Qabul qildi: lutfullayeva durdona Ilmiy tadqiqot tamoyillari. Tarixiylik, zidlanish tamoyillari


Download 472.62 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi472.62 Kb.
#1117343
Bog'liq
Ilmit tadqiqot metadologiyasi ppt

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik 1-kurs magistri Abdurahmonov mahmudxonning Ilmiy tadqiqot metadologiyasi fanidan tayyotlagan ishi

Qabul qildi: lutfullayeva durdona

Ilmiy tadqiqot tamoyillari.Tarixiylik, zidlanish tamoyillari.

Metod (yun. methodos – bilish usuli) subʼektning har qanday shakldagi faoliyat usuli sanaladi.1 Faoliyatning muayyan sohasida (fan, siyosat, sanʼat va boshq.) qoʼllaniladigan vosita va usullar sistemasi; metodning umumiy nazariyasi, metodlar sistemasi haqidagi taʼlimot metodologiya sanaladi.

Metodika – kuzatish va eksperiment usullari majmuasi.

  • Metodika – kuzatish va eksperiment usullari majmuasi.
  • Metod – tajriba (eksperiment) orqali aniqlangan va kuzatilgan natijalarni nazariy umumlashtirish usullari.
  • Metodologiya – bilish jarayoniga dunyoqarash tamoyillarini qoʼllash.1
  • Metodologiya umuman ilmiy metod haqidagi taʼlimot hamda xususiy fanlar metodlari haqidagi taʼlimot, yaʼni bilish faoliyati yoʼllari haqidagi taʼlimot sifatida har qanday fan nazariyasi va amaliyotida katta ahamiyatga ega.

Dialektik metod tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini eʼtiborga oluvchi metoddir. U XVIII asrdan boshlab tabiiy fanlarda roʼy bergan katta oʼzgarish va bu oʼzgarishning shu kunga qadar borliqni metafizik oʼrganishga zarba berishi natijasida maydonga keldi. Tabiatshunoslikda metafizik tasavvurga Kantning tabiiy nazariyasi, Lomonosovning moddaning saqlanish va harakat qonuni qattiq zarba berdi. Mazkur kashfiyotlar tabiatda oʼzgarmaydigan hech narsa yoʼqligini isbotladi.

  • Dialektik metod tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini eʼtiborga oluvchi metoddir. U XVIII asrdan boshlab tabiiy fanlarda roʼy bergan katta oʼzgarish va bu oʼzgarishning shu kunga qadar borliqni metafizik oʼrganishga zarba berishi natijasida maydonga keldi. Tabiatshunoslikda metafizik tasavvurga Kantning tabiiy nazariyasi, Lomonosovning moddaning saqlanish va harakat qonuni qattiq zarba berdi. Mazkur kashfiyotlar tabiatda oʼzgarmaydigan hech narsa yoʼqligini isbotladi.
  • Аyni paytda, ular falsafiy qarashlarga ham oʼz taʼsirini koʼrsatdi. XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida falsafa tarixida Gegelь dialektik taraqqiyot nazariyasini olgʼa surdi.

Umumilmiy va xususiy ilmiy metodlar

  • Metodlar ham umumiydan xususiyga qarab darajalanish xususiyatiga ega.
  • Аna shu darajalanish belgisiga koʼra yuqori sathni falsafiy metodlar (metafizik, dialektik, fenomenologik, germenevtik va boshq.) egallaydi. Undan soʼnggi sathni umumilmiy metodlar tashkil qiladi. Garchi bu sathdagi metodlarning eʼtirof etilgan tasnifi mavjud boʼlmasa ham, turli tasniflar ichidan eng muhimi sifatida «yuqoridan quyiga» tamoyili asosida quyidagi uch kichik sathni ajratish mumkin: 1) umummantiqiy; 2) nazariy; 3) empirik.
  • Olamni ilmiy bilishda umummantiqiy metodlarning ahamiyati katta. Obʼektni bilishning tahlil, sintez, mavhumlashtirish, umumlashtirish, induktsiya, deduktsiya, analogiya, modellashtirish, sistem yondashuv singari usullari umummantiqiy metodlar hisoblanadi.

Ilmiy tadqiqot tamoyillari

  • Ilmiy tadqiqot metodi muayyan tamoyillarga amal qiladi. Demak, tamoyil tadqiqot metodi tarkibiga kiruvchi muhim unsurlardan biridir.
  • Tamoyil – real borliqning muhim belgilarini aks ettiruvchi, ayni paytda, uni bilish usulini ifodalovchi fundamental nazariy tushunchadir.1
  • U insonning bilish va amaliy faoliyatini tartibga solish uchun xizmat qiluvchi tayanch nuqta boʼlib, muayyan metodologik talablar sistemasini oʼzida namoyon qiladi va u yoki bu tushunchalar hamda qonunlar vositasi orqali ifodalanadi.

Tarixiylik tamoyili. Tarixiylik (istorizm) borliqning ichki rivojlanishini ifodalovchi falsafiy, dialektik tamoyil sanaladi. U muayyan narsa va hodisaning vaqt oʼqida uzluksiz munosabatda boʼluvchi oʼtgan, hozirgi, kelasi zamondagi holatlarining bir butunligini ifodalaydi.

  • Tarixiylik tamoyili. Tarixiylik (istorizm) borliqning ichki rivojlanishini ifodalovchi falsafiy, dialektik tamoyil sanaladi. U muayyan narsa va hodisaning vaqt oʼqida uzluksiz munosabatda boʼluvchi oʼtgan, hozirgi, kelasi zamondagi holatlarining bir butunligini ifodalaydi.
  • Zidlanish tamoyili. Ziddiyat tamoyili narsa va hodisalarning obʼektiv ichki zidlanishiga asoslanuvchi falsafiy, dialektik tamoyil sanaladi.

Bu tamoyil dialektik falsafaning qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuniga tayanadi va quyidagi asosiy talablarni qoʼyadi: a) narsa va hodisalar tarkibidagi ichki aʼzolarning zidlanish munosabatlarini aniqlash; b) bu zidlanishdagi zidlanuvchi aʼzolardan bittasini «sof holda» turli tomondan toʼla tahlil qilish; v) zidlanuvchi aʼzolardan ikkinchisini «sof holda» turli tomondan toʼla tahlil qilish; g) narsa va hodisalarni qarama-qarshiliklar birligi sifatida tadqiq etish; d) mazkur zidlanishning narsa va hodisaning boshqa zidlanishlar sistemasidagi oʼrnini belgilash; ye) bu zidlanishning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini kuzatish va boshq.

  • Bu tamoyil dialektik falsafaning qarama-qarshiliklar birligi va kurash qonuniga tayanadi va quyidagi asosiy talablarni qoʼyadi: a) narsa va hodisalar tarkibidagi ichki aʼzolarning zidlanish munosabatlarini aniqlash; b) bu zidlanishdagi zidlanuvchi aʼzolardan bittasini «sof holda» turli tomondan toʼla tahlil qilish; v) zidlanuvchi aʼzolardan ikkinchisini «sof holda» turli tomondan toʼla tahlil qilish; g) narsa va hodisalarni qarama-qarshiliklar birligi sifatida tadqiq etish; d) mazkur zidlanishning narsa va hodisaning boshqa zidlanishlar sistemasidagi oʼrnini belgilash; ye) bu zidlanishning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini kuzatish va boshq.

E’tiboringiz uchun rahmat

  • E’tiboringiz uchun rahmat

Download 472.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling