Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova


Turkistonda dastlabki davlar bolalar bog’chalarini ochilishi


Download 337.83 Kb.
bet13/51
Sana01.04.2023
Hajmi337.83 Kb.
#1315305
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51
Bog'liq
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr

3.Turkistonda dastlabki davlar bolalar bog’chalarini ochilishi
Turkistonda dastlabki davlar bolalar bog’chalari 1918-yilning ikkinchi yarmida tashkil etila boshlandi. 1918-yil 20-oktyabrda Turkiston Maorifi Xalq Komissarligi qoshida Respublikadagi maktabgacha tarbiya sohasida barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun ma’muriy organ sifatida maktabgacha tarbiya bo’limi tashkil qilindi xuddi shu yilda viloyat xalq maorifi bo’limlarining maktabgacha tarbiya kichik bo’limlari tashkil qilingan. Bu tadbir Respublikada tarbiyaning rivojlanishiga yordam berdi. Maktabgacha tarbiya bo’limlarining faoliyati uch asosiy yo’nalishdan:

  1. Bolalar bog’chalarini ochish, ularni binolar, mebel va jihozlar bilan ta’minlash

  2. Maktabgacha tarbiya xodimlari, shu jumladan mahalliy, milliy vakillaridan kadrlar tayyorlash;

  3. Ota-onalar o’rtasida tashviqot-tushuntirish ishlarini olib borishdan iborat edi.

”Maktabgacha tarbiya bo’limi to’g’risi”da Nizom qabul qilindi va unda bo’lim 3 yoshdan 8 yoshgacha bo’lgan maktabgacha tarbiya yoshidagibolalar tarbiya muassasalariga boshchilik qiladi, mavjud muassasalar ishining borishini kuzatadi, yangi bolalar bog’chalari, yaslilar, bolalar uylari, maktabgacha bolalar uchun umumiy yotoqxonalar, bolalar yozgi koloniyalari ochildi, bolalar bog’chalari rahbarlari, enagalar va kadrlar tayyorlash maqsadli kurslar tashkil qilindi, deyiladi.
O’zbekistonning tub joy aholisi bolalarini maktabgacha tarbiya muassasalariga jalb etish uchun kurash juda murakkab va qiyin sharoitda olib borildi. 1918-yilda Toshkentning sobiq eski shahar qismida o’zbek bolalari uchun 4ta bog’cha ochishga muvaffaq bo’lindi.
Birinchi bog’cha – Shayhontohur dahasida Hasanova mudiri: Mahsuma Qoriyeva vaRobiya Abdurashidova (tarbiyachi) faoliyat ko’rsatgan.
Ikkinchi bog’cha – Xo’ja ko’chasida Anvar Yausheva mudiri bo’lgan.
Uchinchi bog’cha – Ko’kcha dahasida tarbiyachi Qodirxonov mirlik qilar edi.
Nazorat savollari:

  1. O’zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyoti qanday bo’lgan?

  2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tizimining vujudga kelishi haqida gapiring.

  3. Maktabgacha ta’lim muassasalari rivojlanishining asosiy bosichlari nimalardan iborat?

  4. ”Maktabgacha tarbiya bo’limi to’g’riida”gi nizom qachon qabul qilingan?

  5. 1918-yilda Toshkentda nechta bog’cha ochildi?



Qora quti” texnologiyasining qoidasi








  1. Talabalarni o`tirgan partalari bo`yicha juftlikka biriktiradi. Juftlaklar mavzu yuzasidan matn bilan tanishganlaridan so`ng o`qituvchi asosiy tushunchalarni to`g`ri yozgan juftliklardan birini o`qituvchi rolini bajarish va yozuv taxtasiga tushunchalarni yozish uchun taklif etadi. Taklif qilingan o`qituvchi asosiy tushunchalarni yozuv taxtasiga yozadi hamda juftliklar tomonidan to`g`ri bajarilayotgan juftlik a`zolarini asosiy tushunchalarning qanday ma`noni anglatishini so`raydi va yozuv taxtasiga yozadi. Atamalarni birgalikda muhokama qiladilar va mavzu o`zlashtiriladi.





Download 337.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling