Mashinalaridan foydalanish, texnik
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
10 Fanning mazmun va mohiyatini belgilovchi asosiy omillar Respublikamizning agrar sohasida qishloq xo‘jalik texnikalarini ishlab chiqarish, etkazib berish, texnik xizmat ko‘rsatish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya xizmatlari ko‘rsatishning yagona o‘zaro bog‘langan tizimi yaratilganligi, qishloq xo‘jaligi korxonalari, «O‘zagroservis» AJ tashkilotlarining korxonalari va mashina-traktor parklarini qayta jihozlashga erishilganligi, shunga qaramasdan, «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ, «O‘zagroservis» AJ va ular tarkibidagi korxonalarning, xususan, mashina- traktor parklarining ko‘rsatkichlari va faoliyatini takomillashtirish talab etilayotganligi, qishloq xo‘jaligi texnikasi parklarinining resurslaridan to‘la foydalanish, tarkibini me’yoriy talab darajasida bo‘lishini ta’minlash, modernizatsiya qilish, ularning samaradorligini oshirish sezilmayotganligi, qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan erlarning zarur texnikalar bilan to‘la qamrab olinishi ta’minlab bermayotganligi, mexanizatsiya va texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning faoliyati samarali bo‘lmayotganligi natijasida ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi, agrotexnik ishlarni tashkil etishda uyushqoqlik, ma’suliyatlilik, tashkilotchilik kabi yondoshuvlar etishmayotganligi, bundan tashqari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini to‘la mexanizatsiyalash, texnikalardan samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish, nazorat qilish, agregatlarni agrotexnik talablarga mos rostlash, foydalanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, nosozliklarni operativ bartaraf etish, diagnostikalash va to‘g‘ri saqlash kabi ko‘p muammolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘rastib o‘tilgan [2, 4, 5]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 10.05.2018 yil PQ-3712 son [2], “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi 2018 yil 29 maydagi PQ-3751 son [4] va 2019 yil 31 11 iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4410-son [5] qarorlarida aynan yuqorida qayd etilgan masalalarga jiddiy e’tibor berilgan. Jumladan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish, zamonaviy va sifatli texnikalar bilan ta’minlash, mashina-traktor agregatlari parkini yangilash, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, diagnostikalash, uzoq muddat saqlash, xususan qishloq xo‘jaligini isloh qilish, ya’ni: qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, turlarini kengaytirish, agrar sektorni hududlarning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariga mos keladigan mahalliy ishlab chiqariladigan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash, texnikalarga servis xizmati ko‘rsatishning to‘liq yo‘lga qo‘yishda ilm-fan bilan ishlab chiqarishning uyg‘unlashuvini ta’minlash, mavjud texnika turlarini optimallashtirish va hududlarning tabiiy iqlim va tuproq sharoitlariga mos yangi turdagi qishloq xo‘jaligi texnikalarining modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, kichik mexanizatsiya texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, ta’mirlash va servis xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashtirish, qshloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi hamda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish va texnik servisi yo‘nalishlari bo‘yicha malakali kadrlarni tayyorlash hamda shu yo‘nalishlar bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash, sohaga tegishli oliy o‘quv yurtlarining kafedralarini «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tizim korxonalarida tashkil etish, yangi ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun o‘rnatilgan texnik talablarni respublikaning tuproq-iqlim sharoiti va xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, dilerlik tarmog‘ini kengaytirish, mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat ko‘rsatuvchi zarur texnikalar bilan jihozlangan va ko‘chma xizmat ko‘rsatuvchi mintaqaviy servis markazlarini tashkil etishga e’tibor berilgan, tegishli vazifalar belgilangan [2, 4, 5]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling