Farg’ona davlat universiteti Sirtqi Bo‘lim 19. 29-guruh talabasi Komilova Sharofatning 3-bosqichda bo’lib o’tadigan bir oylik amaliyotni o’taganligi haqidagi hisoboti


Download 13.46 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi13.46 Kb.
#1350068
Bog'liq
2 5199712786946463608 (копия)


Farg’ona davlat universiteti Sirtqi Bo‘lim 19.29-guruh talabasi Komilova Sharofatning 3-bosqichda bo’lib o’tadigan bir oylik amaliyotni o’taganligi haqidagi
HISOBOTI
Men Farg’ona davlat universiteti Sirtqi Bo‘lim 19.29-guruh talabasi Komilova Sharofat 3-bosqichda 06.05.2022 dan 06.06.2022 gacha haftaning dushanbadan va juma kunlarigacha bo’ladigan bir oylik amaliyotni Farg’ona viloyati Rishton tumani 33-umumta`lim maktabda o’tadim. Bu yerda men 1-“B” sinf o’quvchilari bilan dars mashg’ulotlarini olib bordim. Men bir oylik amaliyot jarayoni uchun o’quv dasturi ishlab chiqdim va shu o’quv dasturi bo’yicha o’quvchilarga dars berdim. Amaliyot jarayonida nazariy jihatdan o’rgangan o’qitish metodlari bo’yicha bilimlarimni amalda qo’lladim va yanada ko’proq bolalarni o’qitish borasida tajriba orttirdim. Shuningdek, ko’proq tajribaga erishish maqsadida tajribali o’qituvchilarni darslarini kuzatdim. Dars mashg’ulotlarini qiziqarli olib borish maqsadida turli xil qiziqarli o’quv materiallardan foydalandim va albatta ularni tanlashda o’quvchilarning yoshi, qiziqishlari va extiyojlarini ham hisobga oldim. Natijada, o’quvchilarni o’qitishda yaxshi natijalarga, samaradorlikka erisha oldim. Ayniqsa, darsda mavzularni turli xil qiziqarli rangli o’quv materiallari va o’yinlar vositasida tushuntirish orqali bolalarni hamma fanlarni o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini yanada ortishiga erishdim. Har bir yangi mavzuni o’tishdan oldin o’tilgan mavzularni takrorlash sifatida so’rab oldim. Malakaviy amaliyot mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillash haqida yetarli bilim-ko'nikmaga ega bo'ldim.
Amaliyot davrida sinf bilan ishlash, dars jarayonidan qatnashishdan tashqari maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o`tkiziladigan ma`naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma`naviyat soatlarini olib borishni o`rgandim. Davomati va o`zlashtirishi past o`quvchilar bilan ish olib borishni o`zlashtirdim. Ayniqsa sinfda faol va past o`zlashtiruvchi o`quvchilarga qo`shimcha materiallar tayyorlash, darsga jalb qilish hamda ko`rgazmali qurollar va tehnika vositalardan doimiy ravishda hamda maqsadli foydalanish yuzasida bilimlarimni oshirdim. Darslarda mustaqil ravishda konspekt yozishni va ko`rgazmali qurollardan foydalanishni o`rgandim.
Shuningdek, amaliyot davrida turli xil tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillashga yordam berdim. Ustozlar va o`quvchilarning yordamlari bilan o’zim ham madaniy-ma'rifiy tadbir o’tkazdim. Ushbu amaliyot mobaynida o`rgangan va keyingi bosqichlarda o`rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda, davlatimizning ta`lim sohasini rivojlantirishga o’z hissamni qo’shishimga asos bo’lib xizmat qiladi. Amaliyot davomida o’rgangan bilim va ko’nikmalarim kelajakdagi kasbiy faoliyatimda qo’llayman va ular menga yaxshi natijalarga erishishimga yordam beradi deb ishonaman.
Amaliyotchi: K. Sharofat
Tasdiqlovchi: N. Umarova
Download 13.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling