Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova
“Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to‘g‘risida NIZOM
Download 337.83 Kb.
|
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr
2.“Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to‘g‘risida NIZOM”
“Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish to‘g‘risida NIZOM”da maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining (keyingi o‘rinlarda tarbiyalanuvchilar deb yuritiladi) sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishini tashkil etish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom talablari mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha turdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi. Tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va xavfsiz ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta’lim muassasalarining oshxonalarida (keyingi o‘rinlarda oshxona deb yuritiladi) sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi. Respublikadagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza etish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqsa. Jumladan, Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan ishlab chiqilgan «Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza etish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza etishni tashkil qilish tartibi, bolalarning muassasaga kelib-ketish qoidalari, binoda sog‘liqni muhofaza etishga, yong‘in xavfsizligiga doir talablar bayon etilgan. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim muassasalarining zamonaviy tizimi: maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich ta’lim muassasasi (bolalar bog‘chasi — maktab); ' bir necha ustuvor yo‘nalishda faoliyat yurituvchi mak- tabgacha ta’lim (badiiy-estetik, tillarni o‘rganish va sport yo‘nalishlari va h.k); Tarbiya jismoniy va ruhiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yahshilovchi tiklovchi turdagi bolalr bog’chasi; tibbiy-gigienik, profilaktik va sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali jismonan zaif bolalarga qarab tu- rish va ularning sog‘lig‘ini tiklashga yo‘naltirilgan bo- lalar bog‘chasi; birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va rivojlantiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi) Ta’kidlash joizki, maktabgacha ta’lim oldida turgan maqsad hamda vazifalarni amalga oshirishda jamoat va xayriya tashkilotlari, mahalla, xalqaro jamg‘armalar, shuningdek, tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunga kelib, respublikada maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya ishlari amaldagi qonunchilikka binoan o‘zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qirg‘iz va qozoq tillarida olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: ta’limtarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterga ega ekani; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo‘nalishini akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviyligi; Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olish huquqiga ega ekani; ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; har bir shaxsning bilim olishi va iste’dodini rivojlantirishni rag‘batlantirilishi; ta’lim tizimida davlat va ijtimoiy boshqaruvining o‘zaro uyg‘unligi. Bu ustuvor tamoyillarga tayangan holda maktabgacha ta’- lim tizimini boshqarishda quyidagi omillar alohida ahamiyat kasb etadi: demokratik-xalqparvarlik asosida boshqaruv. O‘zbe- kiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Xalq ta’limi tizimiga doir qonun hujjatlari asosida ishlarni tash kil etish; yakkaboshchilik tamoyili — ma’lum maqsadga qara- tilgan ish usuli bo‘lib, maktabgacha ta’lim muassasalari yillik ish rejasini to‘liq bajarishga qaratiladi; hamkorlik tamoyili — barcha masalalarni jamoa a’zolari bilan birgalikda hal etishni nazarda tutadi; aniqlik tamoyili — pedagogik, metodik va xo‘jalik ishlarini ma’lum maqsadga qaratilgan holda aniq, puxta tashkil etish va bajarilishini tahlil qilish; xo‘jalikni boshqarish tamoyili — ish yuritishni to‘g‘ri tashkil qilish asosida smetadagi mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash, uning bandlarini o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni olib borish; tanqid va o‘z-o‘zini tanqid — rahbar va har bir xodimning o‘z ishiga nisbatan talabchanlik bilan yondashish, mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, bajaradigan ishlarga tanqidiy munosabat; farqlash tamoyili — ishdagi ijobiy va salbiy jihatlarni va ilg‘or ish tajribalarni ko‘ra olish; yangilikni his qila olish tamoyili — o‘z ustida tinimsiz ishlash asosida ta’lim sohasidagi o‘zgarish va yangiliklardan xabardor bo‘lish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ilg‘or pedagogika texnologiyalarni o‘zlashtirish va ish faoliyatida qo‘llay olish. Maktabgacha ta’limni tashkil etish va unga rahbarlik qilish sohasining metodologik asosini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi konsepsiya va nizomda ko‘rsatib berilgan maqsad va vazifalar tashkil etadi. SHu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasasi mustaqil ravishda o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan, qonunchilikka va pedagogik tamoyillarga zid bo‘lmagan har qanday qarorlar qabul qilishga haqlidir. Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o‘zgartish va ularni izchil rivojlantirish davlat tomonidan boshqarib boriladi. Barcha bo‘g‘in ta’lim boshqaruv organlarining huquq va vakolatlari «Ta’lim to‘g‘ risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi. Mazkur qonun ta’lim muassasalari faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini belgilab berish barobarida uning moliya xo‘jalik ishlarini to‘g‘ri va oqilona yuritishni, ta’lim ja- rayonini tashkil etishda o‘quv yurtlarining mustaqil faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.Ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi hamda akkreditatsiya qilinadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko‘ra, ularga ta’lim sohasida faoliyat yuritish huquqi beriladi. Muassasa tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari, tadbirkorlar doiralari, jamoat tashkilotlari, turli jamg‘armalar va homiylar vakillarini o‘z ichiga olgan vasiylik va kuzatuv kengashlarini tuzish orqali ta’lim muassasalarida samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi. Download 337.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling