XAVFSIZLIK CHORALARI
- mo‘ljalga olish moslamasidan foydalanish davo-mida uning inkorsiz ishlashini ta’minlash uchun quyi-dagilar man etiladi:
- moslamani qismlarga ajratish;
- kunduz kuni diafragmani ochib, yoqish (kunduzgi tabiiy yorug‘lik tungi mo‘ljalga olish moslamasini ishdan chiqarishini yodda tutmoq darkor);
- to‘r yoritkichini maksimal yorug‘likka qo‘yishi;
- tanaffuslar mobaynida va saqpashda moslamani yoqilgan holatda qoldirish;
- buragichlar bilan ishlash mobaynida ortiqcha kuch ishlatish;
- optik detallarga qo‘l tekkizish (optik detal-lardagi chang va iflosliklarni faqat toza shoyi so-chiq bilan artish lozim);
- yoqilgan moslamani sumkaga yoki qutiga solish.
Mustaqil tayorgarlikga vazifalar:
- O’qotar qurollar va tanka qarshi qo’l granatalarning (pistolet, avtomat, RPK, PK pulemetlari, SVD, PM va qo’l tanka qarshi tranatalar) alohida qism va mexanizmlarining vazifasi o’qib mustahkamlash;
- O’qotar qurollar va tanka qarshi qo’l granatalarning (pistolet, avtomat, RPK, PK pulemetlari, SVD, PM va qo’l tanka qarshi tranatalar) alohida qism va mexanizmlarining tuzilishi mavzusi bo‘yicha mustaqil ish, referat va taqdimotlar tayyorlash.
O’q otar qurollar va tanka qarshi qo’l granatalarning (pistolet, avtomat, RPK, PK pulemetlari, SVD, PM va qo’l tanka qarshi tranatalar) alohida qism va mexanizmlarining o’zaro ta`siri.
Nazorat uchun savollar.
1. O’q otar qurollar va ularni saqlash, tozalash va moylash, otishga tayyorlash.
2. Xavfsizlik choralari
3. 7,62 millimetrli Kalashnikov pulemyotning asosiy qism va mexanizmlari.
4. 14,5 mm li yirik kalibrli KPVT pulemyoti.
5. Granatomyotlarning moddiy qismlari.
Mavzu 6. Avtomatik va stvolosti granatomyotlar (4 soat).
Mashg‘ulot 1 (2-soat, ma’ruza). Avtomatik va stvolosti granatomyotlarining (AGS -17, AGS-30, GP-25) vazifasi va jangovar xususiyatlari.
Namunaviy nishonlarni yo‘q qilish imkoniyatlari. Granatomyotni otishga tayyorlash tartibi. Otish paytida shartli tutilishlar va ularni baratarf etish usullari.
Do'stlaringiz bilan baham: |