Farg’ona davlat universiteti Magistratura bo’limi


Download 48.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi48.5 Kb.
#1555238
Bog'liq
4 (1)




Farg’ona davlat universiteti Magistratura bo’limi
Biologiya (Zoologiya) mutaxassisligi I bosqich magistranti Obidova Gulmira Farxodjon qizining
II semester
Maxsus fanlar oʻqitish metodikasi fanidan tayyorlagan


refarati

Maxsus fanlarni o‘qitish mazmunini belgilashda sohaga yo‘nalganlik. Maxsus fanlarni o‘qitish mazmunini belgilash tamoyillari. O‘qitish maqsadi va mazmunining birligi. Maxsus fanlarni o‘qitish mazmunining o‘zlashtirish darajasini ta’minlay olishi. O‘qitish ob’ekti, o‘zlashtirish ob’ekti va o‘qitish natijasi.

Reja:
1. Maxsus fanlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.


2. Maxsus fanlarni o‘qitishda didaktik tamoyillar va qoidalar.
3. Ta’lim tamoyillari va ularning mazmun mohiyati.

Zamonaviy pedagogika nazariyasining bir qator olimlarining pedagogik faoliyat to‘g‘risidagi ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini maxsus fanlar o‘qituvchisining faoliyatini o‘rganishda ham foydalanish mumkin bo‘ladi, biroq bu yerda uning xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolar kelib chiqadi. Bu xususiyatlar ko‘p qirrali bo‘lib, faoliyatning turli tomonlariga xos bo‘ladi, ammo ularni shartli ravishda uchta katta guruhga bo‘lish mumkin bo‘lib, har biri alohida bir tomonining o‘ziga xoslikligini nomoyon etadi.


Maxsus fan o‘qituvchisi o‘zining tuzilishi, strukturasi va taqdim etish shakliga ko‘ra umumkasbiy va soha texnik-texnologik bilim va ko‘nikmalari majmuasi bilan biror bir predmet fan o‘qituvchisining maxsus bilimlaridan tubdan farq qiladi.Faqat maxsus fan o‘qituvchilarigina shunday insonlarning yetishib chiqishini ta’minlaydilarki, bunday insonlar kasbiy faoliyatda shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi o‘z o‘rinlarini topishda ijodan izlanadilar. Ba’zi tadqiqotlarda maxsus fan o‘qituvchisining tipik faoliyat turlari va ularga mos funksiyalari sifatida quyidagi: ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi,uslubiy (metodik), ishlab chiqarish-texnik, tashkiliy, diagnostik kabi tashkil etuvchilari, boshqalarida esa: ta’limiy, tarbiyaviy, tashkiliy-boshqaruv, ishlab chiqarish-texnologik, tadqiqotchilik kabi tashkil etuvchilari ajratib berilgan. Maxsus fan o‘qituvchilarining kasbiy fikrlash xususiyatlari orasida o‘ziga xos jihatlar kuzatiladi va hozirgi paytda sohaning va ijtimoiy-pedagogik fikrlashning samarodorligini oxirigacha o‘rganilmaganligi bilan belgilanadi.
Maxsus fan o‘qituvchisi faoliyatining o‘ziga xosligini o‘rganishda qabul qilish jarayoni (rang,tovush, vaqt, hid va b.), diqqati (biologik,tabiiy va ijtimoiy, texnik -texnologik jarayonlar va boshqalarni kuzatish), nutqi-kasbiy yo‘nalganlilik terminologiyasi va boshqalar katta ahamiyat kasb etadi. Magistratura mutaxassisliklarini tugatgan magistrlar oliy ta’lim muassasalarida umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan dars olib boradilar. Oliy ta’lim muassasalari uchun maxsus fan o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni bilan biror predmet fan o‘qituvchilarini tayyorlash jarayoni o‘rtasida ayrim farqlar mavjud. Xususan, texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklaridagi “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fanini o‘rganishda magistrantlar tomonidan bakalavriaturaning o‘z turdosh yo‘nalishlari o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan bir nechta (6–7 gacha) umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bo‘yicha maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi o‘rganilishi nazarda tutiladi. Ayni shu holat maxsus fanlar o‘qituvchisini kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlashda o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olishni taqozo etadi. Masalan, 5A430101 –qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish mutaxassisligini tamomlagan magistrlar oliy ta’lim muassasalarida 5430101-qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish yo‘nalishining o‘quv rejasidan o‘rin olgan bir qancha fanlardan mashg‘ulot olib borishi ko‘zda tutilgan. Bu fanlarni shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin:
1-guruh: qishloq xo‘jalik texnik fanlari o‘qituvchisi (traktorlar va avtomobillar, qishloq xo‘jalik mashinalari)
2-guruh: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirishga oid texnologik fanlar o‘qituvchisi (traktor va qishloq xo‘jalik mashinalaridan foydalanish, texnik servis, mashinalar ishonchligi va ta’mirlash asoslari, chorvachilik fermalarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish va boshqalar);
3-guruh: umumtexnikaviy fanlar o‘qituvchisi (muhandislik va kompyuter grafikasi, issiqlik texnikasi, mahsulot sifatini standartlashtirish va metrologiya asoslari, konstruksion materiallar texnologiyasi va boshqalar); Demak, maxsus fanlar o‘qituvchisining pedagogik faoliyati biror bir predmet fan o‘qituvchisi pedagogik faoliyatidan tubdan farq qiladigan o‘ziga xos butun bir majmuaviy xossalarga ega bo‘lib, bu holat uning o‘rganishga turli xildagi bir qancha yondashuvlarni izlash zaruratini tug‘diradi. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi fanining asosiy tushunchalari quyidagilar hisoblanadi:
Ta’lim- bilim berish malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni kishini xayotga, mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilim o’zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi.
Bilim - kishilarning turmushdagi narsa va hodisalar to’g’risidagi, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlari haqidagi tasavvur hamda tushunchalari tushuniladi.
Ko’nikma – ta’lim oluvchining mehnat harakatini (yoki mehnat harakatlari majmuini) ayni sharoitda ma’qul harakat usullarini tanlab va qo’llab bajarishga va buning oqibatida mehnatda ijobiy natijalarga erishishga tayyor ekanligi.
Malaka – ta’lim oluvchining harakat komponentlarini maksimal aniqlik, tezlik va maqsadga muvofilikda avtomatlashtirilgan usulda bajarishga qobilligi. Bu qobiliyat o’quvchining mashqlar o’tkazishi natijasida hosil bo’ladi. Kasbiy pedagogika- umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya, ta’lim, o’qitish haqida kator nazariy va amaliy ma’lumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining masalalari bilan shug’ullanadi.
Didaktika-grekcha «didaskiuen» so’zidan olingan bo’lib, o’qitaman, o’qishni o’rgataman ma’nolarini anglatadi. Didaktika o’qitish jarayonini shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni, vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi. Metod-iborasi (yunoncha-metodos-tadqiqot yoki bilish yo’li, nazariya ta’limot ma’nosini anglatib) voqelikni bilish, o’zlashtirish, o’zgartirish usullari majmuasidir. Metod-pedagogik jarayon elementi sifatida mazmun, maqsadlarga maksimal mos kelishi kerak, ana shunda-tarbiya, ta’lim rivojlanish amalga oshadi.Metodika-pedagogikaning o’qitish qonuniyatlari, qoidalari, tashkil etish shakllari, amalga oshirishi va natijalarini nazorat qilib, baholash metod hamda vositalari o’zida mujassamlashtiruvchi fan tarmog’idir. O’qitish metodikasi- bu turli usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallaridan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir.
Tashqi qonuniyatlar ijtimoiy jarayonlar va sharoitlar: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatlar, madaniyat darajasi, jamiyatning ma’lum bir tipdagi shaxslarga bo‘lgan ehtiyoji va ta’lim darajasini tavsiflaydi. O‘qitish jarayonining ichki qonuniyatlariga uning komponentlararo aloqalari hisoblanib, bularga: maqsadlar, mazmun, metodlar, vositalar va shakllar o‘rtasidagi aloqalar kiradi. Har qanday ta’lim jarayonlariga umumiy qonuniyatlar xos bo‘lib, ular ta’limning barcha tizimlarini qamrab oladi. Umumiy qonuniyatlarga quyidagilar kiradi:
 ta’lim maqsadi jamiyatning rivojlanish darajasi va intensivligi, uning ehtiyoj va imkoniyatlari, pedagogika fani va amaliyotining rivojlanish darajasi va imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
 ta’lim mazmuni ijtimoiy ehtiyojlar va ta’lim maqsadlari, ijtimoiy va ilmiytexnik progress sur’atlari, ta’lim oluvchilarning yoshga xos imkoniyatlari, ta’limning nazariy va amaliy rivojlanish darajasi, ta’lim muassasasining moddiytexnik va iqtisodiy imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
 ta’lim sifati ta’limning dastlabki bosqichining samaradorligi va unda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan materialning xarakteri va hajmi hamda o‘qitish vaqtlariga bog‘liq bo‘ladi.
 didaktik metodlar samaradorligi metodni qo‘llashga ko‘nikma va malakalar, ta’lim maqsadi, uning mazmuni, moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv jarayonini tashkil etilishidan bog‘liq bo‘ladi.
 ta’lim samaradorligi ta’lim tizimidagi teskari aloqadorlikning intensivligi, tuzatuvchi ta’sirlarning asoslanganligiga bog‘liq bo‘ladi
ta’lim samaradorligi ta’limning ichki (motivlari); tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlarga bog‘liq bo‘ladi.
Qonuniyatlar asosan emperik metodlar asosida paydo bo‘ladi va ikki guruhga bo‘linadi:
 Tashqi qonuniyatlar-ta’lim jarayonida ta’limning ijtimoiy jarayonlar va sharoitlari bilan bog‘likligida xarakterlanadi.
 Ichki qonuniyatlar-ta’lim jarayonida uning tarkibiy qismlari (maqsad, mazmun, vosita, metod, shakllari) orasidagi aloqani hosil qiladi. Bunday qonuniyatlar pedagogikada ko‘p bo‘lib, quyidagilar bilan xarakterlanadi:
 pedagogikaning o‘rgatuvchilik faoliyati ko‘pincha tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lishligi. Bu qonuniyat ta’lim va tarbiya orasidagi aloqada aks etadi;
 ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchilarning birgalikdagi faoliyati va ta’lim natijalari orasida bog‘liklikning mavjudligi;
 o‘rganilayotgan bilimlarga o‘rganish istagining mosligi;
 ta’lim beruvchi xarakatlarini ta’lim oluvchilarning yakka va jamoaviy faoliyatiga mosligi;
 ta’lim beruvchi xarakatlarini ta’lim oluvchilarning bilish, intellektual va boshqa ehtiyojlariga mosligi;
 ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatini ta’limning axborot-texnikvositalari imkoniyatlariga mosligi;
 ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatini zamonaviy hayot shart-sharoitlari asosida modellashtirish.
O‘qitish qonuniyatlari talablarni albatta e’tiborga olishi zarur, chunki qonuniyat – bu barqaror, zaruriy u yoki bu hodisalar va jarayonlar o‘rtasidagi mutanosiblik va muhim aloqa hisoblanadi. Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar o‘quv jarayonining xarakterini, uning vazifalarini, mazmuni, shakllari, usullari va vositalarini qonuniy ravishda aniqlab beradi. Demak, ta’lim berish, tarbiyalash va ta’lim oluvchilarning umumiy rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur.
Ta’lim jarayonida tizimlilik va izchillik tamoyilini amalga oshirishda ta’lim beruvchi o‘quv materiallarini oldingisini keyingisi uchun asos bo‘lishi, keyingisi esa, oldingisining davomi va oldingisi bilan mustahkam bog‘liq bo‘lishini ta’minlashi lozim.O'qitishda tizimlilik va izchillik tamoyili- tizimlilik va izchillik tamoyili o'qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o'quv fanlarini o'qitish qat'iy mantiqiy tartibda olib boriladi. Talabalar bilim, ko'nikma hamda malakalarni izchillik bilan egallab boradilar va ayni zamonda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni o'rganadilar. Tizimlilik va izchillik tamoyili pedagogik jarayonning hamma bo'g'mlarida amalga oshiriladi. Uning talablari darsliklar va dasturlarni tuzishda o'z aksini topadi. Ulardagi material bir qator ʼdidaktik talablar bo'yicha joylashtiriladi. O'quv dasturida nazariy va amaliy mashg'ulotlar bir-biriga uzviy bog'lanishi saqlanishi kerak. Har bir darsda o'quv maqsadini aniq belgilash va belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi mazmunm tarkib toptirish kerak. Har bir kasbiy fan uchun o'quv dasturi talabiga mos holda dastavval tayanch tushunchalarni aniq belgilab olib, ularning darajasi va me'yorini aniqlash kerak. Maxsus fanlarni o'qitishda qo'llaniladigan usullarni aniq belgilab, yuqori samara beruvchi usullardan foydalanish, mashg'ulotlar davomida berilayotgan bilim va ko'nikmalarning talabalar tomonidan o'zlashtirish darajasini belgilovchi nazorat va tekshirishning turli usullari hamda testlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarning ma'lumot darajasi oshib borishiga va rivojlanishiga qarab predmetni bayon qilishning didaktik tizimi fan tizimiga tobora yaqinlashib boradi. Mashg'ulotlarni o'tkazishda dasturga aniq rioya qilish va talabalarning darslik bilan ishlashi ularning bilimlarni muayyan tizimda o'zlashtirib olishga yordam beradi.
Ilmiylik tamoyili talabalarga o'rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko'rilgan ma'lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng so'nggi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerakIlmiylik tamoyili talabalarga o'rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko'rilgan ma'lumotlar berilishini talab etadi. Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng so'nggi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerak.
O‘qitishning tarbiyalovchi xarakteri tamoyili. Mustaqillik tufayli O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishni amalga oshirilmoqda. Bunda ta’limtarbiya tizimi ham tubdan isloh etilmoqda. O‘qitishning tarbiyalovchi xarakteri tamoyili. Mustaqillik tufayli O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishni amalga oshirilmoqda. Bunda ta’limtarbiya tizimi ham tubdan isloh etilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.Тожибоева Д.Махсус фанларни ўқитиш методикаси.-Т.: Фан ва технолгия. 2007.-541 бет.
2.D.Tojiboeva, Yo’ldoshev. Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi. Darslik.-T.: Aloqachi, 2009.-568 bet.
3.Файзуллаева Д. Мутахассислик фанларини ўқитиш методикаси.- Т.: Иқтисодиёт, 2013.
4.Хакимова М.Ф., Файзуллаева Д., М. Лутфуллаева Н.Х. Махсус фанларни ўқитиш услубиёти. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2014.
5.Хўжаева Н., Хасанбоев Ж., Мамажонов И., Мусахонова Г. Янги педагогик технологиялар. Ўқув қўлланма.-Т.: ТДИУ, 2007.-180 б.
Download 48.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling