Farg’ona Davlat Universiteti Matematika-informatika fakulteti Matematika yo’nalishi 19. 04B-guruh talabasi Usmonova Sevinchning Farg’ona viloyati Oltiariq tumani


Download 25.08 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi25.08 Kb.
#1365432
Bog'liq
BAYONNOMASIDAN KO`CHIRMA


Farg’ona Davlat Universiteti Matematika-informatika fakulteti Matematika yo’nalishi 19.04B-guruh talabasi Usmonova Sevinchning Farg’ona viloyati Oltiariq tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 1-sonli kas-hunar maktabida 2022-yil 24-oktabrdan 2023-yil 23-martga qadar Matematika fani yo’nalishida o’tkazilgan yig’ilish
BAYONNOMASIDAN KO`CHIRMA
Sana:22.03.2023 3- son Rishton tumani
Qatnashdi: Direktor, O`.I.B.D.O`, metodbirlashma rahbari, metodbirlashma boshqa a`zolari
Kun tartibidagi masala
1.Amaliyotchi talaba Usmonova Sevinchning 24.10.2022 dan 23.03.2023 gacha bo’lgan davr mobaynida maktabda o’tagan amaliyoti yakuniy muhokamasi
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan maktab ilmiy bo`lim mudiri Rahmonov Dhavkatjon so`zga chiqdi hamda quyida fikrlarni bildirdi:
Maktab ilmiy bo`lim mudiri: Rahmonov Shavkatjonning so`zi:
Hurmatli yig`ilish qatnashchilari! Bugungi yig`ilishimiz kun tartibida bir nechta masalalar o`rin olgan. Birinchi masala yuzasidan to`xtalib o`tmoqchiman. Ushbu amaliyot davri mobaynida 24 hafta o’z pedagogik amaliyotini o’tagan amaliyotchi talaba S.Usmonova shu vaqt mobaynida o`zining mehnatsevarligi va tirishqoqligini namoyish qila oldi deb o`ylayman. Amaliyot davomida o`qish mobaynida olgan bilim va ko`nikmalarini amaliyotda qo`llashga harakat qildi. Amaliyotchi S.Usmonova o`z amaliyotini muvaffaqiyatli va namunali tamomladi deb o`ylayman.
Maktabning aniq fanlar uslubbirlashmasi rahbari: D.Saidakbarova so`zi:
Men ham amaliyotchi ning amaliyot davomidagi harakatlarini yaxshi baholayman. S.Usmonova amaliyotga kelgan dastlabki kunlaridanoq muassasamiz muhitiga o`rganib ketdi.Turli xil darslarga qatnashib darslarni kuzatdi. Kuzatishlar natijasida o`ziga kerakli ma`lumot va ko`nikmalarni oldi. Har bir tahlildannimadir o`rganishga intildi. Diplom mavzusi uchun kerakli ma`lumotlar to`pladi. Yuqori sinflarda uchta ochiq dars tashkilladi. S.Usmonova o`z pedagogik amaliyotini na`munali tashkilladi deb o`ylayman.
Matematika fani o`qituvchisi: O.Isojonova so`zi:
Men amaliyotchi talaba S.Usmonova amaliyotini kuzatib, ijobiy fikrlarni bildira olaman. Imkoni boricha har bir ustozdan kasb mahorat sirlarini o`rganishga harakat qildi. Dars tahlillarida uning pedogogik mahorati shakllandi, bilimlari mustahkamlandi. O`ylaymanki amaliyotchi talabamiz kelajakdagi faoliyati uchun bu amaliyoti mustahkam poydevor bo`ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib yig`ilish
QAROR QILADI:

  1. Amaliyotchi talaba S.Usmonova ning pedagogik amaliyoti yuzasidan hisoboti va fan metodbirlashmasi rahbari D.Saidakbarovaning xulosasi ma`lumot uchun qabul qilinsin.

  2. S.Usmonovaning pedogogik amaliyot mobaynida amalga oshirgan ishlari na`munali deb topilson.

  3. Amaliyotchi talaba S.Usmonovaga

- Pedogogik amaliyot davrida amalga oshirgan ishlari bo`yicha tegishli hujjatlarni sifatli tayyorlash va o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
-berilgan muddatda barcha hujjatlarni ilovalari Farg’ona Davlat Universiteti Matematika-informatika fakultetiga taqdim etish vazifasi yuklatilsin.


Yig`ilish raisi: N.Pattayeva

Yig`ilish kotibi X.Otaboyeva
Download 25.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling