Farg`ona davlat universiteti “Maktabgacha va boshlang`ich ta`lim”


Download 377.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana05.02.2023
Hajmi377.73 Kb.
#1168258
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xursanova Mohinurxon23

Ekologik tarbiya. Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, 
gigiyenik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo’nalishlari mavjud. Bu yo’nalishlar 
ichida pedagogik yo’nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik 
muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi.
Pedagogik yo’nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko’zda tutiladi.
Ekologik ta’lim deganda o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan tabiat va inson 
orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa, insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini 
tarbiyalashdir. Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va 
tarkibiy qismi bo’lib, ta’lim muassasalari barcha fanlarni o’qitish amalga 
oshirilishi ko’zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh 
avlodda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan 
iboratdir.
Iqtisodiy tarbiya. O’quvchilarga o’quv muassasasi va oila sharoitida 
iqtisodiy tarbiya berish ko’pdan beri pedagogikaning asosiy muammolaridan biri 
bo’lib kelmokda. Bozor iqtisodiga o’tilayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy 
tafakkurni tarbiyalash ayniqsa muhimdir. Iqtisodiy tarbiyani barcha maxsus fanlar 
orqali amalga oshirish mumkin.
Estetik tarbiya. Estetik tarbiya ancha keng ma’noga ega bo’lib, shaxsni 
tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o’rgatadi. 
Shuningdek, estetik faoliyatga, voqyelikni go’zallik qonun-qoidalari asosida 
o’zgartirishga qobiliyatli shaxsni tarbiyalaydi.


32 
Jismoniy tarbiya. Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi-o’quvchilar 
tanasidagi barcha a’zolarni sog’lom o’sishini ta’minlash barobarida ularni aqliy va 
jismoniy 
mehnatga, 
shuningdek, 
Vatan 
mudofaasiga 
tayyorlashdir. 
O’quvchilarning jismoniy kamolotlari uchun sharoit yaratish va pedagogik 
boshqarish jismoniy tarbiyaning vazifasidir. Jismoniy tarbiya tizimida jarayoniy 
kamolot diagnostikasi muhim o’rin tutadi. Jismoniy kamolot jismoniy tarbiya 
saviyasi, fan tili bilan aytganda, jismoniy tarbiya samaradorligi ko’rsatgichidir. 
Agar diagnostika o’quvchilarning yoki biror-bir o’quvchining jismoniy va tibbiy 
ko’rsatgichlari pasayib ketayotganligini ko’rsatsa, demak, zudlik bilan jismoniy 
tarbiyadagi mavjud tizimni o’zgartirish kerak. Shuning uchun, ta’lim 
muassasalarida individual yoki guruhli differensial tartibdagi jismoniy tarbiyani 
tashkil etishni yo’lga qo’yish kerak.

Download 377.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling