Mashinalaridan foydalanish, texnik
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Texnikalardan foydalanishda ularning foydalanish ko‘rsatgichlarini yaxshilash hisobiga ish unumini oshirishning eng zamonaviy usullarini qo‘llash va bajariladigan ishlarning tashkil etishning yangi tartib-qoidalarini ishlab chiqarishga joriy qilinishi talab etiladi. Bu sohada Prezidentimizning 2012 yil 21 maydagi “2012-2016 yillarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-1758-sonli qaroriga ko‘ra mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish va texnikalardan samarali foydalanish istiqbollari belgilab berilgan [1]. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasi uchun tayyorlanadigan kadrlar fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida qishloq xo‘jaligi texnikalariga servis xizmat ko‘rsatish jarayonlari, texnologiyalar va texnik vositalar, ulardan samarali foydalanish, texnik servisni amalga oshirish, tashkillashtirish usullari bilan bog‘liq kompleks masalalarni hal qilishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 maydagi “Qishloq ho‘jaligini o‘z vaqtida qishloq ho‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi PQ-3712-son qarorida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligining tezkor rivojlanishi va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilab berilgan [2]. Maxalliy va horijiy firmalar bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jalik texnikalaridan samarali foydalanishda servis xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash talab etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xo‘jaligi sohalari uchun muxandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan 8 takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3003-sonli qarorida ham bu masalani amalga oshirishga alohida e’tibor berilgan [3]. SHuning uchun Respublikamizning turli hududlari va tuproq-iqlim sharoitlari uchun mos zamonaviy texnikalarni ishlab chiqarish, tanlash va ulardan samarali foydalanish hamda malakali servis xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha tayyorlanadigan oliy ma’lumotli mutaxassislarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling