Farg’оna davlat universiteti harbiy ta’lim fakulteti


Granatani transheya yoki okopdan uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi


Download 3.78 Mb.
bet39/195
Sana05.10.2023
Hajmi3.78 Mb.
#1692731
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   195
Bog'liq
ЧҚБТ 3-КУРС МАЖМУА — 2023

Granatani transheya yoki okopdan uloqtirish uchun quyidagi amallar bajariladi:
— qurol okop yoki transheya qirg‘og‘iga yotqiziladi;
— granatani o‘ng qo‘lga olib, saqlovchi tortqi sug‘urib olinadi;
— o‘ng oyoqni imkon qadar ortga tortib, bel va oyoqlar biroz bukiladi va granata ushlagan o‘ng qo‘l oxirigacha yuqoriga, ortga tortiladi;
— chap qo‘lga tiralgan holda keskin to‘g‘rilanib, granata uloqtiriladi va transheya (okop) ichiga yashirilinadi.
Dushmanning okop, transheya yoki ochiq joyda mavjud bo‘lgan jonli kuchini yakson qilish uchun granatani gorizontga nisbatan 35°—45° burchak ostida, nishon ustiga tik tushirib, imkon qadar sakratmasdan uloqtirish zarur. Granatani binoning deraza va eshiklariga uloqtirish mobaynida ularga aniq tegishi talab etiladi, shuning uchun granata trayektoriyasi nishonga to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Granatalarni deraza va eshiklarga aniq tegishiga muntazam va davomli mashqlar bilan erishiladi. Granata uloqtirayotgan shaxs granatani uloqtirgach yashirinishi lozim, aks holda nishonga tegmay portlagan granata parchalari bilan o‘zi yaralanishi mumkin. Agar granata uloqtirilmagan va zapalidan saqlovchi tortqi sug‘urilmagan bo‘lsa, u komandirning kuzatuvi ostida o‘qsizlantiriladi. «Granata o‘qsizlantirilsin» komandasiga ko‘ra, zapal burab chiqariladi, lattaga (qog‘ozga) o‘raladi va granatalar qopchig‘iga joylashtiriladi; korpus trubkasiga tiqin burab joylashtiriladi va granata o‘z sumkasiga solinadi.


Askarning hujumdagi xarakati.

Hujumga o‘tishdan avval u quyidagilarni bilishi lozim:


1) O’zining, seksiya hamda gurug’ning jangovar vazifasini,yakson qilinishi zarur bo‘lgan nisonlarni hamda o‘t ochish tartibini;
2) Seksiya oldida xarakatlanuvchi tank nomerini va u bilan aloqa qilish usulllarini;
3) Piyoda hujumga o‘tganda yoyilish tartibini va o‘z joyini, to‘siqlarni oshib o‘tish usullarini ;
4) Komandir tomonidan o‘rnatilgan signallarni;
5) Qurolni tayyorligini tekshirishi va uni jangga tayorlashi;
6) O’q-dorilar miqdorini tekshirishi va uni zarur holatda to‘ldirishi;
7) Shaxsiy himoya vositalarini butligini tekshirishi, kiyimini va anjomlarni tartibga keltirishi.

Download 3.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling