Farg’ona davlat universiteti mavzu: Tabiatshunoslik darsligini tahlil qilish va taqriz yozish
Download 422.02 Kb. Pdf ko'rish
|
berishni xayol qilish shoirona jununlik emas. Balki ota-ona oldidagi farzandlik
masʼuliyatini his qilishning yorqin eʼtirofidir”. Ijodkor sheʼrlariga ana shunday shoirona baho berish bilan taqriznavis ikki muddaoga erishgan: birinchidan, oʻquvchiga yangi va yaxshi kitob haqida yetarli maʼlumot berib, uni sheʼriyatga oshno etmoqda, ikkinchidan, taqrizning vazifalarini toʻliq boʻlmasa-da, bajarmoqda. Tilga olingan taqrizlarda, birinchidan, yangi eʼlon qilingan asar tahlilining mavjudligi, ikkinchidan, mazkur asarga adabiy-badiiy jarayon nuqtai nazaridan turib berilgan baho oʻz aksini topganligi ularning ijobiy xususiyatlaridir. Uchinchidan, asarning yozuvchi ijodida qanday oʻrin egallashi: bu – uning yutugʻimi, ijodiy gʻalabasimi yoki avvalgi asarlariga qaraganda orqaga chekinishmi, bu haqida fikr bildirilganda, taqrizlarning yanada mukammalligi taʼminlangan boʻlur edi. Shu bilan birga, taqriznavislikda bir xillik, maʼlum qoliplarga boʻysunish, baho berishdan koʻra maqtash, syujet voqealarini bayon etish kabi qusurlar ham uchraydi. Gazetaning (2004) 25-sonida birdaniga uchta taqriz bosilgan. Birinchisi, O. Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” kitobiga taqriz boʻlib, u tanqidni tanqid ruhida yozilgan. Ikkinchisi, X. Sultonning “Boburiynoma” asariga bagʻishlangan “Maʼrifatning badiiy talqini” deb nomlangan taqrizda bu maʼrifiy romanning yutuqlari haqida soʻz yuritilgan. Uchinchi taqriz, shoir Mirpoʻlat Mirzoning “Saylanma”si bosilib chiqishi munosabati bilan yozilgan, adabiyotshunos olim E. Ochilov qalamiga mansub, “Hassos koʻngil mavjlari” deb nomlanadi. Unda shoir sheʼrlariga baho beriladi, baʼzilari tahlilga tortiladi, shoirning “serqirra isteʼdod sohibi ekanligi” koʻrsatiladi, baʼzan maqtovlar haddan oshiriladi: shoir ijodining “beqiyos samimiyati” haqida soʻz yuritilganda kitobxonda “hamma sheʼrlaridami?” degan ishtiboh uygʻonadi yoki shoirni “goʻzal va hassos ishqiy sheʼrlar muallifi sifatida mashhur” deb hisoblagan taqrizchi shunday sheʼrlarining nomlarini keltiradi, xolos. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. Yoki shoir Salim Ashurning “Sensiz” deb nomlangan kitobiga shu ruknda “Hijrondek yaqin, visoldek olis” deb nomlangan taqriz (2004, № 42) eʼlon qilingan. Taqriz muallifi A. Mengqobilov shoir sheʼrlarining tahliliga kirishishdan oldin shunday daʼvoni ilgari suradi: “… yangi kitob shoir ijodiy mahoratining sheʼrdan sheʼrga, kitobdan kitobga yuksalayotgani dalilidir”. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. Taqrizda bevosita tahlildan tashqari, ijodkorga munosabat masalasi ham muhim. Taqriz hajmi katta-kichikligidan qatʼi nazar, yangi asar haqida oʻquvchida maʼlum taassurot uygʻotsin, rost soʻzlasin. Baʼzan shunday boʻladiki, taqrizchining vaʼdalari, maqtovlariga ishonib, qoʻlingizga olgan kitob sizni oʻziga tortmaydi, yolgʻon aldovlarga uchib qolmasligi uchun adabiyot ham, adabiyotshunos ham kitobxonga rost gapirishi kerak. Adabiyotshunos olim H. Karimov qalamiga mansub taqriz “Ziddiyatlar talqini” deb atalgan (2004, №32). Isteʼdodli yozuvchi A. Yoʻldoshning “Timsohning koʻz yoshlari” qissalar toʻplamiga yozilgan taqrizni oʻqir ekansiz, adib ijodiga qiziqishingiz oshadi. Taqrizda, garchand, qissalar mazmunini soʻzlab berishga koʻp oʻrin ajratilgan boʻlsa-da (aslida, V. Belinskiydan qolgan bu usulni akademik M. Qoʻshjonov oʻzbek tanqidchiligiga olib kirib, tahlilning yaxshi usullaridan biri sifatida koʻrsatgan edi), kitobxon asar qahramonlarining hayoti, taqdiriga qiziqadi. Ayniqsa, “Otchopar yoxud 13–uy” qissasi tahlilida Nozima obrazi birmuncha aniq tahlil etilgani yaxshi. Olim taqrizning oʻqishli chiqishi, kitobxonning diqqatini tortish, oʻz fikrlarini isbotlash uchun Belinskiy maqolalariga murojaat qiladiki, oʻquvchi taqriznavis daʼvolarining asosli ekanligiga shubha qilmaydi. Ammo yozuvchi qissalari adabiyotimizda yaratilayotgan qissalardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi, adibning oʻziga xos uslubi qay tarzda namoyon boʻlgan, degan savollar ochiq qoladi. Adib yoʻl qoʻygan kamchiliklar ham koʻrsatilsa edi, taqrizning butunligi taʼminlangan boʻlur edi. Shuni unutmaslik zarurki, asarga birinchi boʻlib baho berish, uning yozuvchi ijodi va adabiy jarayondagi oʻrnini koʻrsatish; baholashdagi tezkorlik va hozirjavoblik; tashviqiy mohiyatga ega ekanligi; kitobxonga yangi asar haqida maʼlumot berib, uning estetik tasavvurini boyitish hamda oʻsha asarni oʻqishga daʼvat qilish jihatidan adabiy tanqidda taqriz ayricha oʻrin kasb etadi. Taqrizda asarning qisqa tahlili orqali uning mohiyati hamda badiiyatiga berilgan baho asosiydir. Olimjon Xoldor Qamchibek Kenjaning ikki jildli “Saylanma”siga yozgan “Ehtiros va eʼtirof” deb nomlagan taqrizida (2009, № 3), asosan, ikki jildlikning mundarijasi haqida soʻz yuritilgan. Muallif oʻz fikrlarini isbotlash uchun koʻchirma keltiradi. Bu – yaxshi usul. Ammo kichik bir taqrizda T. Toʻla, O. Yoqubov, M. Shayxzoda va yana qaysidir adabiyotshunos (nomi berilmagan)ning fikrlarini keltirish oʻquvchini taqriznavisning oʻz soʻzlari yoʻq ekanmi, degan ishtibohga olib bormaydimi? Keyin taqrizda sanoq koʻpligi bois tahlilga kam oʻrin berilgan, ammo taqrizchi “Saylanma”ning qusurlarini ham birma-bir koʻrsatadi. Shunisi qiziqki, adib hikoyalarida “xulosa chiqarish esa koʻpincha oʻquvchining oʻziga qoldiriladi” deya, bu xususiyatni ham nuqson sanaydi. Holbuki, modern yoʻnalishga mansub asarlarning koʻpchiligida olimlar ayni xususiyatni yutuq hisoblaydilar. Shu bois oʻquvchi nazariga havola etiladigan har bir tanqidiy asar, u taqrizmi, maqolami, suhbatmi – qaysi janrda boʻlishidan qatʼi nazar, masʼuliyat bilan yozilmogʻi, kitobxonda shubha emas, ishonch uygʻotishi lozim. Ayniqsa, taqrizchilikda bu juda muhimdir. Baʼzan shunday boʻladiki, asarni oʻqimasdan oldin u haqidagi taqrizni oʻqib qolasiz. Samimiy, ortiqcha maqtovlarsiz, xolislik bilan bitilgan taqriz sizni tezroq oʻsha asarni topib oʻqishga undaydi. Shuning uchun ham adabiy jarayonda, kitobxon qiziqishlarida doimo taqrizning oʻrni muhim boʻlib kelgan. Agar eʼtibor qaratsak, bosilayotgan taqrizlarning koʻpchiligi dabdabali va juda yuksak pafosga ega sarlavhalar bilan chiqadi. Ularning baʼzilari shu sarlavhani oqlasa, baʼzilari “usti yaltiroq, ichi qaltiroq” ekanligi sezilib qoladi. Shuning uchun sarlavha tanlanganda ham masʼuliyat va eʼtibor juda zarur ekan. Asarga sarlavha topish uning mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qiladi. M. Qoʻshjonovning “Adashganlar fojiasi” deb nomlangan taqrizi A. Qahhorning “Sarob”iga bagʻishlangan. Unda ortiqcha dabdaba ham yoʻq, ammo u asarning bor mazmunini oʻzida aks ettira olganligi bilan diqqatni tortadi. O. Sharafiddinovning “Sheʼr koʻp, ammo shoir-chi?” maqolasi nomidanoq ayovsiz tanqid ruhida ekanligi seziladi. Biz nazardan oʻtkazayotgan taqrizlarning koʻpchiligida sarlavha oʻquvchiga koʻp narsa vaʼda qiladi, ammo ichidagini oʻqisangiz, vaʼdaga vafo yoʻqligiga amin boʻlasiz. “Doimiy hamroh” rukni ostida bosilayotgan taqrizlar koʻpincha janr talabiga javob bermaydi, chunki materiallarning baʼzilari yangi asar haqida qisqacha maʼlumot beradi, baʼzilarida qisqa tahlil koʻrinadi, baʼzilari faqat xabar berish vazifasini bajaradi, xolos. Masalan, gazetaning (2005) 44-sonida berilgan maʼlumotnoma – taqriz emas. Ularni yangi asarlar (T. Joʻrayevning “Arvohlar tunda izgʻiydi” romani, A. Hamroning “Xayol ranglari” toʻplamlari) haqidagi xabar-taqriz, deyish mumkin. Chunki xabar-taqrizning bosh maqsadi, koʻpincha xabar berish va qisqa baholashdan iborat. Uning hajmi juda qisqa boʻladi. Demak, bunday taqrizlarning asosiy xususiyati darak berish, tashviq etishda namoyon boʻladi. Gazetaning (2009) 17-sonida yana shu ruknda A. Otaboyning “Otalar hikoyati” M. Xudoyqulovaning “Dadam haqida hikoyalar” kitobiga yozilgan taqrizi haqida ham shu mulohazalarni aytish mumkin. U ham xabar-taqriz hisoblanadi. Shu ruknda (2005, № 33) berilgan ikkita maʼlumotning bittasi muallif nomidan, bittasi muallifsiz berilgan. Bundayam bir xillikka erishish kerakmi? “Taqriz” ruknida bosilayotgan asarlarda masʼuliyat yanada oshadi, chunki ular janr talablariga javob bera olishi zarur. Masalan, “Taassurot” degan rukndan taqriz janri vazifalarini talab qilishning hojati boʻlmasa kerak. Chunki nomi bilan asardan olingan taassurotlar kitobxon bilan baham koʻriladi. Shuning uchun tahririyatlar ham ana shu masalaga diqqat qaratsa, ayni muddao boʻlur edi. “Soʻqmoqlarda toblangan muhabbat” deb nomlangan taqriz (2005, № 51) R. Bobojonning “Muhabbat mezoni” romaniga bagʻishlangan ekan. Toʻgʻrisi, men ham shu taqrizdan keyin shoir R. Bobojonning roman yozganidan xabar topdim. Viloyatlarga hamma kitoblar ham yetib kelavermaydi-da. Taqrizda romanda tasvirlangan davr, asar qahramonlari haqida fikr yuritiladi. Ammo bu qahramonlar qaysi jihatlari bilan xarakter darajasiga koʻtarilgan, qaysi tomonlari bilan bugungi kun oʻquvchisining ongu tafakkurini oʻzgartirishga xizmat qiladi, degan savollarga javob ololmaymiz. Shu bilan birga, unda asardan olingan his-hayajon, kechinmalar taʼsiri sezilmaydi. Oʻrtamiyona taqrizda romanning adabiy jarayondagi, romanchilikdagi oʻrni koʻrsatilmagan. “Tabiiy tuygʻular talqini” deb nomlangan L. Boʻrixonning “Jaziramadagi odamlar” romaniga bagʻishlab yozilgan taqrizda (2007, № 3) taqriznavis X. Hamroqulova romandan olgan taassurotlarini nihoyatda samimiyat bilan bayon etgan. Roman qahramonlarining, asarning original jihatlarini koʻrsatib bergan. Bu asar oʻzbek romanchiligida “yangi bir toza nafas boʻldi”, deyiladi taqrizda. Ammo qaysi fazilatlari bilan? “Lolaxon. Ergash, Samad kabi kichik taqdir egalari orqali ularning ulkan ruhiy olamlarini yorita olish, omma oʻrtasidagi shaxs darajasiga chiqqan obrazlarni yaratish yosh adibning ijodiy yutugʻidir” soʻzlari bilan tugallangan taqrizda asarning birorta nuqsoni koʻrsatilmaydi. Bu mulohazalardan taqrizlarda kamchilik koʻrsatilishi qatʼiy qilib qoʻyilgan ekan-da, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Shunday sanʼat asarlari boʻladiki, ular badiiyligi, tabiiyligi va jozibasi bilan oʻquvchi qalbini tezda rom eta oladi, ulardan chiroq yoqib izlasangiz ham nuqson topolmaysiz. Ammo ular koʻp emas. Shu bois ana shunday asarlar koʻpayishini istagan taqrizchi soʻzga masʼuliyat bilan qarashi, oʻzi tahlil etayotgan asardan ham shuni talab qilishi zarur boʻladi. Boshqa ruknlarda ham taqrizlar berilmoqda. Masalan, “Oʻquvchi fikri” ruknida “Bir asar quvonchi”, degan kichik taqriz (2006, № 29) berilgan, muallifi Axtamqul Karim. U dastlab Luqmon Boʻrixonning ijodi adabiy gurunglarda bahs- munozaralarga sabab boʻlayotganligi haqida gapirib, adibning “Tahlika” qissasiga munosabat bildiradi. Asarda “yorqin obrazlarni” koʻrgan, bundan “huzurlangan” taqrizchi qissadagi har bir detal, har bir manzara tasviri oʻz oʻrnida, maʼlum bir maqsadni koʻzlab qoʻllanilganligini uning yutugʻi sifatida koʻrsatadi, shu bilan birga, ayrim juzʼiy nuqsonlarga ham toʻxtaladi. Ammo negadir uning fikrlarida chalkashlik seziladi. Masalan, qissani “qiziqish bilan oʻqigan” muallif shunday yozadi: “Tahlika” detektiv janrning unsurlariga tayangan boʻlsa-da, meningcha, u koʻproq lirik asarlar sirasiga kiradi”. Balki buni isbot qilish kerakdir yoki taqrizchi asarda lirizm kuchli demoqchimi? Chunki yozuvchi bir jinoyatning sodir etilishi va fosh qilinishi jarayonini tasvirlar ekan, aslida, qalam quvvatini oʻsha jinoyat tevaragidagi qahramonlarning xarakterini, ruhiyatini ochishga qaratadi”. Nazarimizda, bu lirik asarlarga xos xususiyat emas. “Nigoh” ruknida berilgan taqriz “Yaxshi odamlar sogʻinchi” deb nomlangan (2007, №31). Shoira Oʻktamoy Xoldorova ijodiga bagʻishlangan taqriz muallifi prof. H. Qudratullayev ijodkorning “Sogʻinch qushlari”,”Oqqush izlari”, “Sabrga suyanib” kitoblari haqida fikr yuritib, sheʼrlarni mutolaa qilish jarayonida undan olgan taassurotlarini kitobxon bilan oʻrtoqlashadi. Bu taqrizda ham maqtov haddan ziyod. Shoiraning baʼzi sheʼrlaridan namunalar keltirib tahlil qilgan taqrizchi ularda biror bir kamchilik koʻrmaydi. Albatta, har bir shoir ijodida muvaffaqiyatli chiqqan sheʼrlar, quyma misralar, original tashbehlar boʻlishi, tabiiy. Koʻpincha, taqrizchilar ayni shunday satrlar yoki parchalarni misol sifatida keltiradilar. Shu bois bunday taqrizlarni oʻqiganda, hamma ijodkorlar zoʻr yozishar ekan-da, degan xulosa kelib chiqadi. Holbuki, bunday toʻplamlarni qoʻlga olib varaqlab koʻrsangiz, ularda oʻrtamiyona sheʼrlar tiqilib yotgan boʻladi. “Taqriz ham sanʼat, shuning uchun uni shunday yozish kerakki, kitobxon taqrizchi bilan muloqotda boʻlganidan qoniqish his etsin”, deb yozgan edi rus olimi V. Yanovskiy. Darhaqiqat, ham keng jamoatchilikning yangi asarni qanday qabul qilishi, maʼlum jihatdan, uni baholagan, tahlil qilgan taqrizga ham bogʻliq. Bu qonuniyat tusiga kirgan hodisa boʻlmasa-da, haqqoniy taqriz yangi asar haqida jamoatchilik fikrining shakllanishiga muayyan darajada taʼsir koʻrsatadi. Negaki, taqrizchi asarning mohiyatini ilmiy-estetik tahlil vositasida yoritish orqali kitobxon dunyoqarashiga taʼsir qilib, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi, estetik didini oʻstirishga koʻmaklashadi. Mana shu nuqtai nazardan qaraganda, matbuotda bosilayotgan hamma taqrizlar ham bu xususiyatlarni oʻzida jamlamaganligi koʻrinadi. Bu esa adabiy tanqid va adabiyot rivojiga maʼlum darajada taʼsir koʻrsatishini unutmasligimiz lozim. Adabiy tanqidning bosh vazifasi esa adabiyotni yuksaklikka koʻtarishga koʻmaklashishdan iborat Taqriz janrining bosh vazifasi – u yoki bu (ilmiy, badiiy asarlar, spektakl, kinofilm va sh.k.) asarning tahlili orqali uning ilmiy jarayon va muallif ijodiyotidagi o‘rnini aniqlash, unga xos bo‘lgan yutuq hamda kamchiliklarni isbotlash va baholashdan iborat. Jumladan, badiiy asarni taqriz qiluvchi yozuvchi ijodiy laboratoriyasiga kirishi, uning ichki yo‘nalishini aniqlashi, san’atkorning o‘ziga xos bo‘lga n ijodining asosiy, bosh qonunlarini tushunishi, asarga badiiy asar sifatida mehr bilan yondoshishi,chuqur ijodiy izlanishi kerak. Bu izlanishlarning natijasini siqiq, original shaklda, o‘sha asar mohiyatining butun siru asrorini ochib beradigan usulda bayon qilishi lozim. Aks holda, ma’lum bir asar haqidagi taqrizda tahlil bo‘sh chiqadi-da, har xil badiiy asarga nisbatan bir-biriga yaqin baholar, kamchilik va nuqsonlar qayd qilinib qoladi va taqrizni qolipga mubtalo qiladi. Natijada suv tomchilaridek bir-biriga o‘xshaydigan, yasalgan (ijodiy yaratilmagan) taqrizlar yuzaga kelaveradi. Holbuki, taqriz-konkret ilmiy asar ekan, unda qayd qilinadigan har bir fikr, yangilik yoki nuqson taqrizchi tomonidan quruq qayd qilinmasligi kerak, balki aniq dalillar misolida har tomonlama isbotlanishi va bunga yozuvchini ham, kitobxonni ham ishontira bilishi kerak. Taqrizda konkret asar yozuvchining butun ijodi va harakatdagi ijodiy jarayon bilan bog‘lanishi, solishtirilishi shart: ana shundagina asarning ahamiyati, qimmati, yangiligi ochiladi, yozuvchi mahorati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Taqriz-ilmiy uslubda bitilishidan qat’iy nazar, unda taqrizchining ehtirosi-haqiqatni izlashdagi hissiyoti ko‘rinib turishi lozim. CHunki har bir asar o‘zicha ayrim bir dunyo ekan, unga kirish yo‘llari o‘ziga xos bo‘ladi: taqriz shaklining umumiy qonuniyatlariga jo bo‘lgan ana shu o‘ziga xoslik uning rang- barang bo‘lishini, originalligini ta’minlaydi. 1 Download 422.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling