20
(tezlik, me’yor va sifatda) va agrotexnik muddatda ketma-ket va o‘zaro bog‘langan
holda bajariladigan ishlar yig‘indisiga aytiladi.
Ishlab chiqarish ishi – bu texnika vositalarini ishlov berish predmetiga
ta’sirini anglatadi.
Bajariladigan ishlar quyidagi turlarga bo‘linadi: asosiy (er haydash,
tirmalash, molalash, urug‘ ekish va h.), transport (urug‘, o‘g‘it,
kimyoviy
preparatlar etkazib berish va h.) va yordamchi (agregat va dalani ishga tayyorlash)
ishlar kiradi [10,11,12].
Ishlab chiqarish jarayonlari turlari. Sarflanadigan energiya turiga va
foydalanadigan vositalarning texnik darajasiga qarab:
-
mexanizatsiyalashtirilmagan (g‘o‘zani yagana qilish, begona o‘tdan
tozalash va h.);
-
mexanizatsiyalashtirilgan (er haydash, ekish, qator orasiga ishlov berish
va h.);
-
elektrlashtirilgan (don
tozalash, nasos bilan suv chiqarish, ifloslangan
paxtani tozalash va h.);
-
avtomatlashtirilgan (qishloq xo‘jaligi
maxsulotlarini qayta ishlash,
issiqxonada temperatura va namlikni saqlash va h.) turlarga bo‘linadi.
Harakatlanganlik darajasiga qarab -
ko‘chib yurish va muqim holatda
amalga oshiriladigan jarayonlarga bo‘linadi (3,4-rasmlar).
a) b)
a –ko‘chib yurish holatida; b- muqim holatda.
Do'stlaringiz bilan baham: