Mashinalaridan foydalanish, texnik
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- VAZIRLIGI A.K.Igamberdiev, S.Aliqulov TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK SERVIS
- TOSHKENT-2020
Igamberdiev A.K. Aliqulov S TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK SERVIS TOSHKENT – 2020 2 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘RTA VA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI A.K.Igamberdiev, S.Aliqulov TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK SERVIS O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o‘quv yurtining 5430100 - Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan TOSHKENT-2020 3 Annotatsiya O’quv qo’llanma 5430100-qishloq xo’jaligini mexanizatsialashtirish bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan . O’quv qo’llanma Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti, o’quv reja va fanning namunaviy hamda ishchi dasturlariga mos ishlab chiqilgan . Mashina traktor agregatlaridan foydalanishning nazariy asoslari, ularning tarkibini asoslas, tuzishh, ish rejimlarini tanlash, rostlash, dalani ishga tayyorlash va zagonlarda ishlash, harakatlanish usullarini asoslash hamda agregatlarning ishini baholashning asosiy me'zonlari bayon qilingan. Mashinalarga texnik xizmat ko'rsatish va diagnostikalash, tashqi belgilar bilan nosozliklarni aniqlash, texnik xizmatni tashkil etish asoslari masalalariga ham bag'ishlangan. Аннотация Учебное пособие предназначено для студентов направления подготовки бакалавра 5430100 –механизация сельского хозяйства. Учебное пособие разработано в соответствии с требованиями государственных образовательных стандартов высшего образования, учебных планов и программ дициплины. Изложены теоретические основы эксплуатации машинно-тракторных агрегатов, даны рекомендации по обоснованию необходимых технологических операций, комплектованию агрегатов, выбору режимов их работы и регулировок, подготовке полей и загонов к работе, обоснованию способов движения, а также рассмотрены основные критерии оценки работы МТА. В учебном пособии рассматриваются вопросы технического обслуживания и диагностирования машин, определения неисправностей по внешним признакам, основ организации технического сервиса. 4 Annotation The manual is intended for students in the direction of preparation for the bachelor 5430100 –mechanization of agriculture. The manual has been developed in accordance with the requirements of state educational standards of higher education, curricula and discipline programs. The theoretical foundations of the operation of machine-tractor units are presented, recommendations are given on the justification of the necessary technological operations, the acquisition of units, the selection of their operating modes and adjustments, the preparation of fields and pens for work, the justification of the ways of movement, and the main criteria for evaluating the operation of the MTA are considered. The training manual addresses issues of technical maintenance and diagnostics of machines, determination of malfunctions by external signs, the basics of organizing technical service. Taqrizchilar: B.M.Xudayarov - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti professori, texnika fanlari doktori. Q.B. Imomqulov - Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy- tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori. © «__________________________________________________» , 2020 5 KIRISH Hozirgi kunda fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida mamlakatimizda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari shakllanib, 10 dan ortiq yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari oxirgi yillarda 45 foizga ko‘payib, ularning soni 75 mingtadan ortgan. Bu borada Respublikamizda Ispaniya, Polsha, Niderlandiya, Gretsiya, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Vetnam va Indoneziya davlatlarining ilg‘or tajribasidan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratildi. Xozirgi kunda fermer xo‘jaliklari va umuman, qishloq xo‘jaligi sohasi davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, ularga barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligini ham modernizatsiya qilish borasida eng muhim vazifalarni aniq belgilab, ularni izchil amalga oshirib borayotganimiz sohadagi ulkan muvaffaqiyatlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Qishloq xo‘jaligida samaradorlikning yuqori bo‘lishi ko‘p jihatdan sohaning zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash, ulardan samarali foydalanish darajasiga bog‘liq. Prezidentimizning 2012 yil 21 maydagi “2012 — 2016 yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida”gi, 2018 yil 10 maydagi "Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018 yil 29 maydagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2019 yil 31 iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari 6 bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Bu qarorlarda sohaga oid qator vazifalar belgilangan, jumladan: 1. Mashina-traktor agregatlari parkini yangilash, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, diagnostikalash, uzoq muddat saqlash; 2. Texnikalarga servis xizmati ko‘rsatishning to‘liq yo‘lga qo‘yishda ilm- fan bilan ishlab chiqarishning uyg‘unlashuvini ta’minlash; 3. Tashina-traktor parklarining mavjud texnikalarini ta’mirlash va servis xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashtirish; 4. Mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat ko‘rsatuvchi zarur texnikalar bilan jihozlangan va ko‘chma xizmat ko‘rsatuvchi mintaqaviy servis markazlarini tashkil etish; 5. Texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash va diagnostikalash, detal, uzel, agregatlar resursini tiklash texnologik jarayonlarini bajaruvchi tarmoq Markazlarini yaratish; 6. Mavjud qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish; 7. Texnikaviy xizmatlar ko‘rsatish Markazining jihozlarini modernizatsiya qilish, mexanizatsiya, remont va texnik xizmat ko‘rsatishni zamon talabi darajasidagi texnika, jihozlar va malakali kadrlar bilan ta’minlash kabi fanga oid masalalar. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari, mashina-traktor parklari, muqobil mashina-traktor parklari, shuningdek, boshqa tegishli tuzilmalar yuqori unumli, tejamkor texnika hamda agregatlar bilan ta’minlanmoqda. SHuni ta’kidlash kerakki, oxirgi yillarda agrar sohada yurtimizda 60 ga yaqin turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Mashina-traktor agregatlaridan foydalanish darajasini oshirishning nazariy asoslarini, ularning harakatlanish qonuniyatlari, agrotexnik, ekspluatatsion- texnologik va ishonchlilik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha ma’lumotlar ushbu o‘quv qo‘llanmada talabalarga taqdim etilgan. 7 Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling