Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Joyda predmetlar va nishonlargacha bo‘lgan masofani aniqlash


Download 3.78 Mb.
bet45/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Joyda predmetlar va nishonlargacha bo‘lgan masofani aniqlash.

Uzoqlikni o‘lchash. Masofa metrlarda o‘lchanadi. Eng aniqroq masofa xarita masshtabi bo‘yicha xaritani joyga solishtirish yo‘li bilan aniqlashi mumkin. Razvedkachi masofani aniqlashning quyidagi usullaridan ko‘proq foydalanadi: 1. Obyektlar (nishonlar)ning burchak o‘lchamlari bo‘yicha. Buning uchun biron-bir oraliqda kuzatilayotgan chiziqli o‘lchamlar va burchaklarni bilish lozim. Burchak kattaliklari durbin va kuzatishning boshqa vositalari yordamida o‘lchanadi. Misol. Bir qavatli uyning balandligi (8 m) durbinning ikki bo‘lagi (0—10)ga teng keladi. Nishongacha bo‘lgan masofa quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
B U = x  1000 BU ; U =  8 1000 10 =800 m,
bu yerda, Bx —nishon balandligi; BU — minglarda berilgan burchak. 2. Otish paytidagi olov va tovush bo‘yicha. Tovush meteorologiya sharoitlariga bog‘liq holda soniyasiga 330—340 m tezlikda tarqaladi (yoki taxminan 1 km.ni 3 soniyada bosib o‘tadi). Yorug‘lik tarqalishi esa o‘ta tez (soniyasiga 300000 km).
Misol. O‘q ochish tovushi otish paytidagi olovdan to‘qqiz soniyadan keyin razvedkachiga yetib keladi. O‘q uzilgan qurolgacha bo‘lgan masofani toping: S=VT; 3309 = 2970 m, bu yerda, S — uzoqligi; V — tezligi; T — vaqt.

  1. Chiziqli o‘lchamlar bo‘yicha (chizg‘ich yordamida).

Buning uchun millimetrli bo‘lakchalariga ega chizg‘ich olinadi va uni ko‘zlar oldida cho‘zilgan qo‘l masofasida (ko‘zdan taxminan 60 sm uzoqlikdan) ushlanadi, aniqlanishi kerak bo‘lgan masofaga, oriyentir (nishon)ga shu chizg‘ichning necha millimetri uzunligi (balandligi, kengligi) bo‘yicha to‘g‘ri kelganligi aniqlanadi. Predmetning ma’lum bo‘lgan santimetrdagi kattaligi o‘lchashlarda hosil bo‘lgan millimetr sonlarga bo‘linadi va natijada, doimiy son oltiga ko‘paytiriladi.
Misol. Agar 6 m balandlikdagi telegraf simyog‘ochi o‘lchash paytida chizg‘ich bo‘yicha 8 millimetrni egallasa, ungacha bo‘lgan masofa (600:8)·6=450 m.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling