Fargʻona davlat universiteti Tarix fakulteti Sotsiologiya yoʻnalishi 20. 156-guruh talabasi Mamirov Saidislom
Download 16.38 Kb.
|
Oʻrta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy asarlarida fanlararo yondashuv gʻoyalari
Fargʻona davlat universiteti Tarix fakulteti Sotsiologiya yoʻnalishi 20.156-guruh talabasi Mamirov SaidislomMavzu : Oʻrta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy asarlarida fanlararoYondashuv gʻoyalariBugungi kunda zamonaviy fan tizimida fanlararo yondashuv rivojlanib borayotgan asosiy yoʻnalish hisoblanadi. Bunda Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoda ijod qilgan mutafakkirlarning beqiyos xizmatlari bor. Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Xorazmiy kabi buyuk faylasuf va allomalarning asarlari jahon sivilizatsiyasining oltin xazinasidan munosib oʻrin olgan. Ular jahon fani va madaniyati tarixida oʻchmas iz qoldirgan. Ammo mutafakkirlarimizning fanlararo yondashuvni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi yetarlicha tadqiq etilmagan. Biz Oʻrta asr mutafakkirlarining ilmiy merosidagi fanlararo yondashuvni zamonaviy fan metodologiyasi asosida tadqiq etamiz.
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining jahon ilm-faniga qoʻshgan beqiyos hissasi I.Moʻminov, A.Kubesov, M.Dinorshoyev, M.Xayrullayev, Z.Kuli-Zoda, V.Bartold va boshqa koʻplab olimlarning ilmiy tadqiqotlarida oʻz ifodasini topgan. Bu olimlar mutafakkirlarning ilmiy xazinasi va durdona merosini tarixiylik, diaxron metodlar asosida tadqiq etgan. Xususan, Oʻrta asrlardagi sanʼatda falsafa va matematika integratsiyasiga oid maʼlumotlarni L.I.Rempelning asarlarida koʻrish mumkin [2:11]. Bunda mutafakkirlarimizning ilmiy merosidagi bilimlar integratsiyasining fanlararo yondashuv namunalari matematika, musiqa, arxitektura, sheʼriyat, meditsina misolida ochib berilgan.
Download 16.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling