Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet
Urush davrida qo’shinlarning qurollanishi
Download 0.59 Mb.
|
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ
3. Urush davrida qo’shinlarning qurollanishi
va taktikaning rivojlanishi. Uzoq va ayovsiz davom etgan fashistlar Germaniyasi bilan bo’lgan jangda sobiq Sovet armiyasi o’zining texnika va qurollarining dushman qurollaridan ustunligini ko’rsatdi. Qo’shinlar turi va qurolli kuchlar ikki asosiy yo’l bilan rivojlandi: Asosiy jangovar texnika va qurollarni takomillashtirish, hamda, yangi qurol va jangovar texnikalarni yangi tashkiliy ko’rilishi, formalari yaratish. Quruqlikdagi qo’shinlar urush mobaynida Sovet armiyasini asosiy qismini tashkil etgan. Quruqlik qo’shinlar sobiq Sovet armiyasining 80-87 % ni tashkil etgan. Quruqlik qo’shinlari tarkibiga: o’qchi qo’shin, artileriya, zirxli va mexanizatsiyalashgan qo’shin, kovaleriya hamda maxsus qo’shinlar kirgan. Xar bir qo’shin turining rivojlanishi o’ziga yarasha xususiyatlarga ega. O’qchi qo’shinlar urush mobaynida nafaqat son jixatidan uch barobar ko’paydi, balki yangi jangovar texnikalar bilan ta’minlanish xisobiga jangovar xususiyatini oshirdi. Sobiq Sovet armiyasining urush davridagi qurollari deyarli barchasi takomillashtirildi yoki qaytadan chiqarilgan. Urush boshidagi vaziyat sobiq Sovet qo’mondonligini vaqtincha korpusli tashkilotdan bosh tortishga majbur qildi. Shu bilan birga uqchi diviziyalar bilan birga, o’qchi brigadalari tashkillandi. Urush mobaynida artileriya qo’shinlarida ham sezilarli o’zgarishlar ro’y berdi. Bu qo’shinlar quruqlikdagi qo’shinlarning asosiysi deb xisoblanar edi. Dushman tanki va zambaraklarga qarshi, tanklarni ommaviy qo’llash, zirxlangan texnikalarga qarshi qurollar ishlab chiqishga yo’l ochib berdi. Urush mobaynida quruqlikdagi qo’shinlar artileriya va minemyotlar bilan ta’minlandi. Jumladan: 45 - 57 - 76 - 85 va 100 mm li zambarak, 152 mm gaubitsa, 160 mm minomyotlar va boshqalar. Qurolli kuchlarning asosini tashkil qiluvchi zirxli tanklar va mexanizatsiyalashgan qo’shinlarda yirik o’zgarishlar sodir bo’ldi. Urush boshida tanklarning qatnashmasligi 1941 yili sobiq Sovet qo’mondonligini mexanizatsiyalashgan korpus tashkil qilishga majbur qildi. Shuningdek kuzga Yaqin 1941 yil tankli va motorlashgan diviziyalar, bularning o’rniga aloxida tank brigadalari, polk va batalg’onlari tashkillandi. 1942 yilning boshlariga kelib tanklarni ishlab chiqarish ko’paydi, zixlangan tanklar qo’shinlari tashkiliy formalari o’zgartirildi. 1942 yil aprel oyida tank korpuslari va tank armiyalari, sentyabr oyiga kelb mexanizatsiyalashgan korpuslar tashkillandi. Shu bilan birga aloxida tank brigada, polk va batalg’onlari saqlanb qolindi. Bundan tashqari, 1942 yilning oxiriga kelib og’ir tanklar polki tashkillandi. 1943 yili o’zi yurar-artileriya polklari, 1944 yilda esa og’ir tanklar va o’ziyurar artileriya brigadalari tashkillandi. Urush xarakteri keyinchalik aloqa vositalarini rolini kuchaytirdi. Urush mobaynida aloqa vositalari 4 karra ko’paydi. Qo’shinlar yangi radiostantsiyalar, takomillashtirilgan telefon va telegraf aloqa vositalari bilan ta’minlandilar, shuningdek Qurolli Kuchlarda aloqa qismlari kuchaytirildi. Xavo-desanti qo’shinlari rivojlanmadi bunga sabab ma’sus qurol va transport aviatsiyasining etishmasligi edi. Urush avtotraktor texnikalarini rivojiga ham ta’sir ko’rsatdi, zirxlangan tank qo’shinlarining motoo’qchi qismlari avtotransport bilan ta’minlandi. Urush vaqtida avtotransportda 100 mln. ga Yaqin yuk tashilgan. Harbiy xavo kuchlari. Urush mobaynida sobiq Sovet ittifoqi harbiy xavo qo’shinlarida yangi samolyot turlari qabul qilingan edi. ular Yak-1, Yak-3, Yak-7b, Yak-9, La-7, La-5, Tu-2, Il-10 va boshqalar. Butun urush mobaynida sobiq Sovet aviatsiyasi 100 mingdan ziyod samolyotlar bilan ta’minlandi. Ularning tezligi, balandligi va uzoqqa uchish xususiyati ortib bordi. 1943 yilning bahoriga kelib jangovar samolyotlarining barcha turlari yangi aloqa vositalari o’rnatildi. 1943 yilning yoziga kelib sobiq Sovet aviatsiyasi yangi turdagi aviobombalar, dushman tanklariga qarshi aviobombalar bilan ta’minlandi. Harbiy xavo kuchlari asosini qiruvchi, bombardimonchi va ishg’ol qiluvchi aviatsiya tashkil qilar edi, bu davrda ishg’ol qiluvchi aviatsiya rivojlandi. 1944 yilning boshiga kelib quruqlikdagi qo’shinlar bilan birgalikda ishg’ol qiluvchi samolyotlar soni barcha samolyotlarning 30 % ni tarshkillar edi. harbiy xavo kuchlarida uzoqqa uchar bombardimon qiluvchi aviatsiya bosh qo’mondonlikning mustaqil asosiy vositasi sanalgan. 1942 yilning boshida Bosh Qo’mondonlikning mustaqil asosiy vositasi qayta asoslanib Stavkaning ixtiyoriga o’tkazildi. Bunday xolat 1944 yilning oxirigacha saqlanib qoldi. 1944 yilning dekabr oyida uzoqqa uchar aviatsiya 18-xavo armiyasiga o’zgartirildi. Urush boshida aviatsiya ikkiga bo’lingan: armiya va frontga. Bu esa muxim yo’nalishlarda aviatsiyani ommaviy qo’llashda qiyinchilik tug’dirar edi. Bunday kamchiliklarga chek qo’yish maqsadida 1942 yilda markazlashgan xavo armiyasi tashkillandi. Shu yilning boshida bosh qo’mondonligining aviatsiya korpuslari tashkillana boshlandi. Xavo armiyalari ikki davr mobaynida odatda 600 – 1200 ta samolyotg ega edi. Urush oxiriga kelib samolyotlar soni va ayrim xavo armiyasi samolyotlari soni 2000 tadan ortdi. Xavo xujumidan mudofaa qo’shinlari. Xavo xujumidan mudofaa qo’shinlari bloki muxim ob’ektlarni himoya qilish uchun ‘‘M qo’shinlarida yangi mustaqil qurolli kuchlar turlari tashkillandi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling