Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


I. Toksikologik (klinik) tasnif


Download 3.78 Mb.
bet48/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

I. Toksikologik (klinik) tasnif. Zaxarlovchi moddalar ta’siri natijasida paydo bo‘lgan klinik simptomlarga (belgilar), patologik jarayonning xususiyatiga, tibbiy yordam ko‘rsatish, davolash usullari xamda tashkiliy ishlarning umumiyligiga (tibbiy saralash, evakuatsiya) qarab zaharlovchi moddalar o‘xshash guruhlarga uyushtiriladi.
1. Nervlarni falajlovchi ZMlar: zarin, zoman, V- gazlari.
Ular organizmga kirganda fermentlarni o‘ldirib, hamma asab tolalarida impulslarni o‘tishini sekinlatib, to‘xtatishadi va natijada organizm falajlanadi.
Zarin - kuchli zaharlovchi modda bo‘lib, uchuvchan, rangsiz suyuqlik, uning o‘rtacha o‘ldirish dozasi 0.10 mgG‘l (1 daqiqa ichida). Uning par holdagisi kuchli ta’sir etadi, ayniqsa, ko‘z qorachig‘ini tez kichraytirib yuboradi.
V-gazlar - yomon uchuvchan, suvda yomon, ammo organik erituvchilarda yaxshi eriydigan, zaharli modda hisoblanadi.
V -gazlar nafas yo‘llari, teri, kiyim - kechaklar orqali ham ta’sir etib, odamlarni kuchli zaharlaydi. V -gazlarning o‘ldirish dozasi 1 daqiqada 0,01 mgG‘l, teri orqali ta’sir etganda 7 mgG‘l. ni tashkil etadi.
Zoman - xossalari jihatidan zarin bilan V-gazlarni oralig‘idagi o‘rinni egalladi. Bu guruhdagi ZMlar bilan zaharlanishning belgilari: mioz, nafas olishning og‘irlashuvi, ko‘krak qafasining og‘rishi, yo‘tal, so‘lak oqishi, terlash, arterial bosimning pasayishi, ko‘ngil aynishi, kusish, ich ketishi, ruhiy buzilishlar, og‘ir zaharlanishda tezlik bilan falajlanish va koma holatining boshlanishi.
Bu guruhdagi ZMlarga qarshi ziddi - zaharlar: taren (tabletka 0,2dan), afin, budaksim eritma shprits - tyubiklarda, tabelli preparat P - 6 (hariy qismlar uchun).


Kimyoviy qurol. Zaxarli moddalarning qo‘llanishi va ularning turlari. Zaxarli moddalrning jangovar xolati va uni inson organizmiga ta`siri. Zaxarli moddalrning asosiy fizik, ximik va zaharlash moxiyati. 25 daqiqa
Kimyoviy qurol - bu ta’sir etishi ba’zi kimyoviy moddalarning zaharli xususiyatlariga asoslangan yalpi qirg‘in qurolidir. Bunga jangovar zaharli moddalar va ularni qo‘llash vositasi kiradi.
Dushman tomonidan kimyoviy qurol qo‘llanganligini belgisi: samolyotlar ortidan qora yo‘llarni qolishi; barglarda, tuproqsa, binolarda, bomba va snaryadlar portlagan chuqurcha atrofida moyli doglarning paydo bo‘lishi; o‘simliklarning tabiiy ranglarini o‘zgarishi; bunda odamlarda qaltirash paydo bo‘ladi, ko‘z qorachig‘i kichrayadi, ko‘qragida og‘irlik sezadilar.
Zaharli moddalar gaz, aerozol va suyuq tomchi holatida bo‘ladi. Odamlarga nafas olishi, ovqat hazm qilish yo‘llari, teri va ko‘zi orqali ta’sir qilishi mumkin.
Odam organizmiga ta’sir qilishi bo‘yicha zaharli moddalar olti xil bo‘ladi:
1.Nervni falaj qiluvchi (Vi - Iks, zarin); 2.Terini yiringlatuvchi (iprit);
Z.Bo‘g‘uvchi (fosgen); 4.Umumzaharli (sinil kislotasi, xloramin); 5.Qaltiratuvchi (Si-Es, adamsmit); .Psixoximik (Bi- Zet);
Kimyoviy zaharli moddalardan individual va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanib himoya qilinadi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling