Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova


Download 337.83 Kb.
bet14/51
Sana01.04.2023
Hajmi337.83 Kb.
#1315305
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Bog'liq
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr

1-QATOR JUFTLIKLAR

Tayanch tushunchalar:

Ma`nosi


















2-QATOR JUFTLIKLAR

Tayanch tushunchalar:

Ma`nosi














3-QATOR JUFTLIKLAR

Tayanch tushunchalar:

Ma`nosi
















6-Mavzu:Mustaqillikyillaridamaktabgachata’limtizimigayangichayondashuv
Reja:
1.Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’limtizimini rivojlantirish tamoyillari
2. “Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to‘g‘risida NIZOM”
3.Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish
1.Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’limtizimini rivojlantirish tamoyillari
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti rahbarligida davlat va jamiyat hayotini, jumladan, ta’lim tizimini tubdan yangilash va isloh etish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq Prezidentimiz kadrlar tayyorlashning zamonaviy yagona tizimini yaratish g‘oyasini ilgari surib: «Ta’lim berishning, ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi bo‘yicha tarbiyalashning mutlaqo yangi tizimi ishlab chiqilishi zarur. Sifat jihatidan butunlay yangi o‘quv dasturlari yaratilishi darkor», deya ta’kidlagan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu fikrlari keyinchalik ta’lim-tarbiya sohasiga oid ko‘plab qonunlarning, tegishli me’yoriy hujjatlarning, eng muhimi, butun dunyo jamoatchiligi tomonidan tan olingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining yaratilishiga metodologik asos sifatida xizmat qildi. Ushbu dasturda maktabgacha va maktab, o‘rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta’limni uch bosqichda isloh qilishni, besh bosqichli ta’lim tizimini yara- tish ko‘zda tutilgan edi. Bu boradagi milliy dastur konsepsiyasi O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tomonidan 1997 yil Oliy Majlisning IX sessiyasida «Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poy- devori» nomli ma’ruzasida asoslab berildi. Unga binoan, mamlakatimizda noyob, dunyoda o‘xshashi yo‘q uzluksiz ta’lim tizimi yaratildi.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi — bola shaxsining har jihatdan rivojlanishini ta’minlash, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, o‘qishga, doimiy ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha tarbiya muassasalari bolalarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga, ularni vatanparvarlik, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, ta- riximiz va boy ma’naviy-ma’rifiy merosimiz va qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining qonuniy asoslari «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun (1992 y.), Kadr lar tayyorlash milliy dasturi (1997 y.), «Maktabgacha ta’- lim to‘g‘risida»gi Konsepsiya (2008, 2011),”Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son qarorigaDavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidaNIZOM.(2017)” “Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidaNIZOM.” «Bolajon» dasturi (2010) va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan.
Masalan, 2008 yilda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalari taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish usul va uslublari belgilab berilgan bo‘lib, bu borada ilgari surilgan davlat talablari har bir bolaning yoshini e’tiborga olgan holda rivojlanish darajasini aniqlash, pedagog va tarbiyachilar ish samara- dorligini oshirish imkonini beradi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son qaroriga binoan «Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida » qaroriga asosan mazkur Nizom jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi deb ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, moliyalashtirish va ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish tartibini belgilaydi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolash-sog‘lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta’limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasining vazifalari hisoblanadi:

  • maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta’lim-tarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta’minlash;

  • korreksion ta’lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan, individual tarzda tashkil etish;

  • bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta’lim-tarbiya muhitini yaratish;

  • bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish;

  • bolalarni ijtimoiy hayotga va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasasi akkreditatsiyasi attestatsiya asosida vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.



Download 337.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling