Farg’ona davlat universiteti harbiy fakultet


O’zbekiston xalqining fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi


Download 0.59 Mb.
bet46/54
Sana19.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1626758
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Bog'liq
ҲАРБИЙ ТАРИХ МАЪРУЗА МАТНИ

O’zbekiston xalqining fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi

Reja:


  1. Sovet -german urushinning boshlanishi. Xalq tanlagan tarixiy yo’l.

  2. G’alaba yo’lidagi mashaqqatli mehnat.

  3. O’zbek xalqining yuksak gumanizmi.

  4. O’zbekistonliklarning urush jangoxlaridagi jasoratlari.
  1. Sovet-German urushining boshlanishi:

Xalq tanlagan tarixiy yo’l.


Fashistlar Germaniyasi 1941 yil yozida, 22 iyun yakshanba kuni tongotarida xujum qilmaslik xaqidagi avgust shartnomasi shartlarini buzib, Sovet Ittifoqi hududiga halokatli urush olovini yog’dirdi. Sovet Itiffoqi xalqlari uchun og’ir sinovlar vaqti va ularning nemis-fashist bosqinchlariga qarshi fidokorona kurashi boshlandi.
Gitlerchilarning Sharqqa doir harbiy muddaolarini o’zida gavdalantirgan «Barbarossa» rejasiga «Yashin tezlikdagi urush» g’oyasi asos bo’lgan edi. Sovet mamlakatini bitta qisqa muddatli kompaniya jarayonida mag’lub qilish va urishni 1941 yil kuzida tamomlash mo’ljallangan edi.
Boshlangan urush davlat xayotining barcha jabhalarida o’zgarishlar qilishini, shiddatli mudofaa uchun kuch-g’ayrat sarflashni talab etardi. Shu davr asosiy talabi «Hamma narsa front uchun, hamma narsa g’alaba uchun» degan chaqiriqqa o’z ifodasini topgan edi.
1941 yil 30 iyunda I.V Stalin boshchiligida Davlat Mudofaa Qo’mitasi (DMQ) tashkil topdi.boshlangan urush sharoitida sovet Qurolli Kuchlariga strategik ra’barlikni amalga oshiruvchi favqulotda organ sifatida Stalin boshliq Oliy bosh Qo’mondon Qarorgohi tashkil etildi. 8 avgustda Stalin Oliy Bosh Qo’mondon lavozimini qabul qildi.
O’zbek xalqi gitelchilarga qarshi koalitsiyadagi boshqa xalqlar bilan elkama-elka bir safda turib «Jigarrang vabo»ni yo’q qilishga munosib xissa qo’shdi. Fashist zolimlariga qarshi kurashda O’zbekiston xalqining faol ishtirok etishi uning milliy ruhining qudratli nomyon bo’lishi edi.
Xar kuni frontga jo’natish istagi bilan harbiy komissarliklarga kelib turgan arizalar oqimi O’zbekistonliklarning milliy vatanparvarlik ruhi yuksakligining yaqqol namunasi bo’ldi. Urushning dastlabki kunlarida respublikaning shahar va tuman harbiy komissarliklariga ko’ngillilaridan 14 mingdan ortiq ariza tushgan.
O’lka aholisi anoanaviy vatanparvarligining ajoyib namunalaridan biri frontga umumxalq yordami ko’rastish edi. O’zbekistonliklar urushning dastlabki kunlaridanoq mudofaa jamg’armasining tashkil etish xaraktida faol ishtirok etdilar. Mudofaa jamg’armasiga ishchilar, kolxozchilar, ziyolilar bir kunlik, fuqarolarning shaxsiy jamg’armalari, qimmatba’o boyliklar tushdi. O’zbekiston aholisi urush yillarida mudofaa jamg’armasiga jami 649,9 mln. so’m pul, 22 kg. oltin va kumush topshirdi.
O’zbekiston harbiy texnika, asosan tank kolonalari va jangovar samolyotlar eskadriliyalari qurilishiga mablag’ to’plash harakati keng quloch yozdi. Masalan, «O’zbekiston kolxozchsi» tank kollonasi qurulishiga respublika kolxozchilari o’zlarining shaxsiy jamg’armalaridan 1942 1il dekabrda 260 mln so’m to’pladilar.
Aholi tomonidan issiq buyumlar to’plash va tayyorlash Vatan himoyachilari xaqida insoniy g’am’o’rlikning yorqin ko’rinishi bo’ldi. Frontga paxtali kurtkalar, kalta po’stinlar, kigiz etiklar, sharflar, qo’lqoplar, paypoqlar, jimperlar va ‘okozalar jo’natib turildi.
Ikkinchi jahon urishi yillarida yaqqol namoyon bo’lgan qudratli vatanparvarlik o’zbek xalqining maonaviy sog’lomligidan dalolat edi. Bolshevistik maomurlarning ko’pdan-ko’p ruhiy taosir ko’rsatishiga, mustabid tuzumining ateistik va maonaviy ekstremizmiga qaramasdan, o’zbek halqi o’zining chuqur milliy-maonaviy negizlarini saqlab qoldi. Bular uning ko’p ming yillik tarixi va insonparvarlik anoanalariga, umuminsoniy va milliy qadriyatlariga uzviy ravishda singib ketgan edi.


  1. Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling