Farg’ona davlat universiteti Magistratura bo’limi Lingvistika: Ingliz tili mutaxasisligi 1-bosqich magistranti Nozimaxon Abdullayevaning fevral oyi uchun ilmiy-pedagogik amaliyot hisoboti
Amaliyotchi magistrant : _______________ N. Abdullayeva
Download 15.94 Kb.
|
hisobot n (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyotchi magistrant : _______________ N. Abdullayeva Amaliyot rahbari: ____________________ p.f.f.d N.Abbasova
Amaliyotchi magistrant : _______________ N. Abdullayeva
Amaliyot rahbari: ____________________ p.f.f.d. N.Abbasova Farg’ona davlat universiteti Magistratura bo’limi Lingvistika: Ingliz tili mutaxasisligi 1-bosqich magistranti Nozimaxon Abdullayevaning mart oyi uchun ilmiy-pedagogik amaliyot HISOBOTI Men, Abdullayeva Nozima Abdusalim qizi, 2-semestr mart oyi davomida ilmiy tadqiqot va pedagogik amaliyotimni ilmiy rahbarim p.f.f.d N.Abbasova yordamlarida davom ettirdim. Ilmiy ishim mavzusi doirasida maqola va tezislar yozish, mavzu yuzasidan adabiyotlar ro’yhatini kengaytirish, ma’lumotlar to’plash borasida tegishli tavsiya hamda maslahatlarga ega bo’ldim. Pedagogik va ilmiy tadqiqot amaliyot kunlarida kafedra professor o’qituvchilari dars o’tish jarayonini kuzatdim. Masalan, universitetimizda shartnoma asosida talabalarga bilim berim kelayotgan chet ellik pedagog Mary Strabalaning 3-bosqich, 123-guruh talabalariga TO’M va TT fanidan dars jarayonini kuzatdik. Dars zamonaviy pedagodik metod va texnalogiyalar asosida tashkillandi. Bundan tashqari, ustozlar boshchiligida oraliq nazoratlari uchun talabalar darajasini hisobga olib to’liq standardlar asosida test tuzish bo’yicha mahoratimni oshirdim. Dars davomida talabalarni ham to’gri ham odilona baholash mezonlari bilan tanishib chiqdim va yetarlicha ko’nikmalarga ega boldim va bu baholarni “Hemis” platformasiga kiritish yo’llarini o’rgandim. Ilmiy rahbarim bilan ilmiy tadqiqot ishini, undan tashqari, maqola va tezislar yozish bo’yicha masalalarni korib chiqdik va o’zim uchun kerakli maslahatlar oldim. Dissertatsiya ishim uchun www.science.com, www.Scopus.com, Proquest.com, www.link.springer.com saytlari hamda kutubxona manbalaridan malumot qidirishga kiritdim. Amaliyotchi magistrant : _______________ N. Abdullayeva Amaliyot rahbari: ____________________ p.f.f.d N.Abbasova Farg’ona davlat universiteti Magistratura bo’limi Lingvistika: Ingliz tili mutaxasisligi 1-bosqich magistranti Nozimaxon Abdullayevaning aprel oyi uchun ilmiy-pedagogik amaliyot HISOBOTI Men Nozimaxon Abdullayeva Abdusalim qizi 2-semestrning aprel oyida ilmiy tadqiqot va pedagogik amaliyotini davom ettirdim. Mutaxxassislik fanlaridan nazariy ta’lim oldim, shu bilan birga, oraliq nazorat hamda, mustaqil ishlarni topshirdim. Amaliyot rejasi va shaxsiy kalendar rejasida belgilangan vazifalarni bajarishga harakat qildim. Pedagogik amaliyot kunlari mobaynida kafedradagi professor-o’qituvchilardan dars o’tish metodikalarini o’zlashtirib bordim. Xususan, kafedraning o’qituvchilari: N. Abbasova, N.Aliyeva, M.Strabala, Sh. Karimjanova, Sh.Dushatova kabi o’qituvchilarning dars jarayonlarini kuzatib bordim. Darslarni kuzatish davomida darsda foydalaniladigan zamonaviy metodlardan turli mavzuga aloqador Power Point slaydlaridan unumli foydalanish, zamonaviy davlat ta’lim standartlariga mos ravishda to’liq tashkillash yuzasidan nazariy hamda amaliy tavsiya va ko’nikmalarga ega bo’ldim. Dars davomida talabalarni jalb etish, har biriga individual yondashish hamda ularni dars mashg’ulotlariga qiziqtira olish texnikasini o’rgandim. Bundan tashqari ilmiy ish yuzasidan mavzu doirasida maqolamning xomaki nusxasini tayyorladim va ilmiy rahbarim p.f.f.d. N.Abbasovaga ko’rsatdim. Ustozim ko’magida maqolamnin imloviy, uslubiy, grammatik xatolari ustida ishladim. Download 15.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling