Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova


Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning alohida turi sifatida


Download 337.83 Kb.
bet2/51
Sana01.04.2023
Hajmi337.83 Kb.
#1315305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr

2. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning alohida turi sifatida.

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» to‘g‘risida qonunlari talablari asosida tashkil etiladi.


Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va etuk maktabda o‘kishga tayyorgarlik darajasida shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning olti – etti yoshga to‘lgunga qadar oilada maktabgacha ta’lim muassasalari (yaslilar uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bolalar maktabgacha ta’lim muassasasilari 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo‘lgan bola uchun) va mulk shaklidan qat’iy nazar ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanadilar va ta’lim – tarbiya oladilar. Ularning sog‘ligi mustaxkamlanadi o‘z – o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Ularda mehnatga muhabbat uyg‘onadi. Kattalarga hurmat vatanparvarlik to‘yg‘ulari tarbiyalanadi. Bolalar maktab ta’limi uchun tayyorgarlik ko‘radilar. Maktabgacha ta’lim muassasalari umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinflari bilan uzluksiz aloqani amalga oshirilishi lozim.
Maktabgacha ta’lim sog‘lom, har tomonlama etuk bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi. Bolalarni maktabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlashda ota-onalarga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim bola 6-7 yoshga etguncha oilada, davlat va davlatga shli bo‘lmagan maktabgacha bolalar muassasalarida amalga oshiriladi va maktabgacha ta’lim muassasasining Ustavi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 1998 yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga, Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqiladi. Tuman, shahar xalq ta’lim bo‘limlari tomonidan tasdiqlanadi.
Maktabgacha ta’limning vazifalari:

  • bolalarni xalqning boy milliy. madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-ahloqiy jixatdan tarbiyalash;

  • bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;

  • maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash;

  • bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;

  • bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘ini ta’minlash.

Maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarining demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. MTMni tashkil etishda va tugatish qonuniga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
MTMlari yo‘nalishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
- bolalar yaslisi, oblalar maktabgacha ta’lim muassasasisi, bolalar yasli maktabgacha ta’lim muassasasisi, xonadon bolalar maktabgacha ta’lim muassasasisi;
- maktabgacha ta’lim muassasasi-maktab majmuasi;
- tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir necha ustuvor yo‘nalishlarda rivojlantiradigan maktabgacha ta’lim muassasasi (til o‘rgatuvchi, musiqa, sport yo‘nalishlari bo‘yicha);
- tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarini bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus MTM;
- sanitariya-gigiena, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlarini muolajalari ustivor ravishda amalga oshiriladigan sog‘lomlashtiruvchi bolalar maktabgacha ta’lim muassasasisi;
- aralash turdagi MTM.
Maktabgacha ta’lim turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi.
Xulosa qilib aytganda O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, barcha sohalar qatorida ta’lim-tarbiya sohasida ham tub ijobiy o‘zgarishlar yuz beradi. Bugungi bolakay va qizaloqlar zimmasida XXI asrda sog‘lom, iblimli, aqilli bo‘lib jamiyatimizning faol a’zolariga aylanishdek ulkan vazifa turibdi. Bunda esa ular sizu bizga – kattalarga umid, ishonch nigohi bilan boqadilar.



Download 337.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling