Farg‘ona davlat universiteti Fizika-texnika fakulteti fizika yo‘nalishi 2-kurs 20


Download 13.79 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi13.79 Kb.
#1340605
Bog'liq
bayonomaa optika


Farg‘ona davlat universiteti Fizika-texnika fakulteti fizika yo‘nalishi 2-kurs 20.12‑guruh talabasi Ibrohimova Odinaning “Optika” fanidan “Mendelshtam-Brillyuen sochilishlari” mavzusida yozilgan kurs ishiga
TAQRIZ
Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, Optika bo`limi haqida umumiy ma`limot va yorug`likning sochilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishi nazariy xarakterga ega bo‘lib, yozilgan ma’lumotlar boshqa adabiyotlar bilan taqqoslanib mavzuga oid formulalar keltirilgan. Ushbu kurs ishi kirish qismi, 2 ta bob, 6 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo‘lib, ma’lumotlarning keng tahlili amalga oshirilgan va 11 nomdagi adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan, u zamonaviy darsliklarni, o‘quv qo‘llanmalarini, huquqiy – me’yoriy hujjatlarni, ko‘pchilik tomonidan keng foydalanayotgan internet saytlarini o‘z ichiga oladi. Kurs ishida yoru`likni to`gri chiziq bo`ylab tarqalish qonuni, yorug`likni sinish va qaytish qununi, yorug`lik nurining fotonlar nazariyasiga talqin qilinishi, Mendelshtam-Brillyuen sochilishlari, Kompton effekti, yorug`likni kombinatsion sochilishlari haqidagi mavzular batafsil va tahliliy yoritib o‘tilgan.
Kurs ishida quyidagi kamchiliklar mavjud: Kurs ishidagi imloviy xatolar hamda ba’zi ma’lumotlar manbasi ko‘rsatilmagan. Ushbu kamchiliklar kurs ishining mazmuniga ta’sir etmaydi. Kurs ishi talab darajasida yozilgan deb aytish mumkin. Talaba yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni kelgusidagi ishlarida takrorlashiga yo‘l qo‘ymaydi deb o‘ylayman va ushbu kurs ishini himoyaga tavsiya etish mumkin.


Taqrizchi: _______ ________________ “___”____ 2022-yil
Download 13.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling