Farg’ona davlat universiteti sirtqi bo’lim 2-kurs
Download 374.16 Kb. Pdf ko'rish
|
OLIY M KARAMATDINOVA M
(m, i) ko’rinishida
yozish mumkin. T ekis chizmada aylanish sirti ′(m′, i′) va ″ (m″, i″) proyeksiyalari bilan hamda aniqlovchilarning istalgan ikki proyeksiyasi bilan berilgan. Aylanish jarayonida yasovchining hamma nuqtalari aylanalar bo’yicha harakat qilib, bu aylanalar sirtning parallellari deyiladi. Aylanish o’qidan o’tgan barcha tekisliklar meridian tekisliklari, ularning aylanish sirti bilan kesishish chiziqlari esa sirtning meridianlari deyiladi. Sirtning barcha meridianlari kongruent bo’ladilar. Frontal meridian tekisligi bosh meridian tekisligi hisoblanib, uning sirt bilan kesishish chizig’i bosh meridian chizig‘i yoki sirtning frontal ocherki deb ataladi. 6.8– rasmdagi umumiy ko’rinishdagi aylanish sirtning aylanish o’qi gorizontal proyeksiyalar tekisligi N ga perpendikulyar joylashganligi uchun sirtdagi parallellarning (n 1 ″, n 2 ″, n 3 ″,….) frontal proyeksiyalari to’g’ri chiziq kesmasi ko’rinishida, gorizontal proyeksiyalari esa haqiqiy kattalikda, ya‘ni aylana ko’rinishida tasvirlanadi. Tekis chizmada P(P H ) bosh va P 1 (P 1H ) oddiy meridian tekisliklari hosil qilgan meridian kesimlari ko’rsatilgan. Bosh meridian 6.8-rasm 6.9-rasm V ga parallel bo’lganligi uchun uning frontal proyeksiyasi o’zining haqiqiy kattaligiga teng bo’ladi. Boshqa sirtlar singari aylanish sirti ham cheksiz ko’p nuqtalar to’plamidan iboratdir. Bu nuqtalarni to’la to’kis chizmada tasvirlab bo’lmaydi. Shuning uchun ham H va V ga perpendikulyar qilib aylanish sirtiga urinma silindrlar o’tkaziladi. urinma silindrlarning N bilan kesishish chizig’i sirtning gorizontal ocherki, V bilan kesishish chizig’i esa uning frontal ocherki deyiladi. Aylanish sirtlari, ko’pincha, o’zining gorizontal va frontal ocherklari bilan tasvirlanadi. 17.9- rasmdagi aylanish sirtning frontal ocherki bosh meridian m″ va n Download 374.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling