Farg’ona davlat universiteti mavzu: Tabiatshunoslik darsligini tahlil qilish va taqriz yozish
Download 422.02 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Semestr 8-semestr Fanlar Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi Topshiriq nomi Mustaqil ish Muddat
- Taqrizchilik paydo bo`lish tarixi. 2. Badiiy asarlarga taqriz yozish. 3. Taqriz janrining vazifalari.
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI Mavzu: Tabiatshunoslik darsligini tahlil qilish va taqriz yozish Tayyorladi: Barnoxon Alisher qizi O'quv reja Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviyish (sirtqi 2019-2020) Semestr 8-semestr Fanlar Tabiatshunoslik va uni o‘qitish metodikasi Topshiriq nomi Mustaqil ish Muddat 28.02.2023 1. Taqrizchilik paydo bo`lish tarixi. 2. Badiiy asarlarga taqriz yozish. 3. Taqriz janrining vazifalari. Taqriz so`zi arabcha so‘z bo`lib, «bayon qilish, so‘zlash, tasdiqlash» ma’nolarini beradi. Taqriz - adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiyommabop asar tahlili. Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviy va badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki Taqriz ham boʻladi. Mac, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiyommabop asar ichki Taqrizga beriladi, birok, bu taqriz matbuotda eʼlon qilinmaydi. Rus tanqidchiligi tarixida Taqrizning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U Taqrizni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz xarakteriga koʻra xilmaxil boʻladi. Mac, kengaytirilgan annotatsiya tipidagi Taqrizda asar haqida bibliografik maʼlumot beriladi. Tanqidiy yoki publitsistik maketa Taqrizlarida konkret asar munosabati bilan biron muhim masala haqida fikr yuritiladi. Esse (adabiy oʻylar) xarakteridagi T.da taqrizchi oʻz fikrtuygʻularini, asarni oʻqish jarayonida hosil boʻlgan taassurotlarini lirik tarzda ifodalaydi. Nihoyat, muallif oʻz asariga ham Taqriz yozishi mumkin (avtotaqriz). Bunda muallifning asarga qarashlari bayon qilinadi yoki u biron munosabat bilan munozaraga kirishadi. Oʻzbek adabiyotida Taqriz 20-asr boshlarida vaqtli matbuot bilan teng rivojlana boshlagan. Endilikda Taqriz oʻzbek adabiy tanqidchiligining eng muhim janrlaridan boʻlib qoldi. Oybek, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Gʻafur Gʻulom kabi yozuvchilar, O.Hoshimov, S.Husayn, Olim Sharafiddinov, V.Zohidov, I.Sultonov, H.Yoqubov, M. Qoʻshjonov, Ozod Sharafiddinov, U.Normatov, N. Xudoyberganov, I.Haqqulov va boshqa olimlar oʻzbek adabiy hayotida chuqur iz qoldirgan Taqrizlar yaratdilar. Adabiy jarayonda paydo boʻlgan yangi asarni birinchi boʻlib baholaydigan hozirjavob taqriz janrida ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda oʻz ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz birgina asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni baholay oladigan xususiyatga ega. Taqriz muayyan asarning tahlili orqali ijodkorning hayot haqiqatini toʻgʻri yorita olganligi, kitobxonga badiiy asarning qanday boʻlishi haqida tasavvur bera oladi. Bugungi adabiy jarayonda ham taqrizchilik maʼlum darajada rivojlanib bormoqda. Ammo u qay darajada taraqqiy etmoqda, bu sohada qanday yutuq va nuqsonlarga yoʻl qoʻyilmoqda degan savollar tugʻilishi, tabiiy. Shu jihatdan, 2006– 2009 yillar oraligʻida “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida bosilgan ayrim taqrizlarni koʻzdan kechirdik. Mustaqillikning dastlabki davrlarida taqrizlar koʻpincha “Kitobingizni oʻqidim”, “Doimiy hamroh”, “Nigoh”, “Vaʼda” ruknlari, baʼzan esa toʻgʻridan toʻgʻri “Taqriz” rukni ostida bosilar edi. Keyingi yillarni kuzatganda, “Nigoh” va “Vaʼda” ruknlari kam koʻrinadi. “Doimiy hamroh” ruknida esa taqrizdan koʻra, yangi kitob haqida maʼlumotnomalar berilmoqda. “Kitobingizni oʻqidim” ruknida bosilayotgan taqrizlar rang-barangligi bilan eʼtiborni tortadi. “Tuygʻular musavviri” deb nomlangan taqriz (2008, №41) shoir Tursun Alining “Oy yaprogʻi” toʻplamiga bagʻishlangan. U oʻquvchi diqqatini tortadigan soʻzlar bilan boshlanadi: “Sokin kuz oqshomida oyning koʻkdan ming bir hayoda anhorga inganini va suv betida iymanibgina yuzaganini koʻrganmisiz?”. Taqrizchi Sh. Subhon modern sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatida oʻz oʻrniga ega shoirning sheʼrlaridagi oʻziga xoslikni ochib bera olgan, tahlillardan oʻquvchi qoniqadi. Shu bilan birga, toʻplamning kamchiliklari ham koʻrsatilgan. Ijodkor keyingi sheʼrlarida bu nuqsonlarni takrorlamaslikka harakat qiladi, deb oʻylaymiz. Haqiqatan ham samimiy dil izhorlaridan iborat taqriz oʻquvchini “dilkashu dardkash shoir bilan suhbat”ga chorlay oladi. Uni oʻqigan oʻquvchi shoir sheʼrlariga xolislik bilan berilgan bahodan shunday xulosa chiqaradi. A. Koʻchimovning “Koʻzlarimning qarogʻidasan” sheʼriy toʻplamiga adabiyotshunos Q. Qahramonov taqriz yozgan (2006, №49).”Sermavj tuygʻular” deb atalgan taqrizda shoir sheʼrlaridan eng saralari tahlilga tortilgan. Shuning uchun shoirning bu toʻplami oʻquvchida qiziqish uygʻota oladi, ammo toʻplamning kamchiliklari haqida fikr yuritilmagan. Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi oʻrnini aniqlash, yutuq va kamchiligini koʻrsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi boʻlib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda oʻz ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni koʻrsatadigan, uning yozuvchi ijodida tutgan oʻrnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “Soʻz yoʻli” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009, №14) “Yogʻdu ichra gullagan soʻz” deb nomlangan taqrizida buni koʻrish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, sheʼrdan olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi. Taqriz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yogʻdu ichra gullagan soʻz – sheʼr boʻladi. Bunday sheʼrning mazasi dardingga malham boʻladi… Sheʼrdagi otash – soʻzdagi otash. Ochiq koʻz bilan otashga oʻzini otgan odam – shoir boʻladi”. Sheʼrdan taʼsirlangan bunday qalb izhorlarini oʻqigan kitobxon beixtiyor shoir sheʼrlariga qiziqib qolganini sezadi. Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi haqida soʻz yuritilmaydi, balki S. Sayyid sheʼrlari oʻziga xos sharhlanadi, tahlil etiladi, shu orqali baholanadi. Shoir uslubining oʻziga xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin siylagan soʻzlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon soʻzi izohlanadi – Sh. A.) “Uyingizning ayvoni – umringizning ayvoni… Shoir bejizga “Onam ayvonidan keldingmi, bahor?” deya entikmaydi. Yoki ota uyining devorlarini dil bilan oqlab Download 422.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling