Farg‘ona davlat universiteti
Download 1.14 Mb.
|
Shohida praktikum
Metchik ikki asosiy: ishchi va quyruq qismdan tuzilgan. Ishchi qismi ko’ndalang, to’g’ri yoki vint ariqchaga ega bo’lgan vintdan iborat bo’lib, u rezba kesishda ishlatiladi. Ishchi kiyem o’z navbatida kesuvchi va kalibrlovchi qismlardan iborat. Kesuvchi qism-ning to’g’ri va teskari yo’nalishdagi egriligi qirindi chiqarishni osonlashtiradi (bunday egriliklar o’ng rezbada chapga, chap rezbada o’ngga yo’nalgan). Kalibrlovchi (yo’naltiruvchi) kiyem metchikning kesuvchi elementidir. U metchikni teshikka yo’naltirib, kesiladigan teshikni kalibrlaydi. Quyruq chivig’i metchikni patronda yoki uni ish vaqgida parma-dastada ushlab turush uchun xizmat qiladi. Ariqchalar bilan chegaralangan rezbali jismi metchikning kesuvchi tishlari deb ataladi (261-rasm, b). Ular pona shakliga ega. Kesuvchi tishlarning oldingi, orqa va o’tkirlik burchaklari kesuvchi va kalibrlovchi qismlarida xar xil bo’ladi (261-rasm, v). O’rta qattiqliqsagi po’lat uchun oldingi burchak 5°, orqa burchak 6°—8°. Metchiklarning tish profillari silliqlangan va silliqlanma- gan holda ishlab chiqariladi. Tish profili silliklangan metchiklar bilan ishlov berilgan rezba sirti toza va aniq bo’ladi. Metchikning ichki qismi uning o’zagi hisoblanadi. Zanglamay-digan po’latlarni kesish uchun ishlatiladiganlarining o’zagi yo’g’on-roq qilib tayyorlanadi.
Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling