Farg‘ona davlat universiteti z. Botirova maktabgacha pedagogika ma`ruza matni I kurs farg‘ona 2022 Tuzuvchi: Z. Botirova
Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish
Download 337.83 Kb.
|
Ma\'ruza 1-kurs 2-semestr
2.Mustaqillik yillarida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish
SHunday qilib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimi, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanadi. SHu yillar mobaynida yurtimizda mazkur sohani rivojlantirishning mustahkam huquqiy-institutsional asoslari yaratildi. Jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning alohida moddasi maktabgacha ta’limga bag‘ishlangani shundan dalolat beradi. Unga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tizimining asosiy maqsadi — bola shaxsining asoslarini shakllantirish, uning jismoniy va aqliy jihatdan sog‘lom va etuk bo‘lib voyaga etishini ta’minlash, ta’limning keyingi bosqichi — o‘rta maktabda o‘qishga tayyorlash, bilim olishga qiziqishini uyg‘otishdan iborat. SHuningdek, ushbu moddada, «maktabgacha ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladi», deya qayd etilgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Mazkur huquqiy negizlar asosida yaratilgan maktabgacha ta’lim konsepsiyasiga tayangan holda maktabgacha ta’limning tarkibi va mazmunini qayta ko‘rib chiqish, jismoniy, ma’naviy va intellektual jihatdan barkamol, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, uni milliy an’ana va qadriyatlarimiz, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan ulkan ma’naviy-ma’rifiy meros, xalq pedagogikasi tajribasi, zamonaviy ilm-fan erishgan yutuqlarga tayangan holda tarbiyalash, tarbiyaviy jarayonda maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va ota-onalarning o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirish masalalari uzluksiz va izchil hal etilmoqda. SHu ma’noda 1993 yilda qabul qilingan hamda farzandlarimizni yoshligidanoq jismonan, ruhan, ma’naviy jihatdan tarbiyalashni ko‘zda tutgan «Sog‘lom avlod uchun dasturi» ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Unda, jumladan, quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish va boyitish; maktabgacha ta’lim muassasalarida basseyn, suv havzalari, turli sport inshootlari va to‘garaklarini tash- kil etish; bu borada mamlakatimizda va xorijda to‘plangan ilg‘or tajribani o‘rganish va ommalashtirish; mashg‘ulotlarni qiziqarli o‘yin tarzida, xususan, xalq milliy o‘yinlari asosida tashkil etish va o‘tkazish; bolalarning sog‘lig‘ini saqlash, muhofaza qilish va mustahkamlash, sog‘lomlashtirish va chiniqtirish mashg‘ulotlarini uzluksiz olib borish. Maktabgacha ta’lim bo‘yicha asosiy ish hujjatlari: «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun (T., 1997). Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (T., 1997). «Maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risida»gi Nizom (T., 2017). «Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida»gi Konsepsiya (T., 2008; 2011). Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (T., 2008; 2012). Maktabgacha ta’lim sohasida chiqarilgan farmon, buyruq, farmoyishlar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, boshqa direktiv va me’yoriy hujjatlar. «Bolajon» dasturi (T., 2010). Download 337.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling