Farg‘ona Davlat Universiteti Texnalogik ta‘lim yo‘nalishi 22-19 guruh talabasi O'sarova Shoiraxonning O'zbek tilining sohada qo'llanishi fanidan tayorlagan slaydi
Sohada kasbiy muloqot madaniyati va tildan foydalanish
Download 36.1 Kb.
|
Rasulova Feruzabonu
Sohada kasbiy muloqot madaniyati va tildan foydalanish
Sport diskursini o‘rganish jarayonida tildagi tizimda futbol konseptini ifodalovchi til vositalarining tarkibiy qismini aniqlash mumkin. Bu turdagi diskurslar ko‘p darajali bo‘lib, unda sport sharhlovchilari nutqlari va sportchilar nutqi mavjud. Zamonaviy sport diskursining konseptual asosi – bu alohida sport turining zamonaviy madaniyat uchun eng muhim sport tushunchalaridir. Bunga misol, bugungi kunda sport diskursi tarkibidagi eng muhim qismi bo‘lgan futbol konseptidir. Sport zamonaviy madaniyatning muhim qismini belgilab berishi, ushbu hodisaning hozirgi lingvistik voqeligi, sportning lingvistik madaniyati to‘g‘risida aniq gapirish mumkin. So‘nggi o‘n yilliklarda sportdagi yuqori yutuqlar tufayli umuman sportga, sportdagi muloqot tiliga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Zamonaviy sport XXI asrning mashhur hodisasidir va uning lingvistik tarkibi chuqur o‘rganishni talab qiladi. Sportdagi muloqot tili jurnalistlar nutqi, sport sharhlovchilari nutqlari va sportchilar nutqi kabilarga bo‘linadi. Bugungi kunda sportdagi muloqot tili odatdagi muhitdan tashqariga chiqmoqda. Zamonaviy til nazariyasi doirasida olib borilgan tadqiqotlar tushunchalarni umuminsoniy, milliy, madaniy va boshqa toifalarga ajratish imkoniyatini ochib beradi. Ushbu turdagi tasniflash ko‘pincha noaniqdir. Bebeto imo-ishora belgisi bu yerda “qo‘llarni yon tomonga siljitish, chaqaloqni allalash harakatiga taqlid qilish” ma’nosida ishlatilganiga yorqin misol. Ushbu leksik birlik – bu futbolchilar to‘pni raqib darvozasiga kiritgan vaziyatlarda ishlatadigan maxsus ishoradir. Bunday imo-ishora futboldagi muloqotning verbal va noverbal tarkibiy qismlari o‘rtasidagi eng yaqin bog‘liqlikning namunasidir. Shunday qilib, o‘yinchilar maydonda imo-ishora darajasida ishlab chiqqan sport ma’lumotlari to‘g‘ri shifrlangan, mos keladigan til ifodasini oladi, sportchilar nutqida faol ishlaydi. Download 36.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling