Mashinalaridan foydalanish, texnik


-rasm. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirish asoslari


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

2-rasm. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirish asoslari 
SHuni alohida takidlash kerakki, hozirgi davrda texnikalar kuchi bilan har 
qanday cho‘lni go‘zal, yashnagan vodiyga aylantirish mumkin, lekin bir vaqtni 
o‘zida uni teskarisi ham amalga oshishi hech gap emas. 
SHuning uchun texnikani qo‘llashda nihoyatda ehtiyot bo‘lish talab etiladi, 
har bir traktor va qishloq xo‘jaligi mashinasini to‘g‘ri ishlatish, ulardan to‘g‘ri 
foydalanish, har bir ishni qachon va qanday amalga oshirishni bilish qishloq 
xo‘jaligi sohasida ishlaydigan har bir mutaxassis uchun muhim ahamiyatga ega 
ekanligini unutmasligimiz kerak. 
Hozirgi kunda mamlaktimizda qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirishda 
bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash darajasi ancha past bo‘lib, bu ko‘rsatgich 
paxtachilikda 70-75%, g‘allachilikda 85-90%, em-xashak tayyorlashda 80-85%, 


17 
sabzavot-polizchilikda 70-75%, bog‘ va uzumchilikda esa 50-55% ni tashkil 
etmoqda. SHu bilan birga etishtirilgan ishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash 
va saqlash ishlari ham talab darajasida emas. 
 
1.2-§.
 
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirishning rivojlantirish 
istiqbollari 
 
Texnikalardan foydalanishda avvalo ularning foydalanish ko‘rsatgichlarini 
yaxshilash hisobiga ish unumini oshirishning eng zamonaviy usullardan 
foydalanish hamda bajariladigan ishlarning tashkil etishning yangi tartib va 
qoidalarini ishlab chiqarishga joriy qilinishi talab etiladi. 
Prezidentimizning 2012 yil 21 maydagi “2012-2016 yillarda qishloq xo‘jaligi 
ishlab chiqarishini modernizatsiyalash,texnik va texnologik qayta qurollantirish 
dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1758-sonli qaroriga ko‘ra mamlakatimizda qishloq 
xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish va texnikalardan samarali foydalanish 
istiqbollari belgilab berilgan bo‘lib, bu yo‘nalishlar quyidagilardan iborat [1]: 
- mashina-traktor parklarini sifatli qishloq xo‘jaligi mashinalari bilan qayta 
jihozlash; 
- quvvati, ish unumi, yoqilg‘i sarfi va boshqa ko‘rsatgichlari zamonaviy 
standartlarga mos keladigan yangi turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab 
chiqarishni o‘zlashtirish; 
- qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiyalash va 
texnikaviy qayta jihozlash; 
- qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va etkazib berish tizimini 
takomillashtirish; 
- servis xizmati tizimining sifatini oshirish va kengaytirish; 
- fermer xo‘jaliklari, mashina-traktor parklari va qishloq xo‘jaligi 
mashinasozligi korxonalariga etuk mutaxassislarni tayyorlash va ularning 
malakasini doimo oshirib borishdan iborat. 


18 
YUqoridagilarni hisobga olgan holda Prezidentimizning 2017 yil 24 maydagi
“Qishloq va suv xo‘jaligi sohalari uchun muxandis-texnik kadrlar tayyorlash 
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3003-sonli 
qarori qabul qilindi [3].
Ushbu qarorning asosiy vazifasi fermer xo‘jaliklari, mashina-traktor parklari 
va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalariga etuk mutaxassislarni tayyorlash 
va ularning malakasini doimo oshirib borishdan iborat.
 Qo‘yilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi kelajakda 
mamlakatimiz aholisini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashda muhim 
rol o‘ynaydi. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling