Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


А16/5-Mashg’ulot: Askarning mudofaadagi harakatlari. O‘t ochish marrasini (pozitsiyasini) tanlash va uni egallash


Download 3.78 Mb.
bet35/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

А16/5-Mashg’ulot: Askarning mudofaadagi harakatlari. O‘t ochish marrasini
(pozitsiyasini) tanlash va uni egallash.

Reja:
1. Askarning mudofaada olovli pozitsiya haqida tushuncha. Uni tanlashning tartibi, holatini egallash, jihozlanishi. Mudofaaga mahalliy predmetlarni moshashtirish, o‘q otish sektorini tozalash va okopni niqoblash.
2. Pozitsiyaga yorib kirgan dushmanni yo‘q qilish. Askarning tungi hujumdagi harakati va suv to‘siqlaridan o‘tishi.
3. Parchalanadigan qo‘l va tankka qarshi granatalarni uloqtirish usullari. Granatani transheya yoki okopdan uloqtirish.
Tayanch iboralar:
Mudofaa, hujum, razvedka, granata, transheya, рozitsiya, dushman, okop, tank, mergan, bronetransportyor, hujum, transheya.


1. Askarning mudofaada olovli pozitsiya haqida tushuncha. Uni tanlashning tartibi, holatini egallash, jihozlanishi. Mudofaaga mahalliy predmetlarni moshashtirish, o‘q otish sektorini tozalash va okopni niqoblash.
O‘t ochish pozitsiyasi joyga bog‘liq holda tanlab olinadi va u askar tomonidan shunday tanlab olinishi (yoki komandir ko‘rsatishi) kerakki, u yerdan oldinda turgan dushman kuzatuv olib borishi mumkin bo‘lgan joy yaxshi ko‘rinsin. Joy o‘qotar qurolning ta’sirli o‘q uzish uzoqligida ko‘rinib turishi kerak. Agar oldinda ochiq joyda jangovar harakatlar olib borish turgan bo‘lsa, askar unga ko‘rsatilgan o‘t ochish pozitsiyasi joyini diqqat bilan o‘rganib chiqishi lozim. O‘t ochish pozitsiyasi dushman olovi ostida egallanishi mumkin. Dushman olovi ostida yotib otish uchun bir kishilik okop qazish quyida gicha bajariladi: tanlangan joyda askar qurolini o‘zidan o‘ngroqqa, cho‘zilgan qo‘l uzoqligida stvolning og‘zini dushmanga qaratib, yerga qo‘yadi; chap biqinga yonboshlab, piyodalar kuragini g‘ilofdan chiqaradi; keyin kurakning dastasidan ikki qo‘llab ushlab, o‘ziga qarab urib, chimni kesadi.

Chimni olib bo‘lib, uni yoniga qo‘yadi, okopni qazib, uni brustverni niqoblashga ishlatish mumkin bo‘lishi uchun tuproq boshidan oldinga, keyin esa yon tomonga tashlanadi, u o‘qlar, snaryad yoki mina parchalaridan saqlanishni ta’minlaydi. Ishlash paytida bosh imkon qadar yerga yaqinroqda ushlanishi kerak, chunki dushmanni uzluksiz kuzatib turishi lozim. Okopning old qismini 20 sm.cha qazib, askar ozgina orqaga siljiydi va qolgan qismini qazishni davom ettiradi. Okop kengligi 60 sm, uzunligi esa 170 sm bo‘lishi kerak. Ish oxirida brustver joyning muhiti rangiga moshab niqoblanadi. Agar dushman faollik ko‘rsatmasa, okopni jihozlash ishlari davom ettiriladi, u tizzalab otish uchun 60 sm.ga chuqurlashtiriladi va moshashtiriladi, keyin esa turib otish uchun 110 sm.gacha chuqurlashtiriladi.

Qulay sharoitlarda, ayniqsa, dushman o‘zini passiv ko‘rsatganda, guruh komandirining ko‘rsatmasi bo‘yicha yoki mustaqil ravishda bir kishilik okoplar guruh pozitsiyasiga o‘zaro birikadi va ular to‘liq profilga (ko‘rinishga) yetkaziladi. Shu maqsadda askar okopdan chiqmasdan, o‘zining chapdagi qo‘shnisiga chiqish uchun birlashtiruvchi yo‘l qaziydi. Ish tartibi bir kishilik okop qazitish tartibi bilan bir xil. Agar okop oldida buta yoki baland o‘tlar bo‘lsa, ko‘rinishni yaxshilash va otish uchun ulardan tozalanadi, biroq buni dushman sezmashigi kerak. Bulardan tashqari, tungi jang oldidan mo‘ljallagichsiz otishga avtomatlar va pulemyotlar shay holatga keltiriladi.



Okopdan o‘t ochishda, askarning xavfsizligini ta’minlash uchun mahalliy predmetlar (qurigan o‘t, shox-shabba va shu kabilar)dan foydala niladi, joy tusiga moshashgan niqoblash to‘rlarini ham ishlatish mumkin. Okopning old qismidagi otish sektorini tozalash kerak, bu yerdan askar hujum ga yotgan dushmanga qarata o‘t ochadi hamda jang maydonini kuzatib boradi. Dushmanning tanki yaqinlashishiga qarab, unga granatomyotning haqiqiy o‘t ochish uzoqligida RPG-7 bilan zarba beriladi.
Merganlar tank va bronetransportyorning otish qurilmalariga uni ishdan chiqarish maqsadida o‘t ochishadi.
Dushmanning tanki yaqinlashishiga qarab, granataning haqiqiy o‘t ochish uzoqligida tankka qarshi undan foydalaniladi.
Mudofaaning oldingi marrasidagi transheyaga tanklar tushsa, ular tanklar ustiga otiladigan granata bilan zararlantiriladi. Тanklar va boshqa harakatlanayotgan zirhli obyektlarga qarshi kurash minalar yordamida olib borilishi mumkin. Joylarda, tankka qarshi minalarni, mina g‘ovlari o‘rnatadigan mashina yordamida, askarlar esa qo‘lda o‘rnatadilar.
Dushmanning zirhlangan mashinalari kuzatish asboblariga pulemyotchi va mergan ham o‘t ochib kurashishi mumkin. Alohida hollarda guruh komandirining buyrug‘i bo‘yicha tanklar bilan kurashish uchun askar tayinlanadi. U joy relyefidan foydalanib, guruh olovi yoki to‘pchilar ostida qo‘l granatasi bilan tanklarga yaqinlashgan holda ularni yo‘q qiladi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling