Lazer fizikasi fanidan mandelshtam-brillyuen majburiy sochilishi mavzusida tayyorlagan
Download 0.59 Mb.
|
Mamajonov O
- Bu sahifa navigatsiya:
- MANDELSHTAM-BRILLYUEN MAJBURIY SOCHILISHI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN KURS ISHI QABUL QILDI: FURQAT TUROTOV
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 5140200-FIZIKA YO’NALISHI IV BOSQICHI KF-1902 GURUH TALABASI MAMAJONOV O’RMONJON DILSHODJON O’G’LINING LAZER FIZIKASI FANIDAN MANDELSHTAM-BRILLYUEN MAJBURIY SOCHILISHI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN KURS ISHI QABUL QILDI: FURQAT TUROTOV Mavzu: Mandelshtam-Brillyuen majburiy sochilishi. Reja: Kirish Asosiy qism Yorug‘likni kombinatsion sochilishini kvant nazariyasi Yorug’lik nurining fotonlar nazariyasiga talqin qilinishi. Yorug’lik bosimini tajribada o’rganish Yorug’lik bosimining bazi bir kosmik hodisalardagi ro’li Mandelshtam-Brillyuen effеkti. Kоmptоn effеkti Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Yorug’lik nurining tarqalishi uni ifodalab beradigan asosiy ikkita nazariya bo’lib bular, Gyugensning to’lqin nazariyasi va Nyutonning zarra nazariyasi hisoblanadi. Yorug’lik nuri qanday tarqalishi rang hosil bo’lishi ko’rish kabi bir qator tushunchalarni ifodalash uchun bir qancha olimlar o’zlarining nazariyalarini yaratishdi.Bularning ichida Nyuton yaratgan zarracha nazariyasiga to’xtaladigan bo’lsak.Yorug’lik nuri bu uning energiyasini tashuvchi zarralar oqimidan iborat bo’lib ular faqat haraktda mavjuddir deyiladi.Bundan ko’rinadiki zarracha biron tezlik bilan borib jismlar bilan tasirlashishi natijasida u sirtga albatta zarra berishi kerak degan hulosa chiqib keladi.Haqiqatdan ham bu bosim bor yo’qligini aniqlash uchun bir qancha tajribalar olib borilgan bo’lib ulardan biri Lebedov tajribasi hisoblanadi.U yorug’lik nuri zarra bo’lib to’siqqa urilgan vaqtda yaltiroq sirtlardan qaytishi qora sirtlarda esa yutilishidan bosimlar farqi yuzaga kelishini amaliyotda qo’llab ko’rmqochi bo’ldi.Buning uchun yengil aylanuvchi o’qqa ikkita yaproqchalarni iladi.Ularning ikki tarafi ikki xil qaytarish koefitsiyentiga ega bo’lgani sababli ular aylanishi kerak edi.Tajriba natija berdi lekin bu natija nazariyaga teskari bo’lib yaproqchaning qora tarafiga aylanadi.Shunday bo’lsa ham tajriba yorug’lik bosimi borligini isbotlab berdi.Ularning teskari aylanishiga sabab esa o’sha sirtlarga ko’zga ko’rinadigan nurlardan boshqa sohadagi nurlarning yutish koefitsiyenti harxilligidir.Yani ko’zga ko’zga ko’rinadigan nurlardan boshqa infraqizil ultrabinafsha sohadagi nurlar ham unga bosim berishidir. Undan oldingi olimlar quyosh yonidan o’tgan kametalarning dumi egrilanishiga sabab yorug’lik bosimiligini shu paytlar taxmin qilib ketishgan. Zamonaviy spektroskopiya oldiga molekulalararo o’zaro ta’sir va bu ta’sirning tabiati hamda fizik mexanizmlarni o’rganishdek dolzarb muammolar qo’yiladi. Bu muammolarni o’rganish uchun turli optik usullar qo’llaniladi. Bu optik usullar ichida eng samaralisi spektroskopik usuldir. Bularning orasida yorug’likning kombinatsion sochilish spektri o’zining antiqaligi bilan ajralib turadi. Yorug’likning kombinatsion sochilishi bu moddadan yorug’lik sochilganda uyg’otuvchi chastotadan tashqari qo’shimcha chastotaning hosil bo’lishidir. Har xil moddalar uchun kombinatsion sochilishi chizig’i molekulaning tuzilishiga bog’liq. Aralashma chizig’ining soni, holati va intensivligi sochuvchi moddaning xarakterli xossalarini aks ettiradi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling