Chunki o‘sha paytlari ijtimoiy omillarga burkangan psixologik nazariyalar yaxshi rivojlanib kelayotgan edi. Freyd esa aslida hayvonlar xulq-atvorini belgilab beruvchi biologik instinktlar insonlar xulq-atvorini ham belgilab beradi degan edida. Freyd bunday bemorlarga gipnozning yordam bermasligiga ishonch hosil qiladi va bu usuldan voz kechadi. U Sharkoning davolash usullarini deyarli qo‘llamay qo‘yadi. “Gipnoz – bemorning ahvolini vaqtincha yaxshilovchi vosita, xolos” degan edi Freyd. U gipnoz usulini ham tark etdi va ruhiyatning yangi modelini yaratishga kirishdi. - Chunki o‘sha paytlari ijtimoiy omillarga burkangan psixologik nazariyalar yaxshi rivojlanib kelayotgan edi. Freyd esa aslida hayvonlar xulq-atvorini belgilab beruvchi biologik instinktlar insonlar xulq-atvorini ham belgilab beradi degan edida. Freyd bunday bemorlarga gipnozning yordam bermasligiga ishonch hosil qiladi va bu usuldan voz kechadi. U Sharkoning davolash usullarini deyarli qo‘llamay qo‘yadi. “Gipnoz – bemorning ahvolini vaqtincha yaxshilovchi vosita, xolos” degan edi Freyd. U gipnoz usulini ham tark etdi va ruhiyatning yangi modelini yaratishga kirishdi.
- Psixoanaliz ta’limoti qanday yaratildi?
- Z. Freyd inson ruhiyatini muz tog‘iga qiyoslab tushuntirib berdi: “Muz tog‘ining ustki, ya’ni oltidan bir qismi ong bo‘lsa, suv ostida ko‘rinmay yotgan oltidan besh qismi ong ostidagi jarayonlar, ya’ni ongsizlikdir”.
- “Janob Freyd! Sening inson psixologiyasi haqidagi dunyoqarashlaring va ilmiy farazlaring psixologiya qonunlariga juda zid va haqoratomuzdir” degan dashnomlarni ko‘p eshitgan olim psixologiyani ham tark etdi. Menimcha, Freyd psixologiyani emas, balki psixologlarni tark etdi. Boz ustiga uning maqolalarini psixologiya jurnallarida chop etmay qo‘yishdi, ilmiy kengashlar ham usiz o‘ta boshladi. Unda fanda yangi bir yo‘nalish ochishdan boshqa iloj qolmadi va u psixologiyaga yaqinroq bo‘lishi kerak edi.
Axir inson ruhiyatini psixologiyasiz o‘rganib bo‘ladimi? Ongli jarayonlarni ongsiz jarayonlar orqali o‘rganish uning fikru xayolini qamrab olgandi. Inson ruhiyati haqidagi demagogiya ham uning joniga tekkan edi. U fanda yangi bir yo‘nalish ochadi va uni “Psixoanaliz” deb ataydi. To‘g‘ri, “psixoanaliz” atamasi fanga yaqin bo‘lsa-da, uning shakllanishida fiziologiya, nevrologiya va psixologiya yotardi. Bu uchala fanning ishtirokisiz psixoanalizni tasavvur qilib ham bo‘lmaydi. - Axir inson ruhiyatini psixologiyasiz o‘rganib bo‘ladimi? Ongli jarayonlarni ongsiz jarayonlar orqali o‘rganish uning fikru xayolini qamrab olgandi. Inson ruhiyati haqidagi demagogiya ham uning joniga tekkan edi. U fanda yangi bir yo‘nalish ochadi va uni “Psixoanaliz” deb ataydi. To‘g‘ri, “psixoanaliz” atamasi fanga yaqin bo‘lsa-da, uning shakllanishida fiziologiya, nevrologiya va psixologiya yotardi. Bu uchala fanning ishtirokisiz psixoanalizni tasavvur qilib ham bo‘lmaydi.
- Obrazli qilib aytganda, psixoanalizni osmonga bo‘y cho‘zib turgan teleminoraga o‘xshatish mumkin. Ushbu minoraning bir oyog‘i – fiziologiya, ikkinchi oyog‘i – nevrologiya, uchinchi oyog‘i esa – psixologiyadir. E’tibor qilingga, ularning hammasi bir xil va teng. Minoraning osmonga bo‘y cho‘zib, quyoshga intilib turgan qismi esa – psixoanalizdir. Minoraning ushbu qismidan atrofga qarasangiz go‘zal shahar kaftingizda turgandek ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Demak, boshqa fanlardan farqli o‘laroq, psixoanaliz inson qalbini va uning eng tubida yashirinib yotgan jarayonlarni bemalol ko‘ra oladigan fan. Psixoanaliz fani o‘z oldiga ong tubida yashirinib yotgan chuqur psixologik jarayonlarning sir-asrorini ochishni maqsad qilib qo‘yadi va shu yo‘l bilan nevrozni keltirib chiqaruvchi omillarni o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |