Fargʻona davlat universiteti magistratura boʻlimi Amaliy matematika
Download 14.98 Kb.
|
valixonov tashqi taqriz
Fargʻona davlat universiteti magistratura boʻlimi Amaliy matematika (Axborot texnologiyalari) mutaxassisligi bitiruvchisi Valixonov Ravshan Mamurovichning “Mashinali o‘qitishga kirish fanida qo‘llaniladigan matematik modellar va ularni o‘qitish metodikasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga TAQRIZ Hozirgi kunda har bir soxani zamonaviy axborot texnologiyalarsiz tassavur qilish qiyin. Ushbu texnik vositalarni esa, albatta insonlar yaratadilar. Buning uchun esa ularga soxa boʻyicha yuksak tafakkur va bilim kerak boʻladi. Bunday bilim zamirida esa yaxshi oʻqish va ulkan mehnat yotadi. Mashinani o'rganish (ML) - bu ma'lumotlardan o'rganish va vaqt o'tishi bilan ularning ishlashini yaxshilash mumkin bo'lgan kompyuter algoritmlarini ishlab chiqishga qaratilgan sun'iy intellektning bir tarmog'i. U ma'lumotlar fanlari sohasida tobora muhim vositaga aylandi va elektron pochtani filtrlashdan tortib, kompyuterni ko'rishgacha bo'lgan keng doiradagi ilovalarda qo'llaniladi. Mashinani o'rganish algoritmlari an'anaviy dasturlash usullari amaliy bo'lmagan yoki samarasiz bo'lgan hollarda qo'llaniladi va ular bashorat qilish, jarayonlarni avtomatlashtirish va katta ma'lumotlar to'plamlarida naqshlarni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin. Koʻpgina tadqiqotchilar mashinali o‘qitishga hozirgi kunda katta e’tibor qaratmoqda. Kompyuterlarning hisoblash qudratidagi oʻsish tufayli ular yaratgan naqshlar va bashoratlar bir necha bor murakkablashdi va mashinasozlik yordamida hal qilinadigan muammolar va vazifalar doirasi kengaydi, bu esa oʻz navbatida ushbu dissertatsiya mavzusini dolzarbligini anglatadi. Magistrlik dissertatsiyasi quyidagi tarkibiy qisimlardan iborat. Kirish, uch bob, o‘n besh paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat. Dissertatsiyaning kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va uning oʻrganilganlik darajasi batafsil bayon qilinib, tadqiqotning maqsad va vazifalari koʻrsatib oʻtilgan. Dissertatsiyaning birinchi bobi tayanch tushunchalardan tashkil topgan boʻlib, “Mashinali oʻqitishda matematik modellar va masalalar yechishdagi sonli metodlar va ularning klassifikatsiyasi”, Modellashtirish ob’ekti, Mashinali oʻqitish algoritmlari, Modellashtirish metodlari va klassifikatsiyasi bayon qilingan. Dissertatsiyaning ikkinchi bob “Mashinali oʻqitishda matematik modellashtirish printsiplari, metodlari, turlari” deb nomlangan boʻlib unda Mashinali oʻqitishda matematik metodlar tizimini rivojlanish printsiplari, Mashinali oʻqitishga kirish fanida qoʻllaniladigan matematik modellar turilari va instrumental vositalari hamda matematik modellarni qurish printsiplari oʻrganilgan. Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Mashinali oʻqitishga kirish fanida qoʻllaniladigan matematik modellarning tadbigʻi” deb atalgan bo‘lib, Matematik modellar asosidagi ilmiy tadqiqot kutilmalari, Mashinali oʻqitish yordamida yechiladigan masalalarning klassifikatsiyasi va matematik modellar, Eksperiment natijasida olingan ma’lumotlarni qayta ishlashda matematik modellarni yaratish va tadbiq etish yoritib berilgan hamda dasturlar keltirilgan. Dissertatsiyada olingan natijalar yangi. Dissertatsiya aniq va ravon tilda yozilgan. Yuqoridagilarga asosan, “Mashinali oʻqitishga kirish” fanida qoʻllaniladigan matematik modellar va ularni oʻqitish metodikasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi bu kabi ishlar uchun qoʻyilgan talablarga javob beradi va dissertatsiya muallifi Valixonov Ravshan Mamurovichga “5A130202 – Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxassisligi boʻyicha “magistr” akademik daraja berilishiga loyiq deb hisoblayman va himoyaga tavsiya qilaman. Taqrizchi: TATU Farg‘ona filiali “Axborot-ta’lim texnologiyalari” kafedra mudiri, f.m.f.n, dotsent I.O‘.Bilolov Download 14.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling