Farg’ona Davlat Universiteti Uzumchilik, Mevachilik va Sabzavotchilik fakulteti Agranomiya(anorchilik) yo’nalishi 20. 81 –guruh talabasi Raxmonova diyoraning Tuproq shunoslik va agrokimyo fanidan tayorlagan mustaqil talim slaydi
Ko‘pchilik hollarda tuproq tarkibidagi elementlar miqdori
Download 14.89 Kb.
|
Tuproqni kimyoviy tarkibi. Tuproqdagi kimyoviy elementlar, ularn-fayllar.org
Ko‘pchilik hollarda tuproq tarkibidagi elementlar miqdori
0-50 sm yoki 1 metr qalinliklar uchun o‘rta hisoblanadi. Tegishli ma’lumotlarni bir metr qalinlikdagi tuproqqa nisbatan hisoblash uslubiy jihatdan juda to‘g‘ri emas. Lekin taqriban o‘rtacha ma’lumotlarni olish uchun ishlatish mumkin. Ayniqsa bu o‘rtacha gilli, korbanatli, gumusli qatlamlar, alohida-alohida ajralib turadigan tuproqlarda katta xatoliklarga olib keladi. Elementlar miqdor va tarkib jihatdan tuproqni granulometrik tarkibiga ham bog‘liq. Har xil granulometrik tarkibga ega bo‘lgan tuproqlarda bu ko‘rsatkichlar ham har xil bo‘ladi. Masalan: kremniy miqdorlari yuqoridagi tuproqlar uchun 21,5-43,7%, alyuminiy miqdoriy ko‘rsatkichining tebranishi esa 6,4-14%, temirniki esa 3-11,5% ni tashkil yetadi. Har qanday tuproqning element tarkibi tuproqni granulometrik tarkibi, genezisi hamda shu elementning xususiyatlariga va boshqalarga bog‘liq. Masalan: yengil tuproqlarda kremniy miqdori ko‘p bo‘lib qolgan elementlar miqdori kamayadi, bunday tuproq massasining asosiy qismini Si02 tashkil qiladi. Anorganik uglerod miqdori esa yuvilmaydigan, karbonatli jinslar ustida paydo bo‘lgan tuproqlarga (bo‘z) xos.Har qanday tuproqning element tarkibi tuproqni granulometrik tarkibi, genezisi hamda shu elementning xususiyatlariga va boshqalarga bog‘liq. Masalan: yengil tuproqlarda kremniy miqdori ko‘p bo‘lib qolgan elementlar miqdori kamayadi, bunday tuproq massasining asosiy qismini Si02 tashkil qiladi. Anorganik uglerod miqdori esa yuvilmaydigan, karbonatli jinslar ustida paydo bo‘lgan tuproqlarga (bo‘z) xos. Oltingugurt miqdori ham anorganik uglerod kabi bo‘ladi, ya’ni yuvilmaydi, gipsli tuproqlarda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu sohada qizil tuproqlar boshqalardan keskin farq qiladi, ya’ni unda kremniy miqdori keskin kamayadi, aksincha alyuminiyli va temirli moddalar ko‘payadi. Tuproq bilan ona jinslarni solishtiradigan bo‘lsak tuproq gumus va u bilan birga akkumulyatsiyalanadigan C, Н, N, O, P, S bioelementlarga boy. Mineral elementlar Fe, Al, Ca, Mg, K, Na va boshqa tirik mavjudotdagi nasldan naslga o‘tish kabi ona jinsdan tuproqqa o‘tgan, shuning uchun ularni tuproqdagi miqdori bilan ona jinsdagi miqdorlari orasida farq kam. Tuproqdagi CaCO3, CaSO4, MgSO4, NaCl, NaHCO3 kabi oddiy tuzlar maxsus qatlamlarda to‘planadi va yuviladigan suv tartibotiga ega tuproqlarda yuvilib kyetadi. Odatda bularning tuproqdagi o‘rni shu tuproqning suv tartiboti bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Tuproq hosil qilish jarayonida elementlar va moddalarning differensiyasi faqat vertikal, ya’ni genetik qatlamlardagina bo‘lmasdan gorizontal yo‘nalishlarda ham sodir bo‘ladi. Karbonat, gips va gilli qatlamlarda, tuzlar va oksidlarning to‘planishi darhol seziladi. Masalan, dasht zonasining tuproqlaridagi karbonatdan konkretsiyasi 60-80% CaSO4 dan iborat bo‘lib Si miqdori 7-14%, Al esa 1-3% Fe, qolgan elementlar bir foiz, ya’ni Na, K, S, P lar juda oz miqdorni tashkil qiladi. Sohillardagi tuproqlarda uchraydigan temir-marganets konkretsiyalarida temir 7-25%, marganets 0,6-9% gacha bo‘ladi. Download 14.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling