Farg’ona davlat universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Amaliy psixologiya yo’nalishi21. 17-guruh talabasi zulfizar hoshimovaning “buyuk fred va psixoanaliz ta’limoti” mavzusida tayyorlagan taqdimoti


Xayolparast va shuhrastparast Zigmund


Download 128.75 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi128.75 Kb.
#1563223
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Zulfizar Hoshimova 21.17.

Xayolparast va shuhrastparast Zigmund

Xayolparast va shuhrastparast Zigmund

Uning tabiiy fanlarga chanqoqligi avj olib borardi. U barcha ilmlarni egallab, mashhur kishi bo‘lishni orzu qilar va ko‘p kitob mutolaa qilardi. Freyd maktabda o‘qib yurgan paytidayoq Ch. Darvinning ta’limoti bilan qiziqib qoladi va uni boshdan-oyoq o‘qib chiqadi. Yosh Freyd o‘z tengdoshlariga: “Men Ch. Darvinga o‘xshagan tabiatshunos olim bo‘laman” deb xitob qilgan. Menimcha, buning ajablanarli joyi yo‘q. Chunki o‘smirlar xayolparast va orzumand bo‘lishadi.


Freydning nega do‘sti bo‘lmagan?
Zigmundning xarakteri o‘ta og‘ir bo‘lganligi uchun ham uning do‘stlari deyarli bo‘lmagan. Freyd keyinchalik Eynshteynga yozgan xatida buni o‘zi ham tan olgan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u yolg‘izlikka intilgan. U hatto mashhur bo‘lib ketganida ham yolg‘iz qolgan. Freydning bolalik paytidagi o‘ta o‘jarligi keyinchalik kuchaysa kuchaygan-u, biroq barham topmagan. Hatto o‘zining dastlabki shogirdlari – Alfred Adler va Karl Gustav Yung bilan ham kelishmagan. Ular Freydni tark etishgan. Balkim Freydning o‘zi ulardan voz kechgandir. Agar Gyote “Oddiylik – bu buyuklikdir” degan bo‘lsa, Freyd “Yolg‘izlik – bu buyuklikdir” degan tamoyilga asoslanib yashagan va ijod qilgan bo‘lsa kerak.

Ilm pillapoyalari

  • Ilm pillapoyalari
  • Freyd 17 yoshida, ya’ni 1873 yili gimnaziyani muvaffaqiyatli tugatib, mashhur Vena universitetining meditsina fakultetiga o‘qishga kiradi.
  • U 1876–1882 yillari Ernst Bryukkning fiziologiya laboratoriyasida ilmiy izlanishlar olib boradi va orqa miyaning fiziologiyasi bilan shug‘ullana boshlaydi.
  • Menimcha, Freydning boshqa psixologlardan keskin ilgarilab ketganligining asosiy sababi – uning fiziologiya va biologiya qonunlariga qat’iy amal qilganligida. U endi rivojlanib kelayotgan fiziologiyaning har bir yutug‘idan psixologik qonuniyatlarni o‘rganishda muvaffaqqiyatli foydalandi. Freyd voqea va hodisalar tafsiloti bilan chegaralanib qolmasdan, ularning kelib chiqish sabablari va asl mohiyatini izlab topishga intildi.
  • Nevroz – seksual qoniqmaslik alomatimi?
  • Z.Freyd 1897 yildan boshlab nevroz va seksual qoniqmaslik orasida bog‘liqliklarni sistematik tarzda o‘rgana boshlaydi. Freyd seksual qoniqmaslik g‘oyasiga shu qadar berilib ketadiki, u nafaqat nevrotik buzilishlar va xulq-atvordagi o‘zgarishlarni, balki psixosomatik simptomlarni (bosh og‘rig‘i, oyoq og‘riq, bel og‘riq, qorin og‘riq, yurak og‘rig‘i va h.k.) ham seksual qoniqmaslik bilan bog‘laydi. Buning natijasida Freyd “panseksualist” degan laqabni oladi. Undan ko‘p olimlar va hatto o‘zining ustozlari ham yuz o‘giradi. Uning maqolalarini chop qilmay qo‘yishadi.

Download 128.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling