Farg’ona Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 21. 59-guruh talabasi Aliyev Asadbekning Landshaftshunoslik fanidan mustaqil ish taqdimoti


Download 193.44 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi193.44 Kb.
#1432612
1   2   3
Bog'liq
Landshafshunoslik

Landshaftlarning tarkibiy

  • Muayyan bir landshaftni tadqiq qilishida, uni dala sharoitida aniqlab, xaritaga tushirishda uning morfologik tuzilishini o‘rganish, bilish katta ahamiyatga egadir.
  • Landshaftlar o‘zidan kichik bo‘lgan tabiiy hududiy komplekslardan tuzilgan degan g‘oyani dastlab ilgari surgan kishi L.G.Ramenskiy (1935, 1938) bo‘lib, uning fikricha,landshaftshunoslik o‘rganishi kerak bo‘lgan eng kichik birlik epifitsiya bo‘lishi kerak. Har bir epifitsiya o‘zidan kattaroq bo‘lgan kompleksning shunday bir qismiki, u bir xil ekologik tartib, bir xil o‘simlik va hayvonot (biosenoz) bilan hamda hosil bo‘lish va keyingi rivojlanish imkoniyati o‘xshashligi bilan tavsiflanadi.

Landshaftlarning birlamchi va eng kichik morfologik qismini geografik adabiyotda turlicha nom bilan atalganligini ko‘rish mumkin. Masalan, epimorfa (R.I.Abolin, 1914), elementar landshaft (B.B.Polinov,1915), mikrolandshaft (I.V.Larin,1926), epifatsiya (L.G.Ramenskiy, 1938), biogeosenoz (V.N.Sukachev, 1948) va fatsiya (L.S.Berg, 1945; N.A.Solnsev, 1949). Bu atamalardan landshaftshunoslar tomonidan e'tirof etilib, foydalanib kelinayotgani fatsiyadir.

  • Landshaftlarning birlamchi va eng kichik morfologik qismini geografik adabiyotda turlicha nom bilan atalganligini ko‘rish mumkin. Masalan, epimorfa (R.I.Abolin, 1914), elementar landshaft (B.B.Polinov,1915), mikrolandshaft (I.V.Larin,1926), epifatsiya (L.G.Ramenskiy, 1938), biogeosenoz (V.N.Sukachev, 1948) va fatsiya (L.S.Berg, 1945; N.A.Solnsev, 1949). Bu atamalardan landshaftshunoslar tomonidan e'tirof etilib, foydalanib kelinayotgani fatsiyadir.
  • "Fatsiya" atamasi landshaftshunoslikka L.G.Ramenskiy (1935) va L.S.Berg (1945) tomonidan kiritilib, lotincha facies, ya'ni tashqi qiyofa ma'nosini anglatadi. Nemis olimlari (Neef, 1963; Haaze, 1971) ko‘proq "top" atamasidan foydalanadilar. Bu atama topos, ya'ni joy degan ma'noni anglatib, fatsiya atamasini to‘ldiradi.

Fatsiya dala sharoitida aniqlab, xaritaga tushirib olish unchalik qiyin bo‘lmagan, nisbatan oddiy tuzilgan eng kichik geotizimdir. Shuning uchun fatsiyani ba'zan "geografik molekula"ga, landshaftlar "atomlari"ga, yoki "tirik organizmdagi hujayra"ga o‘xshatishadi. Fatsiyalar boshqatabiiy hududiy komplekslarga bo‘linmaydi. Bo‘lingan taqdirda ham ular tabiiy hududiy kompleksning elementlarigagina bo‘linishi mumkin.

  • Fatsiya dala sharoitida aniqlab, xaritaga tushirib olish unchalik qiyin bo‘lmagan, nisbatan oddiy tuzilgan eng kichik geotizimdir. Shuning uchun fatsiyani ba'zan "geografik molekula"ga, landshaftlar "atomlari"ga, yoki "tirik organizmdagi hujayra"ga o‘xshatishadi. Fatsiyalar boshqatabiiy hududiy komplekslarga bo‘linmaydi. Bo‘lingan taqdirda ham ular tabiiy hududiy kompleksning elementlarigagina bo‘linishi mumkin.
  • Maxsus adabiyotlarda uchraydigan “Elementar landshaft”, “biogeosenoz turi”, “landshaftning elementar bo‘lagi” kabi atamalar ham fatsiyaning sinonimlaridir. M.A. Glazovskaya (1988) ham fatsiyani “Eng oddiy (elementar) landshaft-geokimyoviy tizim” deb ataydi va uning ichki tuzilishini 6-rasmdagidek tasavvur qiladi

Download 193.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling