Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova


-Mavzu:O`zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari


Download 337.83 Kb.
bet11/51
Sana01.04.2023
Hajmi337.83 Kb.
#1315305
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
Bog'liq
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr

5-Mavzu:O`zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari
Reja:
1.O’zbekistonda dastlabki maktabgacha ta’lim muassasalari: yaslilarning vujudga kelishi va taraqqiyoti.
2. “ Bolalar maydonchasi xilida” birinchi bolalar bog’chalarini tashkillanishi.
3. Turkistonda dastlabki davlar bolalar bog’chalarini ochilishi
4. “Maktabgacha tarbiya bo`limi to’g’risida”gi nizomning qabul qilinishi.
Tayanch so`z va iboralar: “Maktabgacha tarbiya bo`limi to’g’risida”gi nizom, “Jamiyati hayriya”, bolalar yetimxonalari, yasli, “Bog`dorchilik” jamiyati, bolalar maydonchasi.
1.O’zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyoti
O’rta Osiyoda XIX asrning 80-90 yillariga kelib, bolalar maktabgacha ijtimoiy tarbiyasi g’oyalari yetila boshlandi. O’sha davrda taraqqiyparvarlik kayfiyatidagi mahalliy ziyolilar mehnatkash ayollarning og’ir ahvolini va bolalar nazoratsizligini ko’rib, ularning qismatni yengillashtirishga inyila boshladilar. Bu ziyolilar vakillari 1871-yilda Turkistonda tuzilgan “Jamiyati xayriya” tarkibiga kirgan edilar. “Jamiyati hayriya”tashkiloti tomonidanmiskinlar uylari, tunash joylari, tug’ruq joylari bilan bir qatorda ota-onasi bo’lmagan bolalar uchun yetimxonalarni tashkil etdi. Bu yetimxonalar oz sonli bolalarni butun Turkistonda tuzilgan taxminan 150-200 kishini o’z ichiga oldi. Ushbu yetimxonalar yasli yoshli bolalardan tartib maktab yoshidagi bolalarni ham amrab olgan.
1896-yilda Turkistonda vositalar kengashi kambag’allarning bolalari uchun “yasli’lar deb ataladigan muassasalarni tuza boshladi. Yaslilarga atak-chechak qila boshlagan bolalar qabul qilingan va maktabga ketgunga qadar tarbiyalangan bolalar kun bo’yi yaslada bo’lishar va uch marta ovtlantirilar edi. Yasla ishlarini nazoratchi ayol boshargan, xizmat qiluvchi hodimlar ham bo’lgan. Bu muassasada duolar o’qishga (duogo’ylikka) qat’iyat bilan o’rgatilgan. Shuningdek bolalarni oddiy o’qishga, yozishga, sanashga, toqishga, to’r to’qishga, tikishga va boshqa hunarlarga o’rgatilgan. Butun o’lka bo’ylab shunday yaslalardagi bolalar soni 50-60 boladan oshmas edi.



Download 337.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling