Farg’ona davlat universiteti mavzu: Tabiatshunoslik darsligini tahlil qilish va taqriz yozish


Download 422.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana27.10.2023
Hajmi422.02 Kb.
#1728063
1   2   3   4
 
 
Taqriz yaratish uchun: 
1.Muayyan asarni taqriz qilish uchun ilmning shu sohasida chuqur 
bilimlar egasi bo‘lish talab etiladi. SHu sabab, turli sohalardagi asarlarni emas, 
o‘zingiz mutaxassis bo‘lgan ixtisoslikka oid asarlarni taqriz qiling. 
2. Taqriz qilinayotgan asarning muallifi ijodini batafsil o‘rganing. 
Uning ijodiy psixologiyasini, qiziqishlarini tassavvur qilganingizdan so‘ng, 
yaratilgan asarning uning ijodida tutgan o‘rnini aniqlang: qanchalik yangiligi, 
zarurligi, ahamiyatini ko‘rsating. 
3. Yuqoridagi vazifani hal qilish uchun aniq shu sohada, shu mavzuda 
yaratilgan ohori ketmagan ilmiy asarlarni o‘qing, solishtiring. SHundagina taqriz 
qilinayotgan asarning zamonaviyligini, zarurligini yoki ortiqcha matoh ekanligini 
aniqlay olasiz. 
4. Asarning yutuq va kamchiliklarini umuman bayon qilmang, balki 
har bir fikringizni asosli dalillar bilan isbotlang. Isbotingiz aniq, ravshan, obektiv 
bo‘lsin. 
5. O‘zingiz yaratgan taqriz mazmun va shakl jihatdan go‘zal bo‘lsin: 
etishmovchilik ham, ortiqchalik ham, quruq, isbotlanmagan gap ham bo‘lmasin. 


Umumta‘lim va hunar maktablarining islohoti o’rta va hunar ta‘limi tizimini 
o’zgartirdi. Bolalarni o’qitish bir yil oldin — olti yoshdan boshlanadi. 
Boshlang’ich maktabda o’qishning davomiyligi bir yilga ko’payadi, bu bolalarni 
o’qishga, yozishga va hisoblashga asosli ravishda o’rgatish, ularga oddiy mehnat 
ko’nikmalarini singdirishga imkon beradi. 
Boshlang’ich sinflarning (1—2 sinflar) o’quv rejasiga «Atrofimizdagi olam» 
nomli yangi o’quv predmeti kiritilgan bo’lib, uni o’rganishga haftasiga 1 soat 
ajratiladi. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha kursning asosiy vazifalari 
atrofdagi hayotning, tabiatning jism va hodisalari to’g’risidagi bolalar 
tasavvurlarini to’plash va muntazamlashtirish, ularning axloqiy-odobiy tajribalarini 
boyitish, to’g’ri xulq-atvor (oilada, maktabda, ko’chada, jamoat joylarida, tabiatda) 
ko’nikmalarini shakllantirish, oila a‘zolariga muhabbat va ular to’g’risida 
g’amxo’rlikni, atrofdagi odamlarga (tengdoshlarga, murabbiylarga va boshqalarga) 
e‘tibor bilan munosabatda bo’lishni, inson mehnati bilan bunyod yetilgan 
narsalarga ehtiyotlik munosabatini, tabiatga mas‘uliyat bilan munosabatda 
bo’lishni, jonajon o’lkaga - vatanga muhabbatni tarbiyalashdir.
Kursini o’qitish ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchi yo’nalish, bolalarni 
kishilarining ijtimoiy hayoti va mehnati bilan tanishtirish, xulq-atvor madaniyatini 
tarbiyalashni nazarda tutadi. Bolalarni jamiyatimiz hayoti bilan tanishtirish 
formalari, metodlari va vositalari xilma-xildir: ekskursiyalar, atoqli kishilar bilan 
uchrashuv, korxona, muzey, teatr, klublarga borish, suhbat va kitoblar o’qish, kino-
film, diafilm va teleko’rsatuvlarni tomosha qilish, bayramlarga tayyorlanish va 
hokazolar. Olingan tasavvurlarni bolalar amaliy faoliyatida (o’quv mashg’ulotlari, 
didaktik va ijodiy o’yinlar, o’z-o’ziga xizmat qilish bo’yicha mehnat va 
boshqalarda) mustahkamlaydilar. 
Ikkinchi yo’nalish bolalarni tabiat bilan bevosita muloqotda bo’lishda 
tanishtirish, tabiiy ob‘ekt va hodisalar to’g’risida tasavvurlar shakllantirish, ta-
biatga nisbatan mas‘uliyatli munosabatni xulq-atvor madaniyatini tarbiyalashni, 
tabiat muhofazasi bo’yicha baholi qudrat faoliyat tashkil qilishni nazarda tutadi. 
Tabiat bilan tanishtirish ekskursiyalar, o’quv sayrlari davomida va shuningdek 


amaliy ishlar tashkil qilinganda o’tkaziladigan kuzatishlar asosida amalga 
oshiriladi. Tabiat va unda boradigan o’zgarishlarni har kuni kuzatib borishni 
tashkil qilish katta ahamiyatga ega.
Odamlar mehnatini va bolalarning amaliy faoliyatini (ijtimoiy-foydali 
mehnat, o’yin faoliyatini) tashkil qilish bu ikki yo’nalishlarni bog’lovchi vositadir. 
Kursning mazmunini (1—2-sinflar) «Bizning uyimiz va jonajon tabiat», 
«Bizning maktab (bolalar bog’chasi) va jonajon tabiat», «Bizning shahar (qishloq) 
va jonajon tabiat», «Jonajon mamlakat» mavzulari ochib beradi. Bu mavzular atrof 
olam to’g’risidagi tasavvurlarni asta-sekin yaqindan uzoqqa borish asosida to’plab, 
boyitib va tizimga solib borish imkoniyatini beradi.
Pedagoglar olti yoshlilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning 
xususiyati o’yin faoliyatidan keng foydalanilish ekanligini doim esda tutishlari 
kerak. Atrof olam bilan tanishtirish jarayonida o’yinlardan foydalanish bolalarda 
yangini bilishga tabiiy ehtiyojini rivojlantirishi, o’qishning har xil usullarini 
egallab olishga yordam berishi kerak. O’yinlar atrof olamni idrok qilishga, 
bolalarning jismoniy rivojlanishi va chiniqishiga, ularda chaqqonlikni, tezkorlikni 
va harakatini boshqarishni, muvozanatni his qilishni, fazoda o’zining qaerdaligini 
aniqlay olish xislatlarini tarbiyalashga yordam beradi.
Atrofni idrok qilishda mazmunli vazifali o’yinlar alohida ahamiyatga ega. 
Shuning uchun ham o’yinlar mazmuniga axloqiy mazmundagi bolalar 
yozuvchilarining asarlaridan, xalq ertaklaridan olingan holatlarni kiritish maqsadga 
muvofiq bo’ladi. O’yinlar bolalarni jamoat qoidalarini bajarishga, madaniy xulq-
atvor ko’nikmalarini egallab olishga o’rgatadi. Didaktik o’yinlar bolalarning nutqiy 
hamda aqliy rivojlanishining muhim manbalaridan biri sifatida o’quv 
mashg’ulotlarida olingan bilimlarni mustahkamlaydi, yangini bilib olishga qiziqish 
uyg’otadi, sinchkovlikni rivojlantiradi.
Atrof olam bilan tanishtirish jarayonida, bolalar tomonidan sinfdagi, 
maktabdagi, jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalarini o’zlashtirib olishlariga 
alohida e‘tibor berish zarur. Bolalarga o’qituvchi, tarbiyachi, o’z o’rtoqlari bilan 
qanday aloqada bo’lishni ko’rsatishi kerak. Shunga ko’ra pedagoglar bolalarga 


faqat u yoki bu qoidaning mazmuni haqida hikoya qilibgina qolmasdan, balki uni 
qanday bajarish kerakligini ham ko’rsatadi. Odamlarning har xil harakatlari (ish 
yuritishlari), ularning o’zaro munosabatlari ko’rsatilgan bolalar she‘rlari va 
hikoyalarini sahnalashtirish xulq-atvor qoidalarini namoyish qilishning samarali 
uslubidir.
Qoidalarni tushuntirish shakllari har xil bo’lishi mumkin: chunonchi, sinf 
hayotidan aniq misollar bo’yicha suhbat, unda harakatga ma‘naviy baho beriladi: 
hikoyalar o’qish; diafilmlar ko’rish; o’qituvchiga o’quvchilar bergan savollarni 
muhokama qilish; bolalar jamoasida sodir bo’lgan ixtilofli vaziyatlarni tahlil qilish.
Barcha tarbiyaviy ishlar bolada o’z o’rtoqlari bilan muloqotdagi, mustaqil 
foydalanishdagi, har xil vaziyatlardagi xulq-atvor qoidalarini muvaffaqiyatli 
o’zlashtirishga imkon beruvchi faol pozitsiyani (yo’l tutishni) bunyodga keltirishi 
kerak Shunda bu qoidalar faqat o’qituvchining yoki ota-onalarning talabi 
sifatidagina emas, balki qoida sifatida qabul qilinadi, bolaning o’zi bunga amal 
qilishi kerak deb hisoblaydi va bu qoidalar faqat muvaffaqiyatli o’qishgagina emas, 
balki bolalar jamoasida yaxshi o’rtoqlik munosabatlarini vujudga kelishiga ham 
yordam beradi.
3—4 sinflardagi tabiatshunoslikning mazmuni
Tabiatshunoslik «Atrof olam bilan tanishtirish» kursining davomidir. 3—4-
sinflarda tabiatshunoslikni o’qitishning maqsadi — o’quvchilarning tabiat jismlari 
va hodisalari to’g’risidagi dastlabki bilimlarini kengaytirish, tushunarli misollarda 
tabiatdagi shuningdek odamlar bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlarni 
ko’rsatish, tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo’yicha odamlar mehnati 
bilan tanishtirish, zarur amaliy uquvlarni rivojlantirish va shu asosda o’quvchilarda 
boshlang’ich ilmiy moddiy dunyoqarashni shakllantirish, ekologik, estetik, 
vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishdir. 
Tabiatshunoslik kursining vazifasi faqat o’quv dasgurning bo’limlariga 
muvofiq yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki tabiat to’g’risidagi 1—
2-sinflarda olingan tasavvurlarni chuqurlashtirish va umumlashtirish hamdir. 
Tabiatni hamda jamiyat hayotining kompleks tarzda idrok qilish jonsiz tabiat bilan 


jonli tabiatning aloqasini, tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lish zarurligini 
tushunishga imkon beradi. Ekologik ta‘limning maqsadlariga binoan 
tabiatshunoslik eng muhim vazifalaridan biri qilib, o’quvchilarni odamning 
tabiatga ko’rsatadigan ta‘siri bilan tanishtirishni, jamiyatning ma‘naviy kuch 
manbai sifatida tabiat tushunchasini rivojlantirishni qo’yadi. Tabiatshunoslik 
darslarida o’quvchilarda odamlar mehnatiga hurmat tarbiyalanadi, ularga zarur 
mehnat ko’nikmalari singdiriladi.
3-sinf dasturi ikki: «Jonajon o’lka tabiati» va «Odam organizmi va uning 
salomatligini muhofazg qilish» bo’limlaridan iborat. 
Birinchi bo’limni o’rganish o’lkashunoslik tamoyili bo’yicha amalga 
oshiriladi. Shuningdek tizimlilik va mavsumiylilik qoidalarini bajarishga katta 
e‘tibor beriladi. O’rmon, yaylov, dala kabi jamoalar bilan tanishtirishda shu joy 
uchun harakterliroqla-oiga afzallik beriladi. Jamoada avval bir nechta misollarda 
tipik o’simliklarning tur jixatidan xilma-xilligi o’rganiladi.
4-sinf tabiatshunoslik kursida asosiy e‘tibor o’quvchilarni Vatanimiz 
tabiatining turli-tumanligi bilan tanishtirishga qaratiladi. O’quvchilar joyning plani 
va uning shartli belgilari bilan tanishadilar, xarita to’g’risidagi oddiy bilimni 
o’zlashtiradilar, uning asosiy ifodalarini uqishga o’rganadilar, mamlakatimizning 
joylashishi, shimoldan janubga tomon tabiatning almashinishi haqida tasavvurlar 
oladilar. 
«Insonning tabiatdan foydalanishi va uni muhofaza qilishi» bo’limi 
tabiatshunoslik kursini oxiriga yetkazadi va o’quvchilar olgan bilimlarni 
umumlashtiradi. Bunda avvalo tabiatni muhofaza qilishdagi odamning roli ajralib 
turadi. O’quvchilar tabiat muhofazasi bo’yicha qonunchilik hujjatlari bilan 
tanishadilar, ularning bajarilishi har bir o’lka fuqarosi uchun majburiy ekanligini 
bilib oladilar. O’zlari uddalaydigan foydali ishlarni belgilaydilar, ularda faol 
ishtirok qiladilar.
Maktab o’lkashunosligining vazifasi - o’quvchilar tomonidan ta‘lim-tarbiya 
maqsadida har xil manbalar bo’yicha va bevosita kuzatishlar asosida o’z o’lkasi 
territoriyasini har tomonlama o’rganishdir. 


O’lkashunoslik — hayot bilan bog’lanishning qudratli vositasidir. 
Ko’pchilik o’quvchilarning maktabni bitirganlaridan keyin mahalliy sanoat va 
qishloq xo’jaligi korxonalariga ishlash uchun borishlarini hisobga olinganda 
o’lkashunoslik alohida ahamiyat kasb etadi.
O’lkashunoslik bevosita tabiat muhoazasi bilan bog’liqdir, chunki o’z 
o’lkasini bilish o’quvchilarga uni muhofaza qilish va o’zgartirish bo’yicha ishlarda 
ongli qatnashish imkoniyatini beradi. O’z o’lkasini o’rganish o’quvchilarning 
mustaqilligini rivojlantiradi, chunki ijtimoiy-foydali mehnatda baholi qudrat faol 
qatnashishga imkon beradi. 
O’lkashunoslik materialini o’rganish bo’yicha ish o’quv maqsadlariga javob 
berishi kerak. Shuning uchun ham uning mazmuni va xarakteri o’quv dasturi bilan 
belgilanadi. O’lkashunoslik ishlari tashkil qilinish shakllari bo’yicha sinfga va 
sinfdan tashqarida bo’lishi mumkin, faqat ular barcha o’quvchilar tomonidan 
bajarilsin.
O’lkashunoslik qoidasi nazariy tabiatshunoslik kursining o’quvchilar o’z 
o’lkalari tabiati bilan bevosita muloqotda bo’lishida oladigan tasavvurlarga 
sistematik ravishda bog’lanishini nazarda tutadi. O’lkashunoslik bilimlaridan 
albatta foydalanish o’quv o’lkashunosligining bosh maqsadidir. Buning uchun 
o’qituvchi o’z ixtiyorida yetarli o’lkashunoslik materiallariga ega bo’lishi va 
darslar uchun o’quv materialini o’zlashtirish va tushunib olishga yordam beradigan 
mahalliy ma‘lumotlarni tanlab olishi kerak. 
O’lkashunoslik qoidasi tabiatshunoslikni o’qitishda ko’pgina didaktik 
qoidalardan (o’qitishning ilmiyligi va ko’rgazmaliligi, aniqdan noanikqa, yaqindan 
uzoqqa borish kabilardan) foydalanishga imkon beradi.
Mahalliy o’lkashunoslik materiallaridan o’qituvchi tabiatshunoslikni 
o’qitishda tushuntirish, taqqoslash va ko’rsatish uchun foydalanadi, o’quvchilar 
esa—ko’pgina tabiat hodisalarini bevosita idrok qilib olish uchun foydalanadi. 
O’lkashunoslik qoidasidan sistemali ravishda foydalanish olingan nazariy 
bilim va uquvlarni turmush (masalan, qishloq xo’jalik ishlarining mo’‘tadil, ya‘ni 
optimal muddatlarini aniqlash uchun oldindan ob-havoni aytib berish, daryodan 


o’tishda xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida uning rejimini aniqlash, mahalliy 
qishloq xo’jaligi tashkilotlari uchun o’simliklar yig’ish va h.) bilan bog’lashga 
yordam beradi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish «og’zaki sxemada» emas, 
balki haqiqatni kuzatish asosida quriladi. Bundan o’lkashunoslikdan tabiatshunos-
likni o’qitishda har kuni va uzluksiz foydalanish kerakligi ma‘lum bo’ladi. Barcha 
darslar o’lkashunoslik printsipida tuzilishi kerak.
Jonajon o’lkani o’rganish umumiy tabiatshunoslik kursini o’rganish bilan 
parallel holda olib borilmog’i lozim. 3—4-sinflardagi o’lkashunoslik 
tadqiqotlarining muhim qismi — tuproqqa, o’simlik va hayvonot dunyosiga tavsif 
berish, daryolar oqimining rejimi va xarakterini o’rganish, tabiat muhofazasidir. 
O’quvchilar o’zlarining shahar yoki qishloqlarida qanaqa daryo, suv havzalari, 
yashil ko’chatzorlar borligini va ularni ifloslanish va shikastlanishdan saqlashni 
bilib olishlari kerak. Hayvonlar haqida g’amxo’rlik qilish va ularni qirilishdan 
himoya qilish kerak. Qimmatli tabiat ob‘ektlarining ta‘rifini tuzish va ularni 
qo’riqlash, zararli tabiiy jarayonlarning (jarliklar, o’pirilishlar, yemirilishlardan 
hosil bo’lgan uyumlar kabilarning) odamning xo’jalik faoliyatiga ta‘sirini 
o’rganish 
va 
ularning 
oldini 
olishda 
ishtirok 
qilish 
kerak.
Amaliy metod o’quv jarayonida o’quvchilarning turli-tuman faoliyatini yo’naltirish 
bilan belgilanadi. Bu reja ishlab chiqish, jism bilan tanishish topshiriqlari fikrlash 
natijalarini rasmiylashtirish, bajarilgan ishga yakun yasash. Ushbu metod predmet, 
jism va tabiat hodisalarini eng yaxshi yo’l bilan o’rganish mumkinligidan juda 
keng qo’llaniladi. 
Amaliy metod og’zaki va ko’rgazmali metod bilan uzviy bog’langan 
(ko’rsatish, oldinda turgan ish bo’yicha o’qituvchining tushunchasi). Biror amaliy 
ishdan boshlashdan oldin o’qituvchi o’quvchilar oldida topshiriq qo’yadi va uni 
bajarish yo’li haqida ko’rgazma beradi. Topshiriqni muammoli tarzda bo’lgani 
ma‘qul.uni yechish jarayonida bilim bilan birga o’qituvchining amaliy ishi va 
mantiqiy tafakkuri uyg’unlashib ketadi. Bilimlarni o’zlashtirishda o’quv jarayonini 


amaliy tarzda uyushtirish o’quvchi mustaqilligi va ijodiy fikrlashini faollashtiradi. 
Amaliy ishlar jarayonida faol o’zlashtirilgan bilimlar yengil va ongli bo’lib qolmay 
ancha mustahkam bo’ldi. Amaliy metod shu paytda qo’llaniladiki, qachonki faol 
amaliy va fikrlash faoliyati natijasida yangi bilimlar olish zarurati tug’ilganda. 
Shuningdek, faqat yangi bilimlar hosil qilish emas, shu bilan birga ularni yangi 
vaziyatda qo’llay olish o’quvchi yoki amaliy ko’nikmasi hosil bo’lishiga erishish 
lozim. 
Amaliy metodning bir necha turlari mavjud: kuzatish laboratoriya tajribalari; 
tirik mavjudotlarni aniqlash va tavsiflash ishlari; priborlar bilan ishlash; tirik tabiat 
burchagida va o’quv tajriba uchastkasidagi amaliy ishlar. 
Kuzatish – bu tabiatdagi predmet va hodisalarni maqsadga yo’nalgan holda 
idrok qilishdan iborat bo’lib, ularning umumiy va farq qiluvchi belgilarini 
qonuniyatlari aniqlanadi. Kuzatish jarayonida o’quvchilarda kuzatuvchanlik 
ko’nikmalari shakllanadi. Kuzatish ilmiy metod hisoblanadi, qaysiki o’quvchilar 
ancha murakkab ilmiy –tadqiqot ishlarini – tajribalarini qo’yishga, o’tkazishga 
tayyorlanadilar. Kuzatishda o’qituvchi tomonidan aniq vazifa qo’yilgan bo’ladi. 
Kuzatishlar yakka, guruh hamda frontal shakllarda o’tkaziladi.
K.D. Ushinskiy, V.P. Vaxterov, L.S. Sevruk, A.Ya. Gerd kuzatishga katta 
e‘tibor bergan edilar. A.Ya. Gerd o’zining “Maktabda tirik hayvonlar” nomli 
kitobida o’quvchilarni kuzatishlar asosidagi harakatlari tadqiqot o’quvchi haqida 
o’quv va amaliy topshiriqlarni mustaqil yechish ko’nikmasi bilan qurollanishini 
ta‘kidlaydi. Kuzatishlar natijasida 2-3-4 sinflarda “Kuzatishlar kundaligi” daftari 
to’ldiriladi, savollarga javob yoziladi. O’simliklarning o’sish, rivojlanish, gullash 
va hosil berish jarayonlari kuzatiladi. 
Tajribalar: -o’qitish metodi bo’lib, uning yordamida o’rganilayotgan jism va 
hodisalar qonuniyatlarini aniqlanadi. Buning uchun unga yangi sharoit yaratib
ta‘sir qilinadi. O’quvchilarda bu paytda yangi tabiatshunoslik tasavvurlari 
shakllanadi. 
Tajriba materialistik dunyoqarashni shakllantirishda, mantiqiy tafakkur va 
nutqni o’stirishda katta ahamiyatga ega. Ular yordamida mavhum tushunchalar 


oydinlashadi, noma‘lum voqeliklarning sirlari ochiladi. Masalan, haroratning 
o’zgarishiga qarab termometr, simob ustini harakatlantirishini va yana harorat 
ta‘siridagi suvning bir agregat holatida, ikki holatga o’tishini faqat tajriba 
vositasida aniqlab o’rganiladi. 
Oddiy tajribalar uy sharoitida murakkablari esa o’qituvchi tomonidan dars 
jarayonida amalga oshiriladi. Bu paytda o’quvchilar kuzatish jarayonini fahmlash, 
uni natijalarini ta‘riflashga o’rganishlari bilan qimmatlidir. 
O’quvchilar daryoda quyoshning yerga nisbatan holatida qarab kuzda sovib 
borishini bilib olishlari kerak. Uning sababini o’quvchilar quyidagi tajribadan bilib 
oladilar, yonib turgan shamga ingichka qog’oz tasmacha tutiladi. Bitta tasmacha 
shamning tepasida, 2 si esa shamda sal uzoqroqda ushlab turiladi. O’quvchilar 
qog’oz tasmalarning qaysisi oldin yopilganligini aytishlari va nima uchun 
shundayligini tushuntirishlari kerak. O’quvchilar bu tajribani yoz va kuzda quyosh 
nurining yor yuzasini isitishini tushuntirishga yordam berishini payqashlari kerak. 
Tajriba asosida o’quvchilar kuzda quyosh yer ustida kun sayin pasaya 
borishi to’g’risida xulosa chiqaradilar. Uning qiya tushayotgan nurlari yer yuzasiga 
siyg’anib o’tadi va havoni isitmaydi. Shu bois kuzda sovuq tusha boshlaydi. 
Darsni mustahkamlash uchun o’qituvchi va o’zlari o’tkazgan tajribalarni 
rasmini chizish yoki ta‘riflab yozish, ba‘zan uni ham buni ham ta‘riflab yoziladi. 
4-sinfda “Ko’p yillik manzarali va piyozli sabzavot o’simliklarni ekish 
muddatlarining gullash muddati va mo’lligiga ta‘siri” mavzusida tajriba 
o’tkaziladi. 
Buning uchun mazkur o’simliklarni o’quv-tajriba uchastkasida ekib
o’quvchilar tajriba va kontrol o’simliklarni o’sishini parallel holda kuzatib 
boradilar, ularni o’zaro taqqoslaydilar, ish natijalarini qayd qilib boradilar, rasmini 
chizadilar, daftarga o’z xulosalarini yozadilar, farqlarini belgilaydilar. Mavzuni 
o’rganishdan oldin bu tajriba o’tkazilganda bolalar materialni chuqurroq 
o’zlashtiradilar. 
Tajriba paytida muammoli vaziyat yaratish uchun: buni qanday isbotlash 
kerak?, qanday aniqlash kerak?, siz hozir nimani ko’rayapsiz?. Bu jarayonlarni 


qanday tushuntirish mumkin?, nima uchun siz shunday hisoblaysiz?. Tajriba 
tugagach, o’quvchilar ishonchli xulosalar chiqaradilar. 
4-sinfda “Tuproq, uning tarkibi, tuproq turlari”, mavzularini o’rganishda 
laboratoriya tajribalarni o’tkazish o’quvchilar bilimini chuqurlashtiradi. Har bir 
zveno qumli, loyli qoratuproqli va buz va boshqa turdagi tuproqlar ustida tajriba 
o’tkazadi. Tuproqning o’simliklarga ahamiyati haqida suhbat o’tkaziladi va bilish 
vazifasi qo’yiladi: “yomg’irdan keyin ayrim joylarda suv tezda surilib ketadi, 
boshqa joyda esa uzoq vaqt saqlanib qoladi va ko’lmak hosil bo’ladi, keyinchalik 
esa tuproqda paydo bo’ladi. Nima uchun shunday bo’lishini tajriba orqali 
tushuntiring. Qaysi tuproq suvni yaxshi o’tkazishini tajribada isbotlang”. 
O’quvchilar yozma holda topshiriq oladilar: 

Download 422.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling