Farg’ona Davlat Universiteti Sirtqi bo’lim Iqtisodiyot yo’nalishi c 20. 23 guruh talabasi Mirzayev Muhriddinning Pul va Banklar fanidan


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana15.03.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1269118
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mirzayev Muhriddinning PUL VA BANK fanidan mustaqil ishi

 
2. Inflyatsiya va uning turlari. 
 
Inflyatsiya lotincha «inflatio» so‘zidan olingan bo‘lib «ish», «bo‘rtish», 
«ko‘pchish» degan ma‘noni anglatadi. Bu so‘z XIX asrning o‘rtalaridan boshlab 
iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy termin sifatida ishlatilguncha qadar, u tibbiyotda 
xavfli o‘sma kasalini ifodalashda qo‘llanilgan.
Tarix haqiqatda ham bu so‘zning har tomonlama xavfli ekanligini ko‘rsatdi. 
Chunki inflyatsiya qandaydir alohida olingan bozorda tovarlar va xizmatlar narxining 
o‘sishidangina iborat bo‘lmasdan, bu umumiqtisod uchun xavfli hodisadir. Inflyatsiya 
so‘zining iqtisodiy tarjimasi – muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning 
bahosiga nisbatan ko‘p pul chiqarish degan ma‘noni anglatadi. Iqtisodda 
inflyatsiyaning yakuni tovarlar bahosining o‘sishiga, qoniqtirilmagan, lekin qisman 
to‘lanishi mumkin bo‘lgan talablarning vujudga kelishga olib keladi.
Odatda inflyatsiyaning bu turi - klassik inflyatsiya deb yuritiladi. Inflyatsiya so‘zi 
pul muomalasi sohasida AQSh ning Shimoliy va Janubiy shtatlari o‘rtasida fuqarolar 



urushi bo‘lganda muomalaga juda ko‘p miqdorda (450mln. grin bek) qog‘oz dollar 
chiqarilgan boshlab qo‘llanila boshlagan. Ularning sotib olish qobiliyati ikki yildan 
keyin 50 foizlargacha tushib ketgan . 
Agar tarixga e‘tibor beradigan bo‘lsak, urush va boshqa ofatlar sababli davlat 
xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog‘liq. Masalan, Angliyada kuchli 
inflyatsiya XIX asrning boshida Napoleon bilan urush davrida, Frantsiyada - Fransuz 
revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o‘rtalarida namoyon bo‘lgan. 
Germaniyada juda yuqori sur‘atlardagi inflyatsiya 1923 yillarda bo‘lib, muomaladagi 
pul massasi 496 kvintillion markagacha etgan va pul birligi trillion marta 
qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko‘rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni 
bo‘lmasdan, tarixan mavjud bo‘lgan jarayondir.
Hozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo‘lib 
xo‘jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi bilan, pul omillaridan tashqari 
boshqa iqtisodiy omillarga ta‘sir qilishi Ibilan farqlanadi. Oxirgi yillarda inflyatsiya 
tez-tez uchrab turadigan jarayon bo‘lib, sifati ham o‘zgarib bormoqda. Buning sababi 
shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; 
ikkinchidan pul muomalasi qonunining buzilishi natijasida umumxo‘jalik 
mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. 
XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo‘lib qolmasdan, 
ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. 
Hozirgi davr inflyatsiyasi birinchidan; pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida 
pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan; - ishlab chiqarishga ketadigan 
xarajatlar salmog‘ining o‘sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul 
massasining ortib borishi bilan ifodalanadi.
Inflyatsiyaning asosiy sababi - bu xalq xo‘jaligining turli sohalari o‘rtasida 
vujudga kelgan nomutanosiblikdir. Bu avvalambor, jamg‘arma va iste‘mol 
o‘rtasidasidagi, talab va taklif, davlatning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi 
muomaladagi pul massasi va xo‘jaliklarning naqd pulga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi 
nomutanosibliklardan iboratdir. 1960-yillarning boshida inflyatsiya darajasi AQSHda 
1-2%ni tashkil etgan. Oxirgi yillarda bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lib, nobarqarorligi bilan 
ajralib turadi. 1960-yilning oxirida inflyatsiya 5%ni tashkil etdi, 1974 yilda esa, ikki 
sonli ko‘rsatkichga yetdi. 1975-1978 yillarda inflyatsiya darajasi bir muncha sekin 
o‘sgan bo‘lsada, 1979-1980 yillarda 10%dan o‘sib ketdi. 1982 -1990 yillarda 
inflyatsiya darajasi 5%gacha pasaydi.85 Qisqa qilib aytganda, ijtimoiy ishlab chiqarish 
rivojlanishida yuzaga keluvchi disproportsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar 
bahosining umumiy yoki to‘xtovsiz o‘sishi va natijada pul muomalasi qonunining 
buzilishi oqibatda pul biriligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi.
Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
1. Tovar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o‘sib borishi natijasida p 



ulning qadrsizlanishi va uning sotib olish qobiliyatining tushib borishi;
2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi;
3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Ba‘zi bir iqtisodchilarimizning fikricha inflyatsiya - bu barcha tovarlar 
baholarining oshishini bildirmaydi. Inflyatsiya juda tez o‘sgan taqdirda ham ayrim 
tovarlar bahosi barqaror bo‘lib qolishi, boshqalarniki tushishi ham mumkin ekan.86 
Bizning fikrimizcha, bunday xulosalar 70- 80 yillarning inflyatsiyasiga mos kelishi 
mumkin. Albatta, inflyatsiya davrida baholarning oshishi doim bir xil sur‘atlarda 
bo‘lmasdan, sakrab turadigan bo‘lishi mumkin. Lekin, ba‘zi tovarlar bahosining 
tushishi yoki barqaror bo‘lib turishi XX asrning inflyatsiyasi uchun mos deb to‘liq 
ishonch bilan uqtira olmaymiz. Ba‘zida davlat aralashuvi bilan aholi iste‘moli uchun 
zarur bo‘lgan ayrim bir tovarlar bahosining ma‘lum davrda barqaror ushlab turish 
mumkin, ammo inflyatsiyaning kuchayib borishi shu tovarlar baholarining ham oxir 
oqibatda oshishiga olib keladi. Bizning fikrimizcha, baholar oshishi to‘g‘risida 
gapirganda, inflyatsiya darajasida baholar oshishi va umuman baholar oshishi 
tushunchalarini to‘g‘ri talqin qila olish kerak. Masalan, xamma vaqt ham ba‘zi tovarlar 
bahosining oshishi inflyatsiyani anglatmasligi mumkin. Tovarlar bahosi oshishi 
inflyatsiya bo‘lmagan davrda, oltin pul muomalasi sharoitida ham bo‘lishi mumkin.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling