Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova
Download 337.83 Kb.
|
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar: F. O‘rinova
- Tayanch tushunchalar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI Z.Botirova MAKTABGACHA PEDAGOGIKA MA`RUZA MATNI I - KURS FARG‘ONA 2022 Tuzuvchi: Z.Botirova, pedagogika fakulteti boshlsng’ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi o’qituvchisi Taqrizchilar: F. O‘rinova, pedagogika fanlari nomzodi, dosent. N.Temirov, pedagogika fanlari doktori, professor. Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari.(4 soat) 1-Mavzu: Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari. Reja: 1. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da maktabgacha ta’lim. 2.Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning alohida turi sifatida. 3. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari. Tayanch tushunchalar: Maktabgacha ta’lim, uzluksiz ta’lim, Davlat talablari, bolalarni rivojlantirish, maktabga tayyorlash, sog‘lom bola, umumbashariy qadriyatlar. 1. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Konun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da maktabgacha ta’lim. Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ruyobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muxim shartidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq xolda tayyorlangan Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ruyobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, xuquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini xis etadigan fuqarolar tarbiyalashni nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish xissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorladi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7ga etgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi: Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash; Maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish; Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jixatdan ta’minlash; Zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; MTMlarning har-xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish; Maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qullab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo‘yadi. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Maktabgacha ta’lim To‘g‘risidagi Nizomda maktabgacha ta’limga alohida urg‘u berilib, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi xisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», talablari asosida tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim, bola 6-7 yoshga etguncha oilada, hamda davlat va nodavlat davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi: Bolalarni xalkning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida akliy va ma’naviy-axlokiy jixatdan tarbiyalash; Bolalarda milliy gurur, vatanparvarlik xislarini shakllantirish; Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish extiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash; Bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustakil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish. Bolalarning jismoniy va ruxiy sog‘ligini ta’minlash kabilarni o‘z oldiga maqsad kilib belgilaydi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining yasli va maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar guruhlariga bir xil yoshdagi, shuningdek turli yoshdagi bolalar qabul qilinishi mumkin. Guruhlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi: 1 yoshdan 2 yoshgacha – 10 ta. 2 yoshdan 3 yoshgacha – 15 ta. 3 yoshdan 6-7 yoshgacha – 20 ta. Turli yoshdagi guruhlarda 15 ta. MTMlari xududlarining demografik, ijtimoiy-iktisodiy va boshqa xususiyatlarini xisobga olgan xolda tashkil etiladi, MTMlarini tashkil etish va tugatish Konunga muvofiq ravishda amalgak oshiriladi. MTMlari ularning yo‘nalishlariga ko‘ra quyidagi turlarga bulinadi: Bolalar yaslisi, bolalar bogchasi, bolalar yasli bog‘chasi, xonadon bolalar bog‘chasi (ham mustaqil muassasa sifatida, ham filial sifatida); Bog‘cha maktab muassasasi; Tarbiyalanuvchilarning bir yoki bir necha ustuvor yo‘nalishlarda rivojlantiradigan (til o‘rganish, badiiy estetik, sport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha) maktabgacha ta’lim muassasasi; Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruxiy rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus MTMsi; Sanitariya-gigiena, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlari va muolajalari ustuvor rivoshda amalga oshiriladigan sog‘lomlashtiruvchi bolalar bog‘chasi; Aralash turdagi MTMsi; MTM turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi. MTMsiga bolalarni qabul qilish tartibi, ularni bir muassasadan ikkinchisiga ko‘chirish, muassasadan chiqarish davlat muassasalarida Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan MTMlarida esa, muassasaning Ustavi bilan belgilanadi. Akliy va jismoniy rivojlanishda kamchiliqlari mavjud bulgan bolalar uchun maxsus MTMlari yoki guruhlar tashkil etish ham MTM to‘g‘risidagi Nizomda ko‘rsatib o‘tilgan. Har bir sohada bo‘lganidek, MT tizimida ham MTMlariga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish xuquqiga egadirlar. Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolati davlat organlari tomonidan pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlab turish ta’minlanadi. MTMlari pedagogik kadrlarning o‘quv pedagogik vazifasi MT turiga davlat talablaridan kelib chiqqan xolda Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan belgilanadi. Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallarni joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Pedagogik kadrlarning o‘zaro munosabatlari hamkorlik, demokratiya, hurmat, shaxsning o‘z qadr-qimmatini bilishni e’tirof pedagogikasi asosida quriladi. O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha tarbiya konsepsiyasida ham belgilangan bosh maqsad va vazifalar maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yozilgan yangi dasturlar mazmunini amalga oshirishga qadar aniqlana boradi. Maktabgacha ta’lim muasasasidagi bolaning o‘sishidagi psixologik va etnopsixologik xususiyatlarga asosilanib, ta’lim-tarbiya tizimida odob estetik, musiqiy-badiiy, jismoniy tarbiyani birinchi uringa chikarish, gramatikani bu kadar majburiy o‘rgatmaslik lozim bo‘ladi. SHunday yo‘l bilan maqsad asosida vazifa va usullar belgilanadi va rivojlantiriladi. XULOSA.
Download 337.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling