Mavzu: Tazkira, badia va xotira janri Topshiriq


Download 168 Kb.
bet1/6
Sana14.05.2023
Hajmi168 Kb.
#1459287
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu




Mavzu: Tazkira, badia va xotira janri


Topshiriq
1. B.Qosimov, U.Normatov, N.Karimov ijodi. A.Rasulovning “Tanqid, talqin, baholash”, “Betakroro‘zlik”, Q.Yo‘ldoshevning “Yoniq so‘z” asarlari

1. Munaqqidning fidoyiligi


2. Badiiy matnni o‘zlashtirish nafosati
3. U.Normatov qodiriyshunos
4. B.Qosimovning ilmiy faoliyati
5. Tanqidchi uslubi va mahorat muammosi


2. Olimlar ijodi bo’yicha “Bibliografik jadval”ni to`ldiring





Asar nomi

Nashr etilgan yili

Kitoblari

1







2


















1. Munaqqidning fidoyiligi.
Abdug'afur Rasulov 1937-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan olim SAGU (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetida o‘qidi (1954~1959), o‘zi tahsil olgan fakultet aspiranturasida tahsil oldi (1961-1964). “Hozirgi o'zbek qissalarida yoshlar xarakteri” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi (1966). Olim yuzlab maqola, taqriz va o‘nlab kitoblari bilan tanqidchilar orasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. «Yangi zamon – yangi qahramon», «O‘zbek prozasi kamoli», «Olim va taijimon» (O. Sharafiddinov bilan hammualliflikda), «Ilmi g'aribani qo'msab», «Iste’dod va e ’tiqod», «Ardoqli adib», «Sharafli Sharafiddinovlar», «Betakror o‘zlik» va boshqa kitoblari ana shunday izlanishlar mahsulidir. «Hozirgi o‘zbek tanqidchiligida talqin va tahlil muammosi» (2002) mavzuida filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan olim «O'zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» (2003), «O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi» (2007) unvonlariga sazovor bo'ldi. 2004- yildan O‘zMU o'zbck filologiyasi fakulteti «Jahon adabiyoti va nazariya» kafedrasining professori sifatida talabalarga saboq berib kelmoqda. A.Rasulov sinchkov tanqidchidir. Sinchkovlik, har bir narsaga e’tibor bilan qarash uning tabiiy, tug'ma xususiyatlaridan hisoblanadi. Sinchkovlik, adabiy hodisalarga teran e’tibor bilan qarash, tushunish, tahlil qilish, doim ijodiy jarayonlar ichida bo`lish – adabiy tanqidchining yetakchi xususiyatlaridan. Munaqqid qalamini taqrizda sinab ko'rishi, qayrashi ma'lum. A.Rasulov ham taqriz janrida faol ijod qilib, iste’dodlarning birinchi kitoblariga taqrizlar yozib, ularni katta ijodga yo'lladi. Olim dastlabki taqrizlardan tortib, 70 yosh bo‘sag‘asida yozganlarigacha, tanqidchilikning mana shu ixcham janrida katta mehnat qildi, yuzlab go'zal taqrizlar yaratdi. Taqriz qay yo‘sinda yozilmasin, qanday maqsadni ilgari surmasin, undan murod asarni tushunish, baholash, tushunganlarini kitobxonlar ommasiga yetkazish ekanini munaqqid yaxshi anglaydi va har bir taqrizni yozayotganda badiiy matnga ana shu azaliy va porloq talab bilan yondashadi. U asarni dastlab o'qish, uqish, tushunish, o`zlashtirish, badiiy idrok etish lozimligiri ilmiy ijodiy jarayon sifatida qabul qiladi va bu jarayonda o‘zini ham kitobxon, ham mutaxassis deb biladi. Asarning yozilishidan to uning kitobxonlar tomonidan qabul qilinishigacha bo‘lgan bosqich – tanqidchining bu jarayondagi dolzarb faoliyati qanday natijalaiga olib kelishi mumkinligini u olimona anglaydi. Ko‘rinadiki, taqriznavislik munaqqiddan hissiy tayyorgarlik, adabiy fahmlilik va ifoda salohiyati talab qiladigan ilmiy ijodiy jarayondir. «Abdug'afur Rasulovning ixcham taqrizlari asarni ommaga tanitibgina qo`ymay, uning qatida yotgan pinhoniy ma'nolarni imkoni qadar ochishga yo‘naltirilgan bo`ladi». Haqiqatan, taqriz yozish uchun iste’dod, sinchkovlik va bilim zarur. Olimning taqrizlari shuning uchun ham o'qishli, u tavsiya etayotgan asarni kitobxon darhol topish, o‘qishga kirishadi. Asarni chuqurroq tushunishida tanqidchi taqrizlari yo‘lboshchilik qiladi, desak adashmaymiz. Shu bilan birga, taqriz qilinayotgan asarni yozgan adibning yoki shoirning avvalgi asarlarini yaxshi biladigan munaqqidgina uning yangi asari shu adib ijodida qanday o‘rin tutishini belgilay oladi. Uni adabiy jarayondagi shu xildagi boshqa asarlar bilan qiyoslagandagina asarning milliy adabiyotimizdagi o‘rnini ko‘rsatib berish imkoni tug’iladi. A.Rasulov ana shu imkoniyatlaming mohir ustasi ekani uning devarli har bir taqrizidan yaqqol sezilib turadi. Tanqid nazariyasi sohasidagi tadqiqotlar. Olimning «Tanqidchilik ufqlari» (1985) nomli adabiy-tanqidiy maqolalar to ‘plamida XX asrning 70 – yillarida faoliyat yuritgan munaqqidlar hamda tanqidchilik nazariyasi haqidagi atroflicha qarashlar e’tiborni tortadi. U adabiy tanqid muammolarini adabiyotshunoslik, badiiy ijod, falsafa, estetika bilan mustahkam aloqadorlikda tekshiradi va tafakkur yo`siniga ko’ra uning o`ziga xos mustaqil xislatlarini ochib beradi. A.Rasulovning «llmi g‘aribani qo'msab...» nomli mo`jazgina risolasi o'zbek adabiyotshunosligida hali o'rganilmagan muammolarni, ayniqsa, mumtoz adabiyotshunoslikdagi tanqidiy tafakkurning xosliklarini, talqin masalasidagi mumtoz nazokatlarni o‘rganishga qaratilgan. Ilmi g‘ariba kitobxonni hayratga solish darajasida tasvirlash, san’atini tushunish, his qilish ilmidir. Sharq mutafakkirlari so‘z san’atida ifodalangan ichki ma’nolar tizimiga alohida e’tibor berganlar. Bir bayt qatlariga bir qancha ma’no va lafziy san’atlarni singdirib yuborganlar. Bunday go‘zal ifodalarni tushunish uchun o‘zbek mumtoz adabiyotshunosligidagi ilmi qofiya, ilmi bade’, ilmi sharh kabi ilmi g‘ariba madrasalarda maxsus ilm sifatida o‘rgatilgan. Afsuski, sho‘rolar davrida «san’at san’at uchun» g‘oyasiga qarshi kurash, xalqchilik niqobi ostida bunday go‘zal san’atlar unutilayozdi, noyob badiiy so‘z jo`nlashtirildi, siyqalashtirildi. A.Rasulov hozirgi tanqidchilikni mumtoz adabiyotda katta e’tiborda bo`lgan «ilmi g‘ariba», «ilmi dark» bilan bog`laydi. G ‘arbdagi germenevlika, aksiologiya tahlili mumtoz sharq adabiyotshunosligidagi tafsir, sharh ilmi bilan yaqin jihatlarini asosli tadqiq etadi. Bu kitobga atoqli o‘zbek adibi P.Qodirovning yuqori baho bergani bejiz emas. Asarning ahamiyati shundaki, muallif mumtoz tanqidchiligimiz qa’riga chuqur kira olgan, o'tmishning Rabg'uziy, Sayfi Saroyi, Alisher Navoiy, Voiz Koshifiy, Atoulloh Husayniy kabi ulug‘ ijodkorlari tanqidiy qarashlarini o‘ziga xos tadqiq etgan va hozirgi zamon adabiy tanqidchiligi bilan bog`lagan. Olim «Tanqid, tahlil, baholash» deb nomlangan monografiyasida o‘zbek tanqidi bosib o‘tgan yo`lni teran tahlil qildi. Tanqidning talqin va tushunish bilan bog‘liq keng sohalarini jahon tanqidshunosligining bugungi darajasidan kelib chiqib yoritdi. Aksiologiya, semiotika, interpretatsiya, strukturalizm, baholash, modern adabiyoti to‘g‘risida kuzatishlarni o`zbek tanqidchiligiga olib kirdi. Tanqid ham endi o‘z e’tiqodlari, tushunchalari, qarashlarini o'zgartirishi, yangilashi, dunyoda kezayotgan g`oyalar bilan hamohang bo`lishi zarur, degan fikrni ilgari suradi munaqqid. A.Rasulov adabiy – badiiy tanqiddagi baholash tabiati va fazilatini uning bosh vazifasi deb tushunadi, lekin baholash madhiyabozlikka aylanmasligi lozimligini to‘g‘ri ta’kidlaydi. Uning baholash faqat matn yuzasidan emas, badiiy asarning butun borlig`idan kelib chiqishi, ya'ni baholashda asardan tashqari, yozuvchi shaxsiyati, butun ijod yo‘li va adabiy jarayon yaxlitligi ham hisobga olinishi lozimligi haqidagi fikrlari, ayniqsa, e’tiborlidir. Olimning ushbu tadqiqoti so‘nggi davr o'zbek adabiyotshunosligining jiddiy yutuqlaridan biri sifatida baholanishga loyiqdir. Unda ilgari surilgan ilmiy-nazariy xulosalar, dolzarb muammolar o‘zbek adabiyot nazariyasi va adabiy tanqidining metodologik asoslarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 168 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling