Farg’ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti
Download 177.62 Kb.
|
ALIMARDON
Kashalot (Physeter catodon) — tishli kitlar kenja turkumiga mansub sut emizuvchi suv hayvoni. Uz. urgʻochisi 13 m gacha, erkagi 21 m gacha, ogʻirligi 30— 70 t. Boshi juda katta, tanasining uchdan bir qismini tashkil etadi. Tanasining old tomoni toʻmtoq. Ingichka va uzun pastki jagʻida 18—30 juft tishi bor; yuqori jagʻida tishi yoʻq. K. qoʻngʻirdan to toʻq jigarrang tusda. Okean va ochiq dengizlarda tarqalgan. Baʼzan Barens dengizi va Kamchatka sohillari yaqinida uchraydi. K. — poligam hayvon. 5 yoshida voyaga yetadi. 50 yilcha yashaydi. Kalmarlar va baliqlar bilan oziqlanadi. Oziq topish uchun 2 km gacha chuqurlikka shoʻngishi, suv ostida 1,5 soatgacha turishi mumkin. Iqtisodiy ahamiyati katta. Bitta K.dan 9—10 t yogʻ olinadi. Ovlash man etilgan.[1]nknbbjouhhhusalom siz bugun kashalot haqida bilibolasiz .kashalot haqida multgilmlarda ham tamosho qilgansiz
Morj (Odobenus rosmarus) — kurakoyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchi. 3 ta kenja turni xosil qiladi. Uz. 410 sm gacha, vazni 2000 kg gacha. Boshi oldingi tomondan toʻmtoq; tumshugʻining 2 yonida 300—350 tadan vibrissalar (tuygʻu qillari) bor. Quloq suprasi va dumi boʻlmaydi. Yuqori jagʻidan chiqib, pastga osilib turadigan yirtqich tishlarining uz. 60—80 sm (urgʻochisida ingichka va kaltaroq). Terisi qalin, juda koʻp burmalardan iborat. M. yaxshi koʻrmaydi, lekin qidni tez sezadi. Quruqlikda orqa oyoqlarini gavdasining ostiga bukib, harakatlanadi. Suv muhitiga moslashishi tufayli juni juda siyraklashgan; yangi tugʻilgan bolalarining juni qalin va uzun. M. Shimoliy Muz okeani soxillari va qutb orollarida, jumladan, Bering, Chukot, Sharqiy Sibir, Laptev, qisman Barens dengizida tarqalgan. Migratsiya kutadya. Asosan, suv tubidagi mollyuskalar bilan oziklanadi. Muz ustiga chiqib bolalaydi. Boʻgʻozlik davri 1 yilga yaqin; bolasini 2 yilgacha emizadi. Soni kamayib ketganligi tufayli faqat mahalliy aholiga ovlash ruxsat etilgan. Xalqaro va milliy Qizil kitoblarga kiritilgan.[1]
Download 177.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling