Mashinalaridan foydalanish, texnik


O‘quv fanining maqsadi va vazifasi


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

O‘quv fanining maqsadi va vazifasi 
 
 
Fanni o‘qitishdan maqsadi - fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
sohasida qishloq xo‘jaligi texnikalariga servis xizmat ko‘rsatish jarayonlari
texnologiyalar va texnik vositalari, ulardan samarali foydalanish, texnik servisni 
amalga oshirish vositalari, usullari, metodlari bilan bog‘liq kompleks masalalarni 
echishni ta’minlashdan iborat. Jumladan, qishloq xo‘jalik texnikalari texnik servisi, 
xududiy firmaviy texnik servis tizimini tashkillashtirish va ulardagi ishlab 
chiqarish bo‘limlarini loyihalashtirishga oid yangi nazariy bilimlarni berish va 
ularni loyihalash-texnologik hisoblash ishlarini bajarish bo‘yicha amaliy 
ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi – bo‘lajak yosh mutaxassis - bakalavrda zamonaviy, 
intensiv ishlab chiqarish texnologiyalarini bajarilishida ishlatiladigan traktorlar
qishloq xo‘jaligi mashinalaridan tuzilgan agregatlarning ish unumini oshirishning 
nazariy va amaliy tamoyillari, ulardan foydalanish samaradorligini nazariy 
asoslari, xo‘jalikning tuproq-iqlim sharoiti, dalaning o‘lchamlari hamda qishloq 
xo‘jalik mashinaning parametrlari va ko‘rsatgichlarini hisobga olgan holda 
agregatlarning maqbul tarkib va o‘lchamlarini tanlash, operatorga yaratiladigan 
sharoitlar, mashinalarni zamonaviy boshqarish tizimlari va vositalari, masofadan 
turib boshqarish va uning rivojlantirish istiqbollari, mahalliy va xorijiy texnik 
servis tizimining strukturasi, texnik servis tizimida raqobat muhitini shakllantirish, 
texnik servis tizimini loyihalashtirish-hisoblash uslublarini, parametrlarini 
asoslash, texnik servis tizimini takomillashtirish tamoyillari va ularning iqtisodiy 



samaradorligini baholash uslublari kabi muxandislik masalalarni echa oladigan, 
chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. 
«Traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalaridan foydalanish, texnik servis» 
o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr: 

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishdagi ishlab chiqarish 
jarayonlari va vositalaridan foydalanish, ulardan foydalanish jarayonida 
detallarning ishqalanish, eyilish va moylarning eskirish sabablari, ularning ish 
qobiliyatini kamayishini, ishlamay qolish sabablari va ularni bartaraf etish usullari, 
texnik xizmat ko‘rsatish texnologik jarayonlar va zamonaviy servis usullaridan 
foydalanish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda traktorlar va qishloq 
xo‘jaligi mashinalaridan foydalanish nazariyasi asoslari, harakatlanish 
qonuniyatlari, xossalari va ko‘rsatgichlari, mexanizatsiyalashgan ishlar 
texnologiyasi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini loyihalash, mashinalardan 
texnik foydalanishning nazariy asoslari va texnik servisni tashkillashtirish, 
faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish tartiblarini, texnik xizmat ko‘rsatish, 
diagnostika 
ishlarini 
tashkillashtirish, 
mashinalardan 
foydalanishda 
ish 
unumdorligini kamayish sabablari, ishqalanish, eyilish turlari va moylar 
ta’sirining asosiy qonuniyati, eyilishni aniqlash usullari, ishonchlilik 
ko‘rsatkichlari (buzilmasdan ishlashi, puxtaligi, ta’mirbopligi va saqlanuvchanligi) 
ni baholash va oshirish usullari tartiblarini bilishi va ulardan foydalana olishi

ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilish va baholash usullarini qo‘llash, 
traktorlar va qishloq xo‘jaligi mashinalaridan ishlab chiqarish va texnik 
foydalanishdagi 
muammolar, 
ulardan 
foydalanish 
qoidalari, 
foydalanish 
jarayonlarini tahlil qilish va baholash, texnik xizmat ko‘rsatish strategiyalarini 
ishlab chiqarish va texnik foydalanishdagi muammolar bo‘yicha echimlar qabul 
qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling