Tuproqning mineralogik tarkibi
MAGMATIK METAMORFIK CHO’KINDI JINSLAR
Magmatik tog‘ jinslari yuqori harorat, bosim, suv yetishmovchiligi sharoitida hosil bo‘lib, o‘zining yuqori zichligi, kristallik tuzilishi, barqarorligi, kimyoviy va mineral tarkibi bilan ajralib turadi.
Cho‘kindi tog‘ jinslari magmatik jinslarining atmosfera agentlarining, ya’ni haroratning o‘zgarishi, yog‘in-sochin, suv, shamol, muzlash ta’sirida mexanik yemirilishdan hosil bo‘ladi.
Metamorfik tog‘ jinslari, ya’ni gneys, slanets, marmar va boshqalar yerning chuqur qatlamlarida yuqori harorat va bosim ostida cho‘kindi va magmatik jinslarning qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan mahsulotdir.
Tuproqning organik qismi uning sifatini, unumdorligini belgilovchi asosiy omil. Tuproqning organik qismi turli xildagi va tarkibdagi organik moddalardan tashkil topgan. Ви organik moddalar o'simliklar, jonivorlar va mikroorganizmlarning har xil darajada chirigan qoldiqlaridan, ular metabolizmining mahsulotlaridan hamda tuproqning o'ziga xos moddasi - gumus yig'indisidan iborat. Gumus murakkab kimyoviy tarkibli azot saqlovchi yuqori molekulyar modda kompleksi bo'lib, odatda qoramtir tusli va tuproqqa tekis singib ketgan hamda mineral qismi bilan juda mustahkam birikkan holatdadir. Tuproqning organik moddalari tarkibida doim turli organizmlarning tirik hujayralari va tuproq faunasi Uonivorlari) ham ishtirok etadi. Tuproqlar organik qismining tarkibi taxminan quyidagi nisbatda: gumus 85 foiz, o'simlik qoldiqlari 10 foiz, tuproq tlorasi va faunasi (tirik zamburug'lar, suv o'tlari, bakteriya va aktinomisetlar, yomg'ir chuvalchanglari kabilar) 5 foiz chamasida bo'ladi
TUPROQ SINGDIRISH QOBILYATI.
Tuproq komponentlari (qattiq, suyuq, gazsimon va biologik fazalari) ning tevarak -atrof muhitdan turli qattiq, suyuq va gazsimon moddalar, ayrim molekulalar, kationlar va anionlarni almashinib yoki almashmasdan singdirish xossasiga uning singdirish qobiliyati deyiladi.Tuproqda kechadigan singdirish jarayonlari o'z tabiati bilan nihoyatda murakkab bo'lib, jumladan, turli moddalarning zarrachalar yuzasida yutilib, ushlanib qolinishi yoki ularning bevosita singdirilmasligi kabi xilma-xil hodisalar yig'indisini o'z ichiga oladi.
Tuproqning singdirish qobiliyati turli kimyoviy, fizikaviy, tizik-kimyoviy va biologik jarayonlar ta'sirida го'у beradi.
MEXANIK-atmosfera yog’inlari va sug’orish suvlaridagi mayda loyqa zarrachalarining tuproq qatlamlarida to’liq yoki qisman ushlanib qolinishiga mexanik singdirish deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |