Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova


-Mvzu: Maktabgacha pedagogikaning predmeti va uning vazifalari


Download 337.83 Kb.
bet3/51
Sana01.04.2023
Hajmi337.83 Kb.
#1315305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr

2-Mvzu: Maktabgacha pedagogikaning predmeti va uning vazifalari
Reja:
1. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi tushunchasiva uning asoschilari
2.Макtabgacha ta’lim pedagogikasining predmeti va vazifalari
3.Pedagogikaning asosiy tushunchalari
4.Maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
Tayanch so`z va iboralar: pedagogika,ta’lim, tarbiya, ma`lumot, rivojlanish, bilim, koqnikma, malaka, MTM,maktabgach pedagogika fanining mavzusi va bahsi, maqsadi va vazifasi, fanining yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashdagi o‘rni.
1. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi tushunchasi vauning asoschilari
Insonni har tamonlama barkamol etib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyat qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish – ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanini maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Chunki insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi.
Pedagogika - yunoncha so‘z bo‘lib, «bola yetaklovchi» - ma’nosini bildiradi. Insonlarni ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarni o‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonnni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ta’lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgani holda, uning ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib, kohinlar tomonidan bolalarning ta’lim-tarbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta’lim-tarbiya tizimi quyidagi tartibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o‘qish va yozishga o‘rgatish.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid – Cho‘lpon, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy singari ulug‘ olimu adiblar, fozilu-fuzalolar ta’lim-tarbiya borasida ko‘p asarlar bitganlar. Sharq pedagogikasining asoschilari Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilig» asari, Alisher Navoiyning «Maxbub ul-qulub»i, Kaykovusning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir.
Mazkur ta’limiy asarlarda inson shaxsini ma’naviy kamolga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirish mumkin, degan g‘oya ilgari surilgan. Haqiqiy bilimga asoslangan ta’limiy uslub shakllanadi, natijada ta’lim-tarbiya olimlar diqqat markazida bo‘ldi.
Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida inson takomilida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usul va uslublari haqida fikr yuritilgan. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ilmlarning kelib chiqishi» kabi maorifiy asarlarida olimning tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.
Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo‘llari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O‘quvchiga bilim berishda ularni zeriktirmaslik, uzviylik, izchillik va hokazolarni e’tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi zamon pedagogikasida e’tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir.
Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishining birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da’vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo‘ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular yetuk bo‘lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni yengildan og‘irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi, bilim berishda bolani qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish, o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan olib borish kerakligini uqtiradi.
Pedagogik fikrni rivojlanishida rus pedagogi K.D.Ushinskiyning pedagogik, nazariy qarashlari «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma’lum bo‘lib, u ta’limning ko‘rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish masalalarini ishlab chiqdi.
Pedagogika fan sifatida rivojlanishida chex pedagogi, olimi Yan Amos Komenskiy (1592-1670)ning hissasi katta bo‘ldi. Uning «Buyuk didaktika» asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. Undan tashqari «Onalar maktabi» degan maktabgacha tarbiya qo‘llanmasi va bir qancha kitoblari diqqatga sazovordir. Komenskiy o‘zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg‘un bo‘lishi to‘g‘risidagi tushunchani ilgari suradi. Pedagog bolani tarbiyalaganda, bog‘bon daraxtning biologik o‘sish qonuniyatini hisobga olgani kabi, undagi tabiiy bilish xususiyatlarini hisobga olishi shart, deydi. Komenskiy o‘qishga hammaning tortilishini, hamma umumta’lim olishi kerakligini uqtiradi.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilinganiga qadar ham biz maktabgacha tarbiya to‘g‘risida fikr yuritib kelganmiz. Bugun esa bu masalaga yangicha yondashmoqdamiz. Zero dasturimiz talablariga asosan maktabgacha ta’lim turi – bolani maktabga tayyorlash bilan birga, uni sog‘lom bo‘lib o‘sishini ta’minlaydi, muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining yangi tarmog‘i shakllanib bormoqda. Misol tariqasida Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, qisqa muddatli maktabgacha ta’lim muassasalari, bolalarga xoreografiya, tasviriy va musiqa san’ati, kompyuter savodxonligini o‘rgatuvchi guruhlar soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Bularning hammasi maktabgacha yoshdagi farzandlarimizni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratmoqda.



In an important sense, pedagogy is the overarching concept; it refers broadly to the deliberate process of cultivating development within a given culture and society. From this point of view, pedagogy has three basic components: (1) curriculum, or the content of what is being taught; (2) methodology, or the way in which teaching is done; and (3) techniques for socializing children in the repertoire of cognitive and affective skills required for successful functioning in society that education is designed to promote.
Umuman olganda pedagokiga ko'p jihatli omil hisoblanib u madaniyat va xalq kultivatsion protsesslarni rivojlantirishka qaratilgan. Va bu nuqtai nazardan pedagokia uchta komponentlardan iborat : 1) o'quv rejasi va o'qitilayotkan mavzuni o'zida saqlash 2) metodologiya yoki boshqa bir o'quv usuli 3) omma ichida o'zini tutushi va muloqot qilish funksiyalari, muloqot qilish usulari
Professional Development for Early Childhood Professionals: Examining Pedagogy in Early Childhood Walsh, G.; Gray, C.; McMillan 2010

«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 11-moddasi maktabgacha ta’limga bag‘ishlanadi. Maktabgacha ta’lim shaxsni sog‘lom va yetuk qilib tarbiyalab, maktab ta’limiga tayyorlaydi. Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog‘chasida olib boriladi.


2013 yil 19-sentyabrda XTVning 302--son buyrugi bilan maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari tasdiqlandi. Bu Davlat talablarini amaliyotga joriy etish zarurati “Bolajon” tayanch dasturini ishlab chiqishga sabab bo’ldi. Yangi takomillashtirilgan tayanch dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarga 4 yunalishda ta’lim tarbiya berish maqsadini ko’zda tutgan:
1. Jismoniy rivojlantirish, o’z-o’ziga xizmat va gigiena.
2. Ijtimoiy hissiy rivojlantirish.
3. Nutq, o’qish va savodga tayyorlash.
4. Bilish jarayoni, atrof-olam to’grisidagi tasavvurlarga ega bo’lish va uni anglash.
2017 yil 19 iyulda takomillashtirilgan Davlat talablari qabul qilindi.

  • Bunda quydagi yo’nalishlar asos qilib olindi.

  • Jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigiyenik ko’nikmalarni shakillantirish

  • Ijtimoiy – komunikativ rivojlantirish

  • Nutq, savod, o’qish va chet tillarning o’rgatilishiga tayyorlash;

  • Bilish jarayonini rivojlantirish

  • Badiy adabiyotlar bilan tanishtirish

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini sinchkovlik bilan o‘rgandi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasalari ishini takomillashtirishga yordam beradi.

Download 337.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling