Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Askarning jangdagi majburiyatlari


Download 3.78 Mb.
bet40/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Askarning jangdagi majburiyatlari.
Har bir askar:
guruhning, o‘z seksiyasi (tanki)ning va o‘zining jangovar vazifalarini bilishga;
 dushman tanklarining, boshqa zirhlangan mashinalar va tankka qarshi vositalarning jangovar imkoniyatlarini, ularning kuchli va zaif tomonlarini, ayniqsa, eng zaif joyini bilishga;
 istehkom inshootlarining jihozlash hajmi va jihozlash tartibini doimo kuzatib borishga, dushmanni o‘z vaqtida topib olishga va darhol bu haqda komandirga bildiruv berishga;
 hujumda qat’iyat va qo‘rqmasdan harakatlanishga, mudofaada bardam va tirishqoq bo‘lishga, dushmanni barcha usul va vositalar bilan yo‘q qilishga, jangda matonat, zukkolik ko‘rsatishga, o‘rtog‘iga yordam berishga;
 joydan, individual himoya vositalaridan va mashinaning himoya xususiyatlaridan mohirona foydalanishga; okop va pana joylarni tezda jihozlashni bilishga, niqoblanishni amalga oshirishga, to‘siq-g‘ovlardan va zaharlangan joylardan o‘ta olishga, tankka qarshi minalarni o‘rnatish va chiqarib olishni bilishga; maxsus ishlov berishni o‘tkazishni bilishga;
 havodagi dushmanni tanib olishga va uning samolyotlari, vertolyotlari va boshqa nishonlarga o‘qotar qurollardan o‘t ochishni bilishga, ularning eng zaif qismlarini bilishga;
 jangda komandirini himoyalashga, agarda u jarohat olsa yoki halok bo‘lsa, qo‘rqmasdan bo‘linma qo‘mondonligini o‘ziga olishga;
 jangda komandirning ruxsatisiz o‘z joyini tashlab ketmashikka, jarohatlanganda yoki radioaktiv zaharli moddalar, bakterial (biologik) vositalar hamda yondiruvchi qurol bilan zararlanganda, o‘ziga va o‘zaro yordam chora-tadbirlarini ko‘rishga hamda vazifani bajarishni davom etishga; agar tibbiy punktga jo‘nash buyurilgan bo‘lsa, o‘zi bilan shaxsiy qurolini olishga; tibbiy punktga borishga iloji bo‘lmaganda, quroli bilan pana joyga o‘rmalab borib, sanitarlarni kutishga;

 o‘q-dorilar, BMP (BTR) va tank yonilg‘ilari sarfini kuzatib turishga, o‘z vaqtida komandiriga o‘q-dorilar va yonilg‘i zaxirasi bo‘yicha bildiruv berishga;
 BMP (BTR), tank buzilganda, ularni tuzatish chora-tadbirlarini ko‘rishga majburdir.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling