Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Download 3.78 Mb.
bet49/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Bakteriyaviy qurol - shikast yetkazuvchi ta’siri kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblarning xususiyatlaridan foydalanishga asoslangan yalpi qirg‘in qurolidir.
Dushman tomonidan bakteriyaviy qurol belgilari: bomba va snaryadlarning portlashidagi g‘ayrioddiy ovozlar; joylarda kukunsimon moddalarning paydo bo‘lishi; tushgan konteynerlar, yorilgan snaryadlar atrofida mayda zararkunandalarni g‘ayri oddiy paydo bo‘lishi; odamlarning, hayvonlarning g‘ayrioddiy ommoviy kasallanishi.
Dushman tomonidan turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi kuydirgi, o‘lat, chechak (chinchechak va suvchechak), vabo, tulyaremiya, oqsim, toshmali terlama va ichterlama, zamburug‘li kasallik - mikaz va boshqa kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilardir.
Odamlarga yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar nafas orqali, mikroblarni shillik pardalarga tushishi orqali, ovqat orqali, zararkunandalarni chaqishi orqali, kasal odam bilan muloqot qilganda yuqadi.
YUqumli kasallik tarqalgan joyda karantin o‘rnatiladi.
Bakteriyaviy quroldan himoya usullariga quyidagilar kiradi: kasalliklarga qarshi mahsus va shoshilinch kurashda ishlatiladigan vaksinazardob preparatlari, antibiotiklar, sulfanilamid va boshqa dorivor moddalar; individual va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanish.
Zamonaviy qirg‘in qurollariga parchalanadigan (oskolkali), fugasli o‘q-dorilar va yondiruvchi vositalar ham kiradi.
Zamonaviy oskolkali o‘qdorilar juda ko‘p (bir necha ming) bir necha gramm og‘irlikka ega bo‘lgan oskolkalar -soqqachalar, ignachalar, yoychalarga ega. Masalan, soqqachali bombalar mahsus kassetalarda samolyotlardan tashlanadi va ular 250000 kv.metr maydonda portlaydi.
Fugasli o‘q-dorilar zarb to‘lqini va oskolka bilan yer yuzasidagi ob’ektlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Bunday bombalarning og‘irligi 50 kg.dan 10000 kg.gacha bo‘ladi.
Betonga qarshi bomba - betonli to‘siqlarni vayron qilishga mo‘ljallangan.
Portlaganda hajmi ortadigan o‘q-dorilar - odamlar, binolar, texnikani zarb to‘lqini va olov bilan yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Bunday bomba portlaganda ortiqcha bosim 3000 kPa.ga yetadi. YOndiruvchi qurollar - bu odamlarga, texnikaga va binolarga yetqaziladigan zararli ta’siri yuqori haroratga asoslangan quroldir. U o‘ziga yondiruvchi modda va uni qo‘llash vositasini oladi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling