Farg’ona Davlat Universiteti Sirtqi bo’lim Iqtisodiyot yo’nalishi c 20. 23 guruh talabasi Mirzayev Muhriddinning Pul va Banklar fanidan


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana15.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1269118
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mirzayev Muhriddinning PUL VA BANK fanidan mustaqil ishi

Talab inflyatsiyasi. Inflyatsiyaning bu an'naviy turi talab oshib kеtganda yuzaga 
kеladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to`la qondira olmaydi, taklifga 
nisbatan talab oshib kеtadi. Natijada tovarlar bahosi o`sadi. Kam miqdordagi tovarlarga 
ko`p pul massasi to`g`ri kеladi.
Inflyatsiyada nafaqat chakana baxo, balki ulgurji baxo ham oshib boradi. G‘arb 
mamlakatlarida inflyatsiyaning asosiy ko‘rsatkichi qilib chakana baxolarning 
o‘zgarishi (oshishi) qabul qilingan. Agar ma‘lum davrda baxolar ikki marta oshsa, pul 
ham ikki marta qadrsizlangan deb hisoblanadi. Chakana baxolar o‘sishini hisoblash 
maxsus davlat organlari tomonidan aniqlanadigan baxolar indeksiga asoslanadi. 
Baxolar indeksini hisoblashning boshlang‘ich nuqtasi sifatida (yuz foiz deb) bazis yili 
olinadi va joriy yilda baxolar o‘zgarishi, o‘rtacha yillik o‘sish sur‘ati hisoblanishi 
mumkin. Baxolar indeksi bu joriy yildagi tovarlar va xizmatlar baxosi yig‘indisi, ya‘ni 
tovarlar bozor savati baxosining shu tovar va xizmatlarning bazis yildagi umumiy 
baxosi, ya‘ni bozor savati baxosiga nisbati sifatida aniqlanishi mumkin.
Yuqoridagi fikrni quyidagi formula orqali ifoda qilish mumkin.
Bunda
𝐵𝐼
𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦
-joriy yilda baxolar indeksi
𝐵𝑆
𝑏𝑎𝑧𝑖𝑠
- bazis yildagi bozor savati baxosi
𝐵𝑆
𝑗𝑜𝑟𝑖𝑦
- joriy yildagi bozor savati baxosi Baxolar indeksini hisoblashda iste‘mol 
tovarlar baxosining indeksi katta ahamiyatga ega. Baxolar indeksi turli usullarda 
baxolar darajasini solishtirishga imkon beradi. Joriy yildagi baxolar indeksi bazis 
yildagi baxolar indeksiga nisbatan oshishi- inflyatsiya deb nomlansa, « Baxolar 
darajasining oshishi»dan, baxolar indeksining kamayishideflyatsiya ya‘ni baxolar 
darajasining kamayishidan dalolat beradi. Aytaylik, bazis davr 2010- yil bo‘lsin 
(baxolar darajasi 100% deb olamiz) va 2015 –yilda baxo darajasi 400. Demak 2010-
2015- yillarda baxolar 4 marta yoki 300% ga oshgan, yoki 2010- yilda biror Tovar 100 
so‘m bo‘lsa, 2015-yilda shu tovar 400 so‘m turadi. Iste‘mol tovarlar baxosi indeksidan 
tashqari ba‘zi guruh tovarlar va xizmatlar, masalan: oyoq kiyimlar, transport, uy-joy 
xizmatlari va boshqalar bo‘yicha baxolar indekslarini hisoblash mumkin. Baxolar 
indeksiga asoslanib, inflyatsiya sur‘atlarini aniqlash mumkin. Buning uchun joriy yil 
baxolar indeksidan bazis davr baxolar indeksini chegirib, bazis davr indeksiga 



bo‘lamiz.
Masalan, 2005- yilda iste‘mol tovarlarning baxo indeksi 110, 2007 –yilda 140 
bo‘lsa, 2007-yilda inflyatsiya sur‘ati quydagicha aniqlanadi.
Inflyatsiya darajasi
Demak, 2007-yilda inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlari taxminan 27.3% teng bo‘lgan. 
Inflyatsiyaning o‘sish sur‘atlari to‘g‘risida gapirganda, uning rivojlanishining boshqa 
yo‘li ham mavjud. Bu usul << 70 lar qoidasi>> deb ataladi. Agar har yillik inflyatsiya 
darajasi ma‘lum bo‘lsa, baxolar ikki marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini 
aniqlash mumkin. Buning uchun 70ni har yilgi inflyatsiya darajasiga bo‘lish kerak. 
Masalan, inflyatsiyaning har yillik darajasi 5% bo‘lsa , baxolar darajasi 14 yildan keyin 
ikki marta oshishi kerak. Agar har yillik inflyatsiya darajasi 20% bo‘lsa, baxolar 
darajasi 3 yildan keyin ikki marta oshishi kerak. 
Iste‘mol narxlar indeksidan tashqari inflytsiyni hisoblashning boshqa usullari ham 
mavjud.
Ishlab chiqaruvchlar indeksi (Producer Price Index)-ishlab chiqarishni yetkazish, 
soliq va boshqa qo‘shimcha ustamalarsiz sof o‘z qiymatida ifodalanishini bildiradi
PPIning ko‘rsatkichi vaqt jihatdan CPI ko‘rsatkichidan oldinroq bo‘ladi.
Yashash xarajatlari indeksi (Cost-of-living Index, COLI)-daromad va 
xarjatlarning o‘sishini hisobg olgan holda inflyatsiyani hisoblash usulidir. 
YAIM deflyatori (GDP deflator)-bir xil turdagi tovarlar guruhi narxlarini 
o‘zgarishi orqali inflyatsiya darajasini hisoblash usuli.
Paashe indeksi-joriy yildagi iste‘mol xarajatlarining o‘tgan yilda huddi shu 
assortimentdagi maxsulotlarni olish uchun ketgan xarajatlar summasi nisbatini 
ifodalaydi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, bu usul hamma vaqt ham masalan inflyatsiyaning o‘sish 
sur‘atlari yuqori (har kuni, oyda o‘zgarib boradigan ) bo‘lsa, qulay hisoblanmaydi. << 
70 lar qoidasi >> aholi jamg‘armalarining, real yoki milliy maxsulot hajmining ikki 
marta oshishi uchun necha yil kerak ekanligini to‘g‘ri aniqlab berishga imkon beradi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling