Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Granatani yotgan holatda uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi


Download 3.78 Mb.
bet38/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Granatani yotgan holatda uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
— yotgan holda o‘t ochish holati qabul qilinadi;
— qurol yerga yotqizilib, granata o‘ng qo‘lga olinadi;
— chap qo‘l bilan saqlovchi tortqi sug‘urib olinib, yerga qo‘llar bilan tiraladi va undan itarilib, tizzalarga turiladi;
— o‘ng oyoqni biroz ortga tashlab, chap tizzaga, uni joyidan qo‘zg‘atmay turiladi va shu paytning o‘zida quloch yoyiladi;
— o‘ng oyoqni to‘g‘rilab, ko‘krakni nishon tomon burib, oldinga yiqila borib, granata uloqtiriladi;
— qurolni olib, o‘t ochishga hozirlik ko‘riladi.
Granatani harakat mobaynida uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
— granatani yarim bukilgan o‘ng qo‘lda, qurol esa chap qo‘lda tutilib, saqlovchi tortqi sug‘urib olinadi;
— chap oyoq tashlanganda, qo‘l granata bilan birgalikda oldinga chiqariladi; — navbatdagi qadam tashlanganda (o‘ng oyoq bilan), qo‘l yoy bo‘yicha pastga ortga harakat qilish davom etadi va ayni paytda tana o‘ngga buriladi; — uchinchi qadamda, chap oyoqni nishon yo‘nalishi tomon uchiga qo‘yib, o‘ng tizzasi bukiladi va tana burilishi, quloch ochilishi to‘xtatiladi;
— harakat tezligidan foydalanib, uloqtirish jarayoniga oyoq, tana va qo‘l kuchini mujassamlashtirgan holda granata yelka uzra oshirib uloqtiriladi. Granatani avtomobildan uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
— o‘rindiqda o‘tirgan yoki ikki oyoqqa turib, yoxud chap oyoqning tizzasini o‘rindiqqa qo‘ygan holat qabul qilinadi;
— granatani o‘ng qo‘lga, qurolni chap qo‘lga olib, saqlovchi tortqi sug‘urib olinadi;
— qurol tutgan chap qo‘l bilan avtomobil borti ushlab turiladi va tanani ortga, ayni paytda o‘ngga burib, granata bilan quloch ochiladi;
— granatani yelka uzra olib o‘tib, oldinga keskin egilib, uloqtiriladi va bort ortiga bekiniladi. Agar avtomobil tuynukka ega bo‘lsa, granatani uloqtirishdan oldin tuynuk ning qopqog‘ini ochish, uloqtirgach esa, yopilishi lozim.
Granatani tank (o‘ziyurar artilleriya qurilmasi)dan uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
— o‘qlovchi hozirlangan granatani o‘ng qo‘lga olib, nishon tomonga buriladi va saqlovchi tortqini sug‘uradi;
— tuynuk qopqog‘ini turtib, uning dastasidan tutib turadi;
— tuynuk qopqog‘ini ochib, granatani tuynuk orqali uloqtiradi va tuynuk qopqog‘ini zudlik bilan yopib, qulflaydi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling