkent, Buxoro, Samarqandda o‘qidi. Eronning Isfaxon, Hamodon, Ray shaharlarida bo‘ldi. So‘ng, Bog‘dodda uzoq yashab zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo‘lgan. Umrining oxirini Damashqda o‘tkazgan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u yetmishdan ortiq tilni bilgan va ilmni turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan. Farobiy Antik davr olimlari – Platon, Aristotel, Evklid, Ptolemey, Porfiriy va boshqalar asarlariga sharhlar yozgan. Uning sharhlari O‘rta va Yaqin Sharq ilg‘or mutafakkirlarining dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Abu Ali ibn Sino Farobiy sharhlarini o‘qib, Aristotel asarlarini tushunganligini ta’kidlaydi. Farobiy falsafaning umumiy masalalariga, insonning bilish tomonlarining falsafiy bilish tomonlariga, materiyaning miqdori, fazoviy va hajmiy munosabatlarini o‘rganishga, materiya xossalari va turlarini, noorganik tabiatning, hayvonlar va inson organizmining xususiyatlari, tilshunoslik, she’riyat, ijtimoiy-siyosiy hayot, davlatni boshqarish va boshqa masalalarga oid asarlar yozdi. Farobiyning tabiatshunoslikka oid “Hajm va miqdor haqida so‘z”, “Fazo geometriyasiga kirish haqidagi qisqartma kitob”, “Astronomiya qoidalari haqida mulohazalarni to‘g‘irlash usuli haqida maqola”, “Fizika asoslari haqida kitob”, “Alkimyo ilmining zarurligi va uni inkor etuvchilarga raddiya haqida maqola”, “Inson a’zolari haqida risola”, “Hayvon a’zolari to‘g‘risida so‘z” va boshqalar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotganalri yo‘q. Farobiy asarlari 12-asrdan boshlaboq, lotin qadimiy yaxudiy, fors tillariga tarjima qilinib, Yevropada keng tarqaldi. Toshkentda Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Farobiyning 16 risolasi saqlanmoqda. Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) mashhur qomusiy olim Yevropada “Avitsenna” nomi bilan mashhur bo‘lgan olim. Abu Ali ibn Sino o‘z zamonasining nafaqat buyuk tabibi va faylasufi bo‘lgan, balki atoqli tabiatshunos olim sanalgan. U matematika, kimyo, botanika, zoologiya va boshqa qator fanlar bilan ham shug‘ullangan. U fizikaviy hodisalar, xususan mexanika, issiqlik, tovush va yorug‘lik hodisalarini ham o‘rgangan. Ibn Sino ijodida mexanik mashinalarni yasash g‘oyasi ham o‘z ifodasini topgan. Masalan, mexanika qonunlarini o‘rganishda Ibn Sinoning “Donishnoma” kitobini keltirish mumkin. Ibn Sino bu asarida: “Agar kuch yo‘qolsa shu sabab vujudga keltirgan oqibat ham tura olmaydi, bir xil sharoitda nima kichik bo‘lsa, tezroq harakat qilishi nima katta bo‘lsa, sekinroq harakat qilishi kerak” – deb ta’kidlab, massa inersiya o‘lchovi degan fikrni bildiradi. Keyinchalik ingliz olimi I.Nyuton massaga shunday ta’rif bergan. Shu bilan birgalikda Ibn Sino Nyutonning inersiya qonuni, hamda ikkinchi qonuniga mos keladigan mulohazalarni ham bergan. O‘rta asr Sharqining buyuk olimlaridan biri Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy metallar va boshqa moddalarning solishtirma og‘irliklarini tajribada katta aniqlik bilan o‘lchagan. Hozirgi zamonaviy usullarda aniqlangan metallarning solishtirma og‘irliklarni taqqoslaganda Beruniy tomonidan aniqlangan qiymatlarining aniqlik darajasiga ancha yuqori ekanligi ma’lum bo‘ldi. Beruniy Yer radiusini o‘lchashning usulini ishlab chiqdi. Uning o‘lchashlari bo‘yicha Yerning radiusi 1081,66 farsaxga, ya’ni 6490 km ga teng. Beruniy Quyosh tutilishi vaqtida Quyosh tojini kuzatdi va uni tushuntirib berdi. U Yerning Quyosh atrofida aylanish to‘g‘risida fikrni aytgan va geliotsentrik nazariyasini olg‘a surdi. Globusni ixtiro qildi. Sharqning buyuk allomasi – astronom olim, davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek buyuk Amir Temurning nevarasi bo‘lgan. U Samarqandda o‘z davrida jahonda yagona hisoblangan observatoriyani qurgan. Mirzo Ulug‘bekning butun jahonda unga shuhrat keltirgan asosiy asari “Ziji Ulug‘bek”, “Ziji Ko‘ragoniy” va “Ziji jadida Ko‘ragoniy” nomlari bilan ma’lum. Samarqand ilmiy maktabining shoh asari bo‘lgan “Zij” o‘rta asr astronomiyasi va matematikasini o‘z ichiga olgan. 16-arsdan boshlab hozirgi kungacha, Yevropada lotin va boshqa tillarga tarjima qilingan. “Ziji”da keltirilgan jadvallarning aniqligi va qo‘llanilgan matematik usullariga ko‘ra u o‘rta asrlarda yozilgan astronomik asarlarning eng mukammali bo‘lgan. Shunday qilib, Sharqning buyuk alomalari, tabiatshunos olimlari o‘zlarining ilmiy ishlari bilan Yevropa, qolaversa jahon sivilizatsiyasining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shganlar.
O’rta Osiyo olimlarining fizika sohasidagi ishlari. Fizika — tabiat haqidagi umumiy fan; materiyaning tuzilishi, shakli, xossalari va uning harakatlari hamda oʻzaro taʼsirlarining umumiy xususiyatlarini oʻrganadi. Bu xususiyatlar barcha moddiy tizimlarga xos. Turli va aniq moddiy tizimlarda materiya shakllarining murakkablashgan oʻzaro taʼsiriga tegishli maxsus krnuniyatlarni kimyo, geologiya, biologiya singari ayrim tabiiy fanlar oʻrganadi. Binobarin, fizika fani bilan boshka tabiiy fanlar orasida bogʻlanish bor. Ular orasidagi chegaralar nisbiy boʻlib, vaqt oʻtishi bilan turlicha oʻzgarib boraveradi. Fizika fani texnikaning nazariy poydevorini tashkil qiladi. Fizikaning rivojlanishida kishilik jamiyatining rivojlanishi, tarixiy davrlarning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shartsharoitlari maʼlum ahamiyatga egadir. Fizika fani eksperimental va nazariy fizikaga boʻlinadi. Eksperimental fizika tajribalar asosida yangi maʼlumotlar oladi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini taʼriflaydi, oʻrganiladigan hodisalarni tushuntiradi va yuz berishi mumkin boʻlgan hodisalarni oldindan aytib beradi. Amal i y fizika ham mavjud (mas, amaliy optika yoki amaliy akustika). Oʻrganilayotgan obʼyektlar va materiallarning harakat shakllariga qarab, fizika fani bir-biri bilan oʻzaro chambarchas bogʻlangan elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasi, atom va molekulalar fizikasi, gaz va suyukliklar fizikasi, qattiq jismlar fizikasi, plazma fizikasi boʻlimlaridan tashkil topgan. Oʻrganilayotgan jarayonlarga va materiyaning harakat shakllariga qarab, fizika moddiy nuqta va qattiq jism mexanikasi, termodinamika va statistik fizika, elektrodinamika, kvant mexanika, maydon kvant nazariyasini oʻz ichiga oladi. Fizikaning tarixiy rivojlanishi. Fizika tarixini 3 davrga boʻlib oʻrganish mumkin: 1) qad. zamondan 17-asrgacha boʻlgan davr; 2) 17-asrdan 19-asr oxirigacha boʻlgan davr. Bu davrdagi fizika fani, odatda, klassik fizika nomi bilan yuritiladi; 3) 19-asr oxiridan hozirgi paytgacha boʻlgan davr. Hozirgi zamon fizikasi (yoki eng yangi fizika) shu davrga mansub. Turli hodisalarni va ularning sababini oʻrganish qad. zamon olimlarining bizgacha yetib kelgan asarlarida aks etgan. Miloddan avvalgi 6-asrdan to milodiy 2-asrgacha boʻlgan davrda moddalarning atomlardan tashkil topganligi haqidagi tushunchalar va goyalar yaratildi (Demokrit, Epikur, Lukretsiy), dunyoning geotsentrik tizimi ishlab chiqildi (Ptolemey), elektr va magnit hodisalari kuzatildi (Fales), statika (Pifagor) va gidrostatikaning rivojlanishiga asos solindi (Arximed), yorugʻlik nurining toʻgʻri chizikli tarqalishi va qaytish qonunlari ochildi, miloddan avvalgi 4-asrda Aristotel oʻtmish avlodlar va zamondoshlarining ishlariga yakun yasadi. Aristotelning ijodi yutuklar bilan birga kamchiliklardan ham xoli emas. U tajribalarning mohiyatini tan oldi, ammo uni bilimlarning ishonchli belgisi ekanini inkor etib, asosiy eʼtiborni farosat bilan anglashda, deb bildi. Aristotel ijodining bu tomonlari cherkov namoyandalariga qoʻl kelib, uzok, davrlar fan taraqqiyotiga toʻsqinlik koʻrsatdilar. 9—16-asrlarda ilmiy izlanishlar markazi Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga siljidi. Bu davrga kelib, fan rivojiga, jumladan, fizikaning rivojiga Oʻrta Osiyo olimlari ulkan hissa qoʻshdilar. Fizika, matematika, astronomiya va tabiatshunoslikka oid masalalar Xorazmiy, Ahmad alFargʻoniy, Forobiy, Beruniy, Termiziy, Ibn Sino, Ulugʻbek, Ali Kushchi va boshqa oʻrta osiyolik olimlarning ishlarida oʻz aksini topgan. Bu olimlarning fizikaga oid ilmiy ishlari, mexanika, geometriya, osmon mexanikasi, optika va turli tabiat xrdisalarini oʻrganish bilan bogʻliqdir. Xorazmiy oʻrta ayerlarda, nazariy va amaliy tabiatshunoslik qali boʻlmagan davrda, dunyoviy fanlar, ilgʻor ijtimoiyfalsafiy fikrlar ijodkori boʻlib chikdi. U Sharqning dastlabki akademiyasi „Bayt ulHikma“ („Donolar uyi“)ning shakllanishida faol ishtirok etgan. Bu yerda uning raxbarligida arablar va boshqa xalklar vakillari bilan bir qatorda Ahmad alFargʻoniy, Axmad Abdulabbos Marvaziy kabi oʻrta osiyolik olimlar tadqiqotlar olib borganlar. „Algoritm“ soʻzi „Xorazmiy“ soʻzining lotincha transkripsiyasi boʻlib, bu soʻzni algebra masalalarini yechishda birinchi marta qoʻllagan edi. Ahmad alFargʻoniyning „Osmon jismlari harakati“ kitobi 9-asrda bitilgan boʻlib, 12-asrda lotin tiliga, 13-asrda Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilinib keng tarqalgan edi. Ahmad alFargʻoniy asarlari Yevropada Uygʻonish davri ilmiy tadqiqotchilarining asosini tashkil etgan asarlardan boʻldi. U yorugʻlikning sinishi va qaytishini aniklagan. Fargʻoniy stereografik proyeksiya nazariyasining asoschisi sifatida fazo jismlari harakatining tekisliklardagi proyeksiyalari nisbatlari asosida baʼzi bir kattaliklarni oʻlchash mumkinligini isbotladi. Bu fikr bugun ham astrofizika fanida oʻz qiymatini yoʻqotmagan. Beruniy Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishini oʻzi yasagan asboblar yordamida isbotladi va Yer radiusi 6490 km ga yaqin ekanligini aniqladi. U dunyoning moddiyligi, harakatning turlari, atomning boʻlinishi, atomdan keyingi zarralarning oʻzaro taʼsir kuchlari, solishtirma ogʻirlikni aniklash usullari, jism inersiyasi, boʻshliq, atmosfera bosimi, suyuqliklar gidrostatikasi, qor, yomgʻir va doʻlning paydo boʻlish sabablari, energiya aylanishi, jismlarning elektrlanishi, dengiz hamda ummon suvlarining koʻtarilishi va pasayish sabablari, yorugʻlikning korpuskulyar hamda toʻlqin xossasi, tovush va yorugʻlik tezligi, yorugʻlikning qaytishi hamda sinishining sabablari, dispersiya xrdisasi, Yer va boshqa sayyoralarning Quyosh atrofidagi harakatlari ellips shakliga yaqinligi, fazoviy jismlarning vaznsizligi toʻgʻrisida fikrlar yuritdi. Abu Nasr al Forobiyning tovush tezligi, tovushning toʻlqin tabiati, tovush chastotasi, tovush toʻlqinining uzunligi haqidagi fikrlari va ularga asoslanib yaratilgan musiqa notasi hamda optikaga oid koʻpgina ishlari fizika fanining rivojlanishiga qoʻshilgan katta hissa boʻldi. Ibn Sino harakatning nisbiyligi, inersiya, kuch, massa va tezlanish orasidagi bogʻlanish, aylanma harakat, markazga intilma kuch, chizikli tezlik, boʻshliq va atmosfera bosimi, konveksiya, issiqlikning tabiati, issiqlik uzatilishining turlari, yashin va yashinning turlari, momaqaldiroq hodisasi, tovush va yorugʻlik tezligi, yorugʻlik dispersiyasi, linza, atom tuzil ishi va boshqa mavzularga tegishli mulohazalarining aksariyati hozirgi zamon tushunchalariga juda moye keladi. Hakim Termiziy dunyoviy fanlarning ungacha boʻlgan yutuqlarini qomusiy olim sifatida oʻrgandi, jumladan, tabiat hodisalari va jarayonlarini tahlil etuvchi „Solnoma“, „Haftanoma“ kabi asarlari maʼlum. Mirzo Ulugbek 15-asrda jahonda yagona rasadxona qurdi. Uning „Ziji Koʻragoniy“ asarida astronomiyaning nazariy asoslari yoritiddi va 1018 ta yulduzning joylashish koordinatalarini juda katta aniklikda beriddi. Uning qiymatlari hozirgi qiymatlarga juda yaqin. Fizik hodisalarni tushuntirishda oʻrta osiyolik olimlarning mulohazalari qad. anʼanalar taʼsirida rivojlangan boʻlsada, ular matematik usullarni keng joriy etib, tajribalardan foydalanib, fanga katta hissa qoʻshdilar.
G’arb olimlarining fizika sohasidagi ishlari. 18-asrning o‘rtalarida tabiatshunoslikka tabiat hodisalarining evolyutsion rivojlanish g‘oyalari kirib kela boshlandi. Bunda I.Kant, M.V.Lomonosov, P.S.Laplaslarning Quyosh sistemasining tabiiy paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi gipotezalar rivojlantirilgan ilmiy ishlari katta rol o‘ynadi. Nemis olimi va faylasufi I.Kvant (1724-1804 yillar) tabiiyot va tabiat falsafasi masalalariga e’tibor berib, kosmogonik gipotezani yaratdi. Olimning farazicha, Quyosh tizimi tuman massasi shaklidagi moddiy zarralardan tashkil topgan va hozirgi holatgacha rivojlangan. I.Kantning kosmogonik nazariyasi va tabiat falsafasiga oid fikrlari stixiyali materialistik va dialektik harakterga ega. Fransuz astronomi, matematigi, fizigi P.S.Laplas (1749-1827 yillar) mustaqil holda I.Kantning kosmogoniya nazariyasiga o‘z fikrini bildirib, nazariyani to‘ldirdi. Laplasning “Osmon mexanikasi haqida traktat” asarida, Quyosh tizimi uzoq muddat davomida turg‘un qolishi isbotlandi. Olim Quyosh atrofida atmosferaga o‘xshagan turli gaz massasi mavjudligini isbotladi. P.S.Laplas, I.Kantning nazariyasiga qo‘shimcha qilganligi uchun nazariya uzoq vaqtgacha Kant-Laplas kosmogonik nazariyasi deb ataldi. M.V.Lomonosov (1711-1765 yillar) moddalarning saqlanish qonunini tajribada aniqlab, nazariy jihatdan asosladi va harakatning saqlanish qonuni g‘oyasini berdi. U issiqlikni molekulalarning aylanma harakati bilan tushuntirib, issiqlikning mexanik nazariyasini ishlab chiqdi. Bundan tashqari M.V.Lomonosov gazlar kinetik nazariyasini, yorug‘likning to‘lqin nazariyasini, elektr hodisalari (yashin hodisalarini) nazariyalarini ishlab chiqdi. U Venerada atmosfera borligini isbotladi, hamda boshqa planetalarda ham hayot mavjud bo‘lish mumkinligini faraz qildi. J.B.Lamark (1744-1829 yillar) fransuz tabiatshunosi birinchi bo‘lib, hayvonot olamini ikkita asosiy guruhga – umurtqasizlar va umurtqalilarga bo‘ladi. Lamark fikricha, barcha tirik mavjudot jonsiz narsalardan vujudga kelib, bir-biriga bog‘liq sabablar asosida, tasodifsiz rivojlangan. Bu ta’limot J.B.Lamarkning “Zoologiya falsafasi” asarda bayon etilgan va olimlar tomonidan yuksak baho berilgan. 1830-1833 yillarda ingliz tabiatshunosi Ch.Layelning “Geologiya asoslari” asari nashr qilindi, olim tomonidan geologik evolyutsiya puxta izohlandi va Yer halokati nazariyasi keskin tanqid qilindi. Geologik evolyutsiya, biologik evolyutsion ta’limotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ch.R.Darvin (1809-1882 yillar) “Turlarning pado bo‘lishi” asarida ilmiy tibbiyot materiallariga, paleontologiya, embriologiya, qiyosiy anatomiya, o‘simlik va hayvonlar (geografiyasi) asoslanib biologik evolyutsiyaning sabablarini ochib berdi. Keyinchalik, ko‘pgina kashfiyotlar Ch.R.Darvin asos solgan evolyutsion ta’limotni yanada chuqurlashtiradi, ya’ni biologik turlarni vujudga kelishiga ko‘pgina yangiliklar, evolyutsion jarayon qonulariga aniqlik kiritildi va evolyutsiyani boshqarilishining yangi istiqbollari ochildi. Tabiatshunoslikda fundamental asarlar bilan bir qatorda tabiat evolyutsiyasi va taraqqiyotiga oid ilmiy kashfiyotlar yuzaga keldi. 19-asrning 30-yillarida xujayra nazariyasi kashf etildi va uning asosida T.Shvann xujayra nazariyasini hayvonot olamiga tatbiq etdi. 19-asrning oxirigacha hamma tabiiy fanlar rivojlanishda edilar. Bu davrda mexanikadan so‘ng, nazariy kimyo va termodinamika, elektr to‘g‘risida ta’limotlar taraqqiy eta boshladi. K.Dalton, A.M.Butlerovlar moddalarning kimyoviy o‘zgarishi molekulalarning kimyoviy tuzilishi, 1869 yilda D.I.Mendeleev kimyoviy elementlar davriy sistemasini kashf qildi va 70-yillarda atom juda kichik zarrachalardan iborat degan gipotezani ilgari surdi. Lekin, shu bilan birga atomlarning bo‘linishi to‘g‘risidagi dalillar to‘plana boshlaganida D.I.Mendeleevning o‘zi bu g‘oyaga qarshi bo‘ldi. Mana shuning o‘zi ilmiy fikrning noizchil, qarama-qarshi rivojlanishiga misol bo‘la oladi. M.Faradey (1719-1867 yillar) ilm-fanda elektromagnit maydonini kashf etdi. Olim tajriba orqali birinchi bo‘lib, magnetizm bilan elektr o‘rtasida dinamik bog‘liqlik borligini aniqladi va tabiatda moddadan tashqari yana maydon ham borligi isbot qilindi. J.K.Maksvell (1831-1879 yillar) elektromagnit maydonini matematik nazariya, qonunlar bilan to‘ldirdi. Bu albatta, Galiley va Nyuton davridan so‘ng fan olamida eng katta voqea edi. Organizmlarning hujayralardan tuzilganligi nazariyasini bergan P.F.Goryapinovning biologiyaning rivojlanishidagi xizmatlari buyukdir. Fiziologiyada I.M.Sechenov Oliy nerv faoliyatini kashf qildi. Uning bosh miya faoliyati mexanizmi to‘g‘risidagi ta’limoti I.P.Pavlov ishlarida tasdiqlandi. I.M.Sechenov (1829-1905 yillar) ruhiy xastalik asosida fiziologik jarayonlar yotishini isbotladi. U birinchi bo‘lib, bosh miya tomonidan boshqariladigan o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan harakatlarning reflektor harakteri to‘g‘risidagi g‘oyani berdi. I.P.Pavlov (1855-1935 yillar) tomonidan kashf etilgan shartli reflekslar bu g‘oyaning davomi bo‘ldi. I.M.Sechenov ilmiy ishlari natijasida bosh miya tajribaviy tadqiqotlar predmetiga aylandi, ruhiy hodisalar esa konkret shaklda moddiylik asosida tushuntirila boshlandi. 20-asr boshlarida fizikada, umuman tabiatshunoslikda inqilob ro‘y berdi, ya’ni dunyoning relyativistik va kvantomexanik manzarasi tan olindi. Bunga G.Gers tomonidan kashf etilgan elektromagnit to‘lqinlar, M.Bekkerel tomonidan – radioaktivlik, M.Skladovskaya va P.Kyuri tomonidan – radiy elementi, P.K.Lebedev tomonidan – yorug‘lik bosimi, M.Plank tomonidan – kvant nazariyasining birinchi ta’limoti, N.Bor pastulotlari va boshqa kashfiyotlar sabab bo‘ldi. Bu kashfiyotlar natijasida dunyo fizik manzarasining tarixan almashinishi ro‘y berdi. Agar Maksvellgacha fizik borliq moddiy nuqtalar ko‘rinishida deb fikrlangan bo‘lsa, undan keyin esa fizik borliq mexanika nuqtai nazardan tushuntirib bo‘lmaydigan uzluksiz maydonlardan iborat deb qaraladigan bo‘ldi. 20-asrda yangi davr kirib keldi. Olamning fizik manzarasi prinsipial yangi manzaraga aylandi. Olamning ilmiy manzarasi falsafa fani bilan aniq fanlar nazariyalari o‘rtasida bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Bunday manbalarning o‘zaro munosabatlaridan tabiiy fanlarning yangi nazariy prinsiplari va kategoriyalari paydo bo‘ladi. Tabiatshunoslik tarixida bir narsani unitish kerak emas. 20-asr ilmiy bilish jarayonida fizika fani oldinga bo‘lgan bo‘lsa, undan qolishmaydigan biologiya fani muvaffaqiyatlarini inkor etib bo‘lmaydi. Biologiyaning o‘ziga xos, yirik yo‘nalishlari: evolyutsion ta’limot, genetika, ekologiya va boshqalar, kibernetika va axborotlar nazariyalari bilan bir qatorda turib, dunyoning hozirgi ilmiy tasvirini vujudga keltirdi. Shuningdek, 20-asrda vujudga kelib, so‘nggi yillarda yanada rivojlanib borayotgan etologiya, psixologiya, parapsixologiya va ijtimoiy biologiya fanlarini ham, alohida ko‘rsatib o‘tish lozim. Download 200.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling